Mavzu:O„zbekiston va jahon hamjamiyati.
Harakatlar strategiyasidan
– taraqqiyot strategiyasi sari.
O„zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va
indekslardagi o„rni va nufuzini ortib borishi.
Ma‟ruzachi:
Sayyora Atadjonova
INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE
TECHNOLOGY AND SCIENCE
ISFT – 2022
1.
O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari.
2.
O„zbekiston Respublikasining BMTga aʼzo bo„lishi hamda jahon hamjamiyatidagi
o„rni hamda nufuzining ortib borishi.
3.
O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha Harakatlar
strategiyasining ahamiyati va uning natijalari.
4.
Yangi O„zbekistonda amalga oshilayotgan taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy islohotlarni davom ettirishga oid kompleks chora-tadbirlar.
5.
Xalqaro reyting va indekslar haqida maʼlumot, ularning dunyodagi ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarga taʼsiri
REJA:
.
1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan
“Mustaqillik haqidagi Bayonot”da o„z tashqi siyosatining asosiy
yo„lini belgilab olgan O„zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda
qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-moddasida bu yo„lni qonun
bilan mustahkamladi. O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining
asosiy ustuvor tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:
O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari.
Tashqi siyosat tamoyillari
milliy-davlat manfaatlarini
ustun qo„ygan holda tashqi
siyosatda davlatlarning
suveren tengligini hisobga
olish;
umumbashariy qadriyatlarni
ustun qo„ygan holda nizoli
mojarolarni tinch yo„l bilan
hal etish;
tashqi siyosatdagi teng
huquqlilik va o„zaro
manfaatdorlikni o„rnatishda
boshqa mamlakatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik;
barcha tinchliksevar
davlatlar bilan tashqi
aloqalarni o„rnatishga
intilish;
xalqaro huquq normalarini
tan olgan holda jahon
hamjamiyatida xalqaro
talablarga rioya qilish;
Tashqi siyosatdagi yutuqlarimiz
O„zbekiston Respublikasi o„zining tashqi siyosatdagi yo„nalishlarini demokratik
prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul
oyigacha bo„lgan davr ichida respublikani 111 davlat, 2015-yilga qadar esa
O„zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi. 2018-yilga kelib, ular 134
tani tashkil etgan bo„lsa, 2021-yilda 138 ta mamlakat bilan diplomatik, siyosiy,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o„rnatildi. Toshkentda АQSh,
Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va
boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Poytaxtda 44 ta davlat
diplomatik missiyasi akkreditatsiyadan o„tdi. Shuningdek, O„zbekistonda 88 ta
xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta
nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko„rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |