Mavzu: O'zbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi reja


Jismoniy madaniyat tizimining bo’g’inlari



Yüklə 69,5 Kb.
səhifə3/4
tarix17.02.2023
ölçüsü69,5 Kb.
#84747
1   2   3   4
4 MAVZU

Jismoniy madaniyat tizimining bo’g’inlari. Hozirgi kun jismoniy tarbiya ta’limi, tarbiyasi jarayoni mavjud davlat jismoniy madaniyat dasturlari asosida o’zaro bir-biri bilan uzviy quyidagi bo’limlar (zvenolar)da amalga oshiriladi. Ular:
a) maktabgacha ta’lim (davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari) bo’g’ini;
b) maktab yoshidagilar jismoniy tarbiyasi (umumiy urta davlat ta’lim - 1-9 sinflar) bo’g’ini;
v) o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari) bo’g’ini;
g) oliy ta’lim tizimi bo’g’ini;
d) qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi jismoniy tarbiyasi bo’g’ini;
e) oliy ta’lim va armiyadan so’nggi ko’nggilli (xavasmandlik) asosidagi jismoniy madaniyat bo’g’ini deb guruhlanadi.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) jismoniy tarbiyaning maksadi, vazifalari va printsiplarining maqsadga muvofiqligi;
b) jismoniy tarbiya tizimi ta’limi va tarbiyasi jarayonida qo’llaniladigan vositalar;
v) turli shakldagi pedagogik jarayonlar davomida qo’llaniladigan (ta’lim jarayoni, sport trenirovkasi va mustakil mashg’ulotlarida foydalaniladigan) uslubiyotlari;
g) jismoniy tarbiyalash maqsadida odamlarni va mashg’ulotlarni uyushtirish shakllari;
d) jismoniy tarbiyaning mazmuni va natijalarida ifodalangan jamiyat va davlat talablari (normalar va dasturlar).
e) mamlakat aholisining sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya jarayonining nazariy va amaliyligining umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining negizini tashkil qiladi.
Ajdodlarimizning bu sohadagi meroslarini ijodiy o’rganish mamlakat jismoniy tarbiya tizimidagi umumiy va maxsus fanlarimizning asosiy vazifasidir. Jahongirlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan yurtimizning elat va xalqlari jismoniy madaniyati o’zining maxsus jismoniy tarbiya tizimiga ega bo’lgan. Tarixiy manba’alar bundan guvohlik bermoqda.
Masalan, A.Abduraxmonov (2005) tarixiy, diniy, falsafiy bilim oluvchi talabalar uchun o’quv qo’llanmasi sifatida foydalanish uchun mo’ljallab yozgan “Saodatga eltuvchi bilimlar” kitobida jahongir bobomiz A.Temur “Sufiylik jang qilish san’ati” maktabini yaratganligi haqida yozadi. Mazmuni sharq yakka kurashlari nazariyasi va amliyotiga asoslangan, o’sha davrdagi “Kung-FU”, “U-shu”, “Tay-chi”, ”Kempo”, ”Kendo”, ”Karate”, ”Jiu-jitsu”, “Taekvando” kabi yakkama – yaka jang qilish usullarining eng jangavor harakatlari tanlab olinib Temuriylarning - mukammal, jismoniy “jangavorlik” tizimi va maktablarini yaratganligiga dalillar keltiradi.
Demak mamlakatimizning jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik tizimlari o’zining azaliy tarixiga ega.
Mualliflarning ta’kidlashicha, qayd qilingan usulni egallagan askarning yuz nafari dushmanning o’n ming askariga bas kelgan. Bunday jang qilish tizimini egallagan, doimiy maosh olib ishlaydigan, horijdan taklif qilingan malakali mutaxassislar jangchilarga harbiy tayyorgarlik davrida, urushdan bo’sh paytlarida muntazam mashg’ulotlar o’tkazganlar. Bunday mashq ko’rgan soxibqironning yengilmas sara askarlari g’animlariga doimo daxshat solgan. Mamlakatimiz jismoniy madaniyat tizimlari mashxur sarkardalar, shoxu sultonlar tojini kiygan ajdodlarimiz merosi sifatida saqlanganligi, ularning ilmiy jihatdan o’rganilishi, tadqiqotlar o’z navbatini kutayotganligiga aminmiz.
Hozirgi kunga kelib, amalda foydalanilayotgan mamlakatimiz va rivojlangan mamlakatlarning jismoniy madaniyat tizimlari o’zining rivojlanish tarixi, o’z oldiga qo’ygan maqsadlari va hal qiladigan vazifalari bilan farqlanishini e’tirof etib, xorijiy mamlakatlarning nisbatan progressiv xisoblangan jismoniy tarbiya tazimlarining ayrimlarini soha mutaxassislarining e’tiboriga havola qildik.
P.F.Lesgaft (1837-1909) biolog, anatom, pedagog va katta jamoatchi sifatida inson shaxsining intelektual rivojlanishi uchun, uning yashagan ijtimoiy muxiti va tarbiyasi muhim rol o’ynashini ilmiy asoslagan ulug’ rus olimi. Sobiq ittifoq davrida uning chor rusiyasi davridagi ilmiy tadqiqotlari natijasiga ko’ra jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining “otasi”deb e’lon qilingan.
P.F.Lesgaft tomonidan ishlangan “Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy bilimlari” haqidagi nazariy fikrlari o’z ahamiyatini hozirgi kungacha ham ilmiy ahamiyatini yo’qotmaganligi xisobga olinib, mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimida foydalanilmoqda. O’z davrida chor Rossiyasining jismoniy tarbiya tizimiga munosabat bildirib “Maktablar bolalarga jismoniy bilimlar berishga qodir emas. Bu ishga raxbarlik shu ishga aloqasi yo’qlarga berib qo’yilgan, ular jismoniy madaniyatni soxta tushunchalar orqali tasavvur qiladilar, yoki bo’lmasa, qaysidir chet el maktabini bitirib kelganlardan eshitganlari bilan faoliyat ko’rsatmoqdalar. Shuning uchun ular bola jismoniy tarbiyasiga e’tiborsizdirlar”, - deb yozgan edi P.F.Lesgaft.
V.V.Gorinevskiy (1857-1937), P.F.Lesgaftning e’tiborli shogirdlaridan biri, o’zining tibbiy-pedagogik faoliyatida Lesgaft fikrlarini rivojlantirib, sobiq sho’rolar tuzumi jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishiga katta xissa qo’shdi. U jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilar ustida tajriba o’tkazishni, tadqiqotlar nazoratining ilmiy-uslubiy majmuasini yaratdi. Uning ilmiy merosini qimmati, jismoniy bilimlar va jismoniy tarbiya haqidagi ilmiy fikrlarini jismoniy tarbiya amaliyotida to’g’ridan to’g’ri qo’llanilishi va jamoatchilik tajribasini asos qilib olishi va unga tayanganligidadir.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, ushbu mavzuda fanning asosiy (etakchi) tushunchalari, ularning mazmuni, keng qamrovli “jismoniy madaniyat” tushunchasi, “jismoniy tarbiya” jarayonida amalga oshiriladigan, “umumiy jismoniy tayyorgarlik”, “kasbiy jisminiy tayyorgarlik”, sport, uning klassifikatsiyasi, “shug’ullanganlik”, “jismoniy kamolot”, “jismoniy barkamollik”, “jismoniy (harakat) sifatlari”, “jismoniy bilimlar” va yana boshqa qator tushunchalar haqida jismoniy madaniyat bakalavrining maxsus bilimlari berildi. Zamondoshlarimizning jismoniy madaniyati, ularning nazariy bilimlarining talab darajasida emasligi asoslandi.
Jismoniy tarbiya jarayonining ijtimoiy mohiyati, jismoniy madaniyat va sportga oid moddiy va ma’naviy boyliklar, sportning ijtimoiy mohiyati, uning turkumlanishi, sharq mutafakirlarining inson jismoniy madaniyatiga oid fikrlari, mamlakat jismoniy madaniyat tizimining shakllanishi, xorijiy mamlakatlar jismoniy madaniyati tizimidan farqiga oid maxsus bilimlarni berdik.




  1. Yüklə 69,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin