Bog’ ichida
I. Jiyanov she`ri X. Husanova musiqasi
Bog’ ichida gul ochilibdi.
Bo’yi har tarafga sochilibdi.
Chiroyini ko’rib kapalaklar,
Mendan avval bog’imga kelar.
Gul g’unchasini uzgum kelar,
Uning suratini chizgim kelar.
Qo’limga ip – igna olib so’zanaga,
Chamanzorni chizgim kelar o’zim yana.
Qo’shiqni kuyga solib kuylash.
“Kuyini top” o’yinini o’tkazish.
Drasni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa: qo’shiq matnini yodlash, kuylash.
Musiqa
Mavzu: Arg’imchoq
Maqsad: Ta`limiy: o’quvchilarga “Arg’imchoq” qo’shig’ini o’rgatish.
Tarbiyaviy: ularda baxtli bolalik uchun shukronalik hissini shakllantirish;
Rivojlantiruvchi: bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: suhbat, kuylash.
Darsning jihozi: qo’shiq kuyi yozilgan tasma, darslik.
Darsning borishi:
I. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash.
III. Yangi mavzu bayoni:
Qo’shiq aytish qoidalarini eslatib o’tish..
Qo’shiq matni bilan tanishtirish.
Arg’imchoq
K. Rahim she`ri J. Najmiddinov musiqasi
Biz yasagan arg’imchoq
Samalyotdek te uchar.
Davramizga kel, o’rtoq,
Uchganda zavqing toshar. Arg’imchoqni qo’ymaymiz,
Uchib sira tolmaymiz.
Ko’tarilib goh tikka,
Bo’lganimizda katta, Intiladi u ko’kka.
Boshqaramiz raketa.
Birgalashib hammamiz
Oyga uchib boramiz.
Qo’shiqni kuyga solib kuylash.
Bolarilar qo’shig’ini tinglash
Drasni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa: qo’shiq matnini yodlash, kuylash.
Dostları ilə paylaş: |