Ma`lumki, ta`lim har bir jamiyatning ajralmas qismi, madaniyati va rivojlanishining asosiy ko`rsatkichidir. Har qanday mamlakat istiqbolni rejalar tuzar ekan, avvalo, ta`limga e`tiborni kuchaytiradi. Shu ma`noda mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab Prezidentimizning “Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e`tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz” degan dav`atlari ostida ta`limni isloh qilishga kirishilib, avvalo, “Ta`lim to`g`risida”gi Qonnun, so`ngra “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yaratildi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ulug`vor sohasi deb e`lon qilindi.