Mavzu: O’zbekiston Respublikasi



Yüklə 11,3 Mb.
səhifə1/5
tarix19.10.2023
ölçüsü11,3 Mb.
#157688
  1   2   3   4   5
ochiq dars o\'zbekiston

Mavzu: O’zbekiston Respublikasi

  • Reja:
  • 1.Umumiy geografik tavsif.
  • 2. Tabiiy sharoiti. Iqlimi.
  • 3. Ichki suvlari.
  • 4. Tabiiy boyliklari.
  • 5. Aholisi va mehnat resurslari.
  • 6. Xo’jaligi.

O’zbekiston Respublikasi

  • O’zbekistonning maydoni 448,9 ming kv km bo’lib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida 3 o’rinda turadi. Poytaxti – Toshkent shahri. Uning kengligi shimoldan janubga 930 km, g’arbdan sharqqa esa 1400 km cho’zilgan. Respublika Markaziy Osiyo davlatlarining 11,2 % hududini, aholisini esa 45 % tvashkil etadi.
  • O’zbekistonning geografik o’rni ancha qulay. U shimolda va shimoli-g’arbda Qozog’iston, g’arbda Turkmaniston, janubda Afg’oniston, sharqda esa Tojikiston va Qirg’iziston bilan chegaradoshdir.

Tabiiy sharoiti

  • O’zbekistonning tabiati boy va juda xilmi-xildir. Huddining katta qismini (78,7%) tekisliklar egallagan, qolgan qismini esa (21,3%) tog’lardan va tog’ oraliq botiqlardan iborat.O’zbekiston serquyosh o’lkadir. Iqlimi quruq, kontinental. Iqlimining tashkil topishiga geografik o’rni, quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulyatsiyasi va yer yuzining tuzitlishi katta ta’sir ko’rsatadi.O’zbekistonning yozi juda issiq va uzoq bo’ladi. Iyul oyining o’rtacha harorati 32 gradus, eng yuqori havo harorati 50 gradusga yetadi. Qishda havo harorati 0 gradusdan past bo’ladi. Yanvar oyida Ustyurtda – 10 gradus, Toshkentda – 1 gradus, Termizda esa 2,8 gradus bo’ladi.

Ichki suvlari

  • O’zbekistonning suv bilan taminlanishida O’rta Osiyoning eng yirik daryolari: Amudaryo va Sirdaryo katta ahamiyat kasb qiladi. Eng uzun daryo Sirdaryo bo’lib uning uzunligi 2981 km. Eng sersuv daryo esa Amudaryodir. Uning uzunligi esa 2660 km dir. Ammo bu daryolar respublikaning suvga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirmaydi.
  • O’zbekiston hududida 250 yaqin ko’llar bo’lib ular asosan mayda ko’llardir. Bu ko’llardan eng yiriklari Orol, Aydarko’llardir. Orol ko’li kattaligi sababli dengiz nomini olgan edi, lekin uning sathi keyingi yillarda keskin pasayib ketdi. Kichik ko’llardan ayrimlari shifobaxshligi bilan ajralib turadi (Tuzkon, Axsikent, Dengizko’l, Qurbonko’l, Baliqko’l va boshq).
  • Ohirgi yillarda ko’plab suv omborlari bunyod etildi. Bularga Ohangaron, Janubiy Surhon, Chimqo’rg’on va boshqalar misol bo’ladi. Bu suv omborlari Asosan daryo rejimini tartibgi solib, bahorgi, qishki, kuzgi svlarni to’plab yozda suv tanqis bo’lgan davrda ekin dalalrini suv bilan tahminlaydilar.

Yüklə 11,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin