Mavzu: O’zbekiston respublikasining kadrlar tayyorlash milliy
modeli va uning mohiyati
Reja:
1. Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari
2. Davlat va jamiyat.
3. Kadrlar tayyorlash tizimida fan.
4. Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish.
Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan
iboratdir: shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim
soxasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va
jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va
nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib
olishning kafillari; uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashning asosi bo`lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini,
kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muxitini o`z ichiga
oladi; fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi,
ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish -
kadrlarga bo`lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga
nisbatan qo`yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash
tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
2) Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun
ochiq bo`lishini va hayot o’zgarishlariga moslanuvchanligini ta’minlaydi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-
hunar tayyorgarligi ko`rish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat
ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Shaxs ta’lim
xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim,
moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko`rsatish sohasida faoliyat
ko`rsatadi va o`z bilimi va tajribasini o`rgatishda ishtirok etadi.
3) Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining
kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta’lim
muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi: fuqarolarning bilim olish, kasb
tanlash va o`z malakasini oshirish hquqlari ro`yobga chiqarilishiga; majburiy va
o’rta ta’lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish
yo`nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
olishga; davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o`quv
yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga; davlat ta’lim muassasalarini mablag`bilan
ta’minlashga; ta’lim oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-
sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini
rivojlantirishga; ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo`llab-
quvvatlashga; sog`liq va rivojlanishda nuqsoni bo`lgan shaxslar ta’lim olishiga
kafolat beradilar.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o`z ichiga oladi,
bu sohada: tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to`g`risidagi yangi
fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida
ommalashtirish, o`rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi;
oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; kadrlar
tayyorlash jarayoini ilmiy-tadkikot jihatidan taominlash infrastrukturasi vujudga
keltiriladi, ta’limning soxalari bo`yicha axborot bazasi shakllantiriladi;
mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integrasiyasi sodir bo`ladi, zamonaviy
ilm-fan va texnologiyalarning eng muxim muammolarini hal etish uchun ilmiy
yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.
4) Ishlab chiqarishning talab-extiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo`nalishi,
darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari
va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari so`radi, ta’limning muvoziy
texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard
natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan
belgilanadi, chunonchi u: turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo`lgan talab
extiyojni shakllantiriladi; o`z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari
hamda kadrlarni o`qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur
boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta’lim tizimiga ko`maklashadi; muassis,
vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli
tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o`quv yurtlarini moliyalashda
qatnashadi: ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integrasiyasini (muvaqqat
ijodiy jamoalar, o`quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar,
texnopolislar) rivojlantiradi.