Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi



Yüklə 3,3 Mb.
səhifə53/215
tarix14.12.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#177239
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   215
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi

1. Tahliliy ko’nikmalar (ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak).
2. Amaliy ko’nikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo’llay bilish).
3. Ijodiy ko’nikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni yechish muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha yechimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi).
4. Muloqot ko’nikmalari (unga ko’ra o’quvchi bahs-munozara olib borish, o’z nuqtai nazarini himoya qilish, qaroriga boshqalarni ishontirish, juda qisqa va ishonarli hisobotni tayyorlash ko’nikmalarini o’zlashtira bilishi zarur).
5. Ijtimoiy ko’nikmalar (qarorni muhokama qilish jarayonida o’quvchilar boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish, bahsda o’zgalarning fikrlarini qo’llab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qarama-qarshi fikrni bildira olish va o’zini boshqara olishi lozim).
6. O’z-o’zini tahlil (bahs-munozara jarayonida o’zini tuta bilishi, boshqalarga namuna bo’lishi muhim)
Keyslarni yechishga doir metodik ko’rsatma, yo’riqnomalar tahminan Shunday bo’lishi mumkin
1. Keys (muammo) bilan tanishing.
2. Muammoning dolzarbligini baholang.
3. Muammoning dolzarbligini dalillar yordamida izohlang.
4. Keys (muammo)ni samarali yechish yo’llarini aniqlang.
5. Keys (muammo)ning samarali yechimini belgilovchi metod va texnologiyalarni tanlang.
6. Keys (muammo)ning samarali yechimini kafolatlovchi faraz (ilmiy faraz)larni shaklantiring


8.4. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari
Interfaol ta’lim (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – o’zaro, “act” – harakat qilmoq) – talabalarning bilim, ko’nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lidagi o’zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin