Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishidagi shart-sharoitlar.
Xech ikkilanmasdan shuni aytish mumkinki, moziy tajribasida, aniqrog‘i halq pedagogikasida tarbiya va ta’lim jarayonlariga qo‘llash mumkin bo‘lgan meros mavjud. Boshqacha qilib aytganda, xalq pedagogikasi shaxsga o‘z davrida ijtimoiy xususiyatlarni paydo qilish uchun lozim bo‘lgan pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalar, ta’lim-tarbiya berish, yo‘llari, vositalarining majmuasi hisoblanadi. Halq, xususan milliy pedagogikaning tengsiz qadriyati shundaki u birinchidan o‘zida asrlar davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga ega; ikkinchidan esa u hayotiy, amaliy yo‘nalishdaligidir. Halq pedagogikasida hayotiy (maishiy, mehnat, axloqiy) va pedagogik ma’lumotlar, kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular yoshlarda ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi, omili hisoblanadi. Halq pedagogikasining qoidalari halq ijodi namunalari-maqol, ertak, ashula, doston, rivoyatlarda o‘zining ifodasini topgan. Aynan shularda halq asrlar mobaynida o‘z ijtimoiy tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand-o‘git mazmuniga ega bo‘lib halqning ijtimoiy hayotga bo‘lgan real (hayotiy )qarashlarini ifodalaydi
So’ngi paytlard respublikamiz olimlari xalq pedagogikasining manbalari doirasini kengaytirishni taklif qilishmoqda. “Evropa pedagogikasida tarbiya uchun zarur bo’lgan umuminsoniy xislatlarning mavjudligini tan olgan holda. YAn Amos Komenskiy, Ushinskiy, Makarenkolarning ilmiy merosiy ahamiyatini e’tibordan chetda qoldirmay, bizda ham boshqa xalqlarda bo’lgani kabi Beruniy, Forobiy, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy, Navoiy,Avloniy, Behbudiy, Munavvarqori kabi mashhur mutaffakkirlar borligini unutmasligimiz lozim. Bizning yoshlar ko’p yillar mobaynida ulardan, buyuk merosdan bebahra bo’lishganligi esa achinarli holdir.”.