Mavzu: O’zbekistonda havo namligi, bug’lanish, yog’inlarning yillik taqsimlanishi


O’zbekistonda yog’inlarning yillik taqsimlanishi, shamollar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə6/7
tarix21.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#133381
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu O’zbekistonda havo namligi, bug’lanish, yog’inlarning yil

O’zbekistonda yog’inlarning yillik taqsimlanishi, shamollar.

O’zbekistonda yog’ingarchilik asosan ko’z-qish-babor oylariga to’g’ri keladi. Yozda esa uning miqdori keskin kamayib, yillik yog’in miqdorining respublikamiz janubida 2-3 % ini, shimolida esa 5-10 % ni tashkil etadi. O’zbekistonda eng sernam fasl babor. Yillik yog’inning 40 % baborga, 30 % qishga va 15-20 % ko’zga to’g’ri keladi. Mart-aprel O’zbekistonda eng sernam oylar hisoblanadi. O’zbekistonning mo’tadil iqlim mintaqasida joylashgan Ustyurtda yillik yog’in yil fasllari bo’yicha deyarli bir tekis taqsimlangan. Masalan, Churuk meteostansiyasida qishda yog’inning 17 % i, baborda 34 % i, yozda 23 % i va kuzda 26 % i yogadi.
Yilning sovuq davrida O’zbekistonda yog’in-sochin yomg’ir va qor shaklida yog’adi. Qor respublikamizning chekka shimoliy qismida yillik yog’inning 50 % ni, janubida esa 10-15 % ni tashkil etadi. Tog’ga ko’tarilgan sari qorning salmog’i ham, qalinligi ham ortib boradi.
Qor qoplami O’zbekistonning shimolida qish oylarining deyarli yarmida saqlanib turadi. Janubga borgan sari qor qoplamli kunlar kamayadi. Respublikamiz janubda esa ayrim sovuq kelgan qishlarni hisobga olmaganda qor qoplami deyarli kuzatilmaydi. Tog’larga ko’tarilgan sari qor qoplamining qalinligi va saqlanish muddati ortib boradi. Tekisliklarda qor qoplamining qalinligi 5­10 sm bo’lib, ayrim hollardagina 20-30 sm dan oshadi. G’arbiy Tyanshanda 1200-2000 m mutlaq balandlikda qorning qalinligi 90­100 sm ni, ba’zi sernam qish oylarida 1,5-2,0 m ni tashkil etadi.
Shamollar. O’zbekiston hududida asosiy shamollarning yo’nalishi fasllarga qarab farq qiladi. Respublikaning shimoliy tekislik qismida qish oylarida shamollar ko’proq shimoli-sharqdan esadi. Janubga tomon shamollar yo’nalishi o’zgarib, avval sharqdan, so’ngra janubi-sharqdan esadi. Bunga qishda Yuqori bosim markazi-Markaziy Osiyo (Sibir) antitsikloni sabab bo’ladi. Yozda asosiy shamollar yo’nalishi o’rta Osiyo janubi va Hindistonning shimoli- g’arbidagi past bosim markazlarining tarkib topishi natijasida o’zgaradi.
Yozda O’zbekiston hududi Turon termik depressiyasi ta’sirida bo’lganda shamol asosan shimoli-g’arbdan, g’arbdan va shimoli-sharq tomonlardan esadi. Respublikamizning sharqiy tog’ oldi va tog’li hududlarida shamolning yo’nalishiga relef katta ta’sir kursatadi. Bu yerlarda asosan sharqiy, janubi-sharqiy shamollar ko’p esadi. Bu hududlarda tog’-vodiy, fyon kabi mahalliy shamollar ko’proq bo’ladi.
O’zbekistonda shamolning o’rtacha yozligi umuman olganda katta emas. Tekisliklarida shamol yozligi sekundiga 3-4 metr atrofida bo’lsa, tog’ oldi va tog’larda sekundiga 3 metrdan kamroqdir. SHamolsiz kunlar ham ko’p, ayrim joylarida bu ko’rsatkich yilning yarmidan ko’progiga to’g’ri keladi. Kuchli shamollar respublikamizda tog’ oraliq botiqlaridan tekislikka chiqish joylarida kuzatiladi. Farg’ona vodiysidan «Xo’jand harvozasi» orqali Mirzacho’l tomon «Bekobod» yoqi «Hovos» shamoli esadi. U yiliga o’rta hsiobda 52 kun kuzatiladi. Harvoza orqali Mirzacho’ldan Farg’ona vodiysi tomonga esuvchi shamolga «Quqon» shamoli deyiladi. Bu shamol yiliga o’rta hisobda 53 kun kuzatiladi. «Bekobod» shamoli asosan qishda, ya’ni darvozadan g’arbda bosim past, sharqda, Farg’ona vodiysida Yuqori bo’lganda esadi, shamolning yozligi sekundiga 30-40 metrgacha etadi. Yozda shamolning yozligi kamroq, sekundiga 15-25 metr atrofida bo’ladi. Xo’jand harvozasining har ikkala tomonida yiliga o’rta hisobda 40-60 kun kuchli shamol esadi.
Tog’-vodiy shamoli respublikamizning barcha vodiylarida kuzatiladi, ayniqsa CHirchiq-Ohangaron vodiysida barqaror bo’ladi. Tog’-vodiy shamoli tekislik va tog’dagi havo bosimidagi farqdan kelib chiqib, kunduz kuni vodiy bo’ylab toqqa, tunda esa tog’dan pastga tomon esadi.
Respublikamizning tog’ oldi hududlarida qish va babor oylarida tog’dan pastga qarab esadigan ilik, quruq fyon shamoli xosdir. siklon past bosimli bo’lganidan havoning tog’ vodiylari bo’ylab pastga tushishiga sabab bo’ladi. Pastga tushayotgan havo zichlashib, har 100 metrda o’rta hisobda 10 ga isiydi. Havoga ko’tarilgan chang zarrachalari Quyosh nurida qizib, ular ham havoning isishiga sabab bo’ladi. Bu hodisa «Voeykov effekti» deb ataladi. Qishda fyon shamoli esganda, masalan, Chirchiq vodiysida havo to’satdan isib ketib, harorat 200gacha ko’tariladi va bunday holat 3­4 kun davom etadi.
Yoz va baborda esadigan kuchli, issiq, quruq shamol garmsel deyiladi. U Qizilqumda qizigan quruq havoning atrofga esishidan hosil bo’lib, babor va yozda kuzatiladi. Yozligi sekundiga 15-20 metrgacha etadi. Garmsel esganda havo harorati keskin ko’tarilib, 400 dan oshadi, nisbiy namlik 5-10 % gacha pasayadi, ba’zan qo’yo’q tuzon ko’tariladi. Jazirama issiq va tuproqda nam etishmasligi natijasida yog'inlar quriydi. Ayrim hollarda chang bo’ronlari ko’tarilib, havo xiralashadi, nafas olish qiyinlashadi. Bunday hodisa Farg’ona vodiysida, Samarqand va Buxoro viloyatlarida yiliga o’rta hisobda 10-15, boshqa yerlarda 4-10 marta kuzatiladi.
Surxondaryo viloyatining eng janubida tez-tez kuzatiladigan G’arbiy va janubi-G’arbiy kuchli shamolni «Afgon» shamoli deyiladi.
Bu shamolning paydo bo’lishi sovuq havoning o’rta Osiyo tekislik qismiga bostirib qirishi va sovuq frontning yaqinlashishiga bog’’lik. SHimoldan kelgan havo sovuq, zich va og’ir bo’lganligidan janubdagi Parapamiz tog’laridan o’ta olmay, tekisliklarda tuplanib, Yuqori bosim markazi vujudga keladi. Hisor va Ko’hitang tog’lari bilan tusilgan Surxondaryo, Kafirnihon, Vaxsh havzalarida esa havo ilik, bosim past bo’ladi. Shunga ko’ra, bu hududlarga qarab kuchli G’arbiy va janubi-G’arbiy shamollar esadi. Termiz yaqinida «Afgon»shamoli yiliga o’rta hisobda 16 kun esadi. Bu shamol tog’lardan oshib tushib, qishda iliq havo, boshqa vaqtlarda esa issiq havo keltiradi. Uning tezligi ayrim vaqtlarda sekundiga 15-20 m ga etadi, qum va changni tuzitadi, ba’zan havoni shu qadar xiralashtiradiki, 100-200 metr naridagi hech narsani qurib bo’lmaydi. Bu shamol baborda esganda qishloq xo’jaligiga juda katta zarar etkazadi.
O’zbekistonda kuzatiladigan iqlimning noqulay xususiyatlariga qishki qattiq sovuqlar, kuzda sovuqning erta tushishi, babordagi kechki sovuqlar, jala yomg’irlar, do’llar, qalin qor yog’ishi va yaxmalaklik, yozgi jazirama issiqlar, kuchli shamollar, chang-to’zon ko’tarilishi, issiq shamol (garmsel) va boshqalar kiradi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin