План работы кружка русского языка «Мы говорим по русски»
Работа с отстающими учащимися
Учитель: Тулебаева Жанна Сайловбаевна
Mavzu:“Vatan uchun yashaylik!” Shior: “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” Darsning maqsadi: Ta’limiy: “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak uchun poydevor”degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyati haqida o‘quvchilarga tushuncha berish,o‘quvchilarga mustaqillik haqida, Yangi O‘zbekistonning dunyo miqiyosida tutgan o‘rni, istiqlolga erishgandan so‘ng iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy – siyosiy sohalarda qo‘lga kiritgan yutuqlari haqida tushuntirish.
Tarbiyaviy: mavzu orqali o‘quvchilarda vatanga muhabbat, qadriyatlarni ulug‘lash, baxtli bolalikning qadriga yetish, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish. Mamlakatimizning o‘tmishi va bugungi kunda bo‘layotgan o‘zgarishlar, ularning inson omiliga ta’siri hamda boy ma’naviy merosini o‘rganish orqali ona vatanga sadoqat, mardlik, vatanparvarlik, insoniylik, ajdodlaridan faxrlanish, milliy g‘urur-iftixor tuyg‘usini o‘zida mujassam etgan yuksak didli, iymon-e’tiqodli, barkamol, ma’nan etuk inson bo‘lish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad- o‘quvchilar faolligi, iqtidor va salohiyatini rivojlantirish, 2023 yil — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili, shuningdek, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” “O‘zbekiston—2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari va “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!” tamoyilini ro‘yobga chiqarish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma’no-mazmuni va ruhi mujassam etganligini o‘quvchilar ongiga singdirish.