Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning harid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib boorish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshib boradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish zarurki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi.
So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’yekylarning, jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega.
So’mning barqarorligini ta’minlashda undan oqilona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o’rin tutadi.
Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
Respublikamizda milliy valyutani rivojlantirish va barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyidagi jadval orqali ham ko’rishimiz mumkin.
O’zbеkistоn Rеspublikasida so’mni erkin ayirboshlanadigan valyutaga nisbatan ayirbоshlash hajmi (mlrd. AQSH dоllarida):