Mavzu: o’zbekistonda Oila pedagogikasi fanining rivojlanishining ijtimoiy- iqtisodiy, me’yoriy-huquqi asoslari



Yüklə 12,19 Kb.
səhifə1/2
tarix20.09.2023
ölçüsü12,19 Kb.
#145826
  1   2
Mavzu o’zbekistonda Oila pedagogikasi fanining rivojlanishining-hozir.org


Mavzu: o’zbekistonda Oila pedagogikasi fanining rivojlanishining ijtimoiy- iqtisodiy, me’yoriy-huquqi asoslari

Mavzu: o’zbekistonda Oila pedagogikasi fanining rivojlanishining ijtimoiy- iqtisodiy, me’yoriy-huquqi asoslari.


  • Reja:

  • Oila - mustaqillik yillarida davlat siyosatidagi ustuvor masala sifatida

  • Oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash.

  • Oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashda oila va jamoatchilik hamkorligi.

  • Foydalanilgan adabiyotlar.

1998-yili O‘zbekistonda 3,8 million oila bo‘lib, shundan 58,7 foizini 5 va


undan ko‘p bolali oilalar tashkil etgan. Keyingi 35 yil ichida oilalar soni
1,8 milliontaga ko‘paygan, uning 1 mln.ga yaqini shahar, 950 mingtasi
qishloq oilalariga to‘g‘ri kelgan. Yoki so‘nggi 10-15 yil davomida yiliga 250 ming
atrofida yosh oilalar vujudga kelgan. Bugungi kunda Respublikamizda har bir
oilaga taxminan 4-5 farzand to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston oilalarining 35 foizdan
ortig‘ini yosh oilalar tashkil qiladi. Yosh oilalar deganda, er va xotinning yoshi
mos ravishda 26—30 yoshdan oshmagan, 5 yilgacha nikohda bo‘lgan, bolali yoki
bolasiz oilalar tushuniladi. Mamlakat aholisining 43 foizini 15 yoshgacha
bo‘lganlar tashkil etadi. Oilalar soni o‘sib borishida, ayniqsa, Qashqadaryo,
Jizzax, Xorazm va Namangan viloyatlari alohida o‘rin tutadi.
Ayni paytda oilaning jamiyatda o‘z vazifalari mavjud. Oilaning mohiyati va
vazifalari dunyodagi barcha xalqlar uchun bir xildir. Lekin uning tashkil topishi,
taraqqiy etishi va oiladagi vazifalarni bajarish jarayonlari har bir xalqda alohida,
o‘ziga xos xususiyatga ega.
Mustaqillik munosabati bilan o‘zbeklarning oilaviy hayotida istibdod
yillarida ta’qiq ostida bo‘lgan ba’zi xususiyatlarni tiklash masalasi hal
qilinmoqda. Masalan, tarixan tashkil topgan hovlining tashqi va ichki hovliga
bo‘linishi — xalqning milliy ruhini, iymon-u e’tiqodini, toat-u ibodatini aks ettirgan.
Hovlilarning ichki va tashqiga bo‘linishi ayollarda farosat va malohat
tuyg‘ularini shakllantirishga, farzandlarning har xil odamlar nigohidan yiroqroq
bo‘lishiga, ortiqcha gap-so‘zlarni eshitmaslikka, kattalarning ishiga
aralashmaslikka imkon bergan. Ayniqsa, bu milliy odat to‘y va ma’rakalarni
o‘tkazishga katta qulayliklar tug‘dirgan. Yevropa madaniyatining ko‘r-ko‘rona
targ‘ib qilinishi oilada ham o‘z aksini topdi, tarbiyaviy ta’sirning
kamayishiga,
ojizlanishiga olib keldi, ma’naviy qashshoqlanish kuchaydi. Mamlakatimiz milliy
istiqlolga erishgach, xalqning oilaviy qadriyatlari asta-sekin tiklanmoqda, sun’iy
ravishda turmushga kiritilgan ayrim oilaviy marosimlar xalq nazaridan qolib
bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila jamiyatning asosiy
bo‘ginidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega» deyiladi.
Yangi «Oila Kodeksi» ga va Konstitutsiyamizning 63-modda, 2-qismiga binoan
«Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.
BMTning 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Inson huquqlari
Umumjahon Deklaratsiyasi» ning 16-moddasida shunday bandlar mavjud:
1. Balog‘at yoshiga etgan erkaklar va ayollar irqi, millati va diniy belgilari
bo‘yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o‘tishga va oila qurishga haqli
Ular nikohdan o‘tishda, nikohda turgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir xil huquqdan foydalanadilar.
2.Nikohdan o‘tayotgan har ikki tomonning erkin va to‘liq roziligi asosidagina nikoh tuzilishi mumkin.
3. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi sanaladi va jamiyat hamda
davlat tomonidan himoya qilinishga haqli.
Shu bilan birga oila huquqi — nikoh tuzish va nikohni bekor qilish tartibi
va shartlari; er-xotin, ota-ona bilan bolalar o‘rtasida vasiylik va homiylik, bola
asrab olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlar; fuqarolik holati Dalolatnomalarini qayd Qilish Tarzini belgilaydigan huquqiyme’yorlar yig‘indisidan iborat.
O‘zbekistonRespublikasi 1-Prezidenti Islom Karimov o‘zining
«O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida qayd qilganidek,
«Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim. Bunda
o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini
ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosigaquriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi,
oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va
qadriyatlari shakllanadi.
O’zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi
to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlarining,
qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa
qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajadagi ma’naviy qadriyat, inson qalbining
gavharidir».
Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo (1802—1885)ning bu haqdagi quyidagi
fikri juda o‘rinli bayon etilgan: «Kimki ayol huquqini himoya qilsa, bola huquqini
himoya qilgan bo‘ladi, boshqacharoq aytganda, u kelajakni himoya qilgan
bo‘ladi».
Mamlakatimizda adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat qurish jarayoni
shahdam qadamlar bilan borayotgan bir sharoitda qonun ustuvorligini ta’minlash
zamirida oila a’zolarining huquqiy madaniyatini shakllantirish oila manfaatlarini
ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanib
qoldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinayotgan


qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, oila-nikoh
munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha Xalqaro Konvensiya,
deklaratsiya va boshqa huquqiy xujjatlarning mohiyatini chuqur anglash hamda
o‘z faoliyati jarayonida amal qilishga erishish jamiyatning huquqiy savodxonligini
oshirish garovidir. Buning uchun oilaning turli qatlamli a’zolari huquqiy ongi va
dunyoqarashi darajasini o‘stirish mexanizmini yaratish va amaliyotga keng tatbiq
etish zarur. Chunki, huquqiy madaniyat darajasi yuksak jamiyatda oila, ona, ota va
bola huquq va burchlari hamma vaqt Konstitutsiya bilan himoya qilinib, oila
ajrimlariga, oilada uchraydigan sharqona axloq normalariga zid sodir etiladigan
ba’zi xatti-harakatlarga yo‘l qo`yilmaydi.
Bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo
tinchliksevar xalqlarning diqqat-e’tiborini jalb
qilmoqda. Jumladan, mustaqilligimizning qisqa davri ichida Respublikamizda inson huquqlari bo‘yicha Milliy Markaz, Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Adliya vazirligi qoshidagi huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili - Ombudsmanning tashkil etilganligi
oila, ota-ona va bola huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim
qadamlardir.
Oila a’zolarining huquqiy savodxonligi, uning huquqiy himoya qilinishi
huquqiy jamiyat barpo etishning negizidir.
Buning zamirida:
- aholi, shu jumladan, oila a’zolarining yosh tabaqalariga mos
huquqiy bilim berish dasturlarini yaratish, ularning huquqiy ong va tafakkurini
shakllantirishning samarali shakl va metodlarini aniqlash, bu borada noan’anaviy
ta’lim-tarbiya usullaridan keng foydalanish;
-o‘quv yurtlari, idora va tashkilotlarda huquqiy mavzuni yorituvchi
burchaklar, xonalar tashkil etish, huquqiy bilim kunlari o‘tkazish, radio
o‘quvlari uyushtirish;
-huquqiy mavzuga bag‘ishlangan ommabop risolalar, gazeta va jurnal
maqolalari, mutaxassis maslahatlarini chop etishni kuchaytirish, ruknlar rangbarangligiga erishish;
-oila huquqi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish;
-joylarda baxt va nikoh uylari qoshida bo‘lajak kelin-kuyovlar uchun
maxsus o‘quv kurslari, «Oila» klublari, «huquqiy maslahat» telefonlari tashkil
etish va targ‘ibot-tashviqot guruhlarinini tayyorlash;
- oilalarda huquqiy bilim berishni takomillashtirishga yordam beruvchi
sotsiologik tadqiqot ishlari olib borish va uning natijalari asosida metodik
tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga keng tatbiq etish, bu borada huquqni
muhofaza qilish tashkilotlari bilan boshqa mutasaddi davlat va jamoat
tashkilotlarining hamkorligini mustahkamlash kabi masalalarga alohida e’tibor
berish yotadi
Har bir davrning o`z dardi, talabi va ehtiyojlari bo`ladi. Mustaqillik odamlar va jamiyat taqdiriga taalluqli juda ko`p jumboqlarni yechish bilan barobar ma’naviyatimizning qator muammolarini ko`ndalang qilib qo‘ydi. Ayniqsa, axloqodob masalalari katta ahamiyat kasb etib qoldi. Buning sabablari ko‘p: bir
tomondan, inson deb atalmish hayot gultojiga bo‘lgan munosabat o‘zgardi, uni azaliy va abadiy pok ma’naviyat yo`liga qaytarish rejalari tuzila boshlandi; katta yoki kichik, yaxshi yoki yomon, ilg‘or yoki johil millat bo‘lmasligi, yomonlikning millati-yu yaxshilikning chegarasi yo`qligiga qanoat hosil qildik. Inson o‘z millati an’analari va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga erishishi qog‘ozda emas, amalda tan olindi; ikkinchidan, soxta baynalmilalchilik,qog‘ozdagi xalqlar do‘stligi g‘oyalari odamlar orasida uzoq zamonlardan buyon shakllanib, rivojlanib kelayotgan birodarlik tuyg‘ulariga rahna solib qo`ygani, odamlarning millat ajratmasligi uchun, bir-biriga mehrli-oqibatli bo‘lishi uchun urush yoki qahatchilik, zilzila yoki tabiiy ofatlarni boshidan kechirishlari shart emasliti, ijtimoiy adolat o‘rnatilgan joyda xalqlar va millatlarning chin insoniy fazilatlari gurkirab unishiga ishonch hosil qila boshladik.

Yüklə 12,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin