2019-yilning sentyabr oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018-yil uchun eʼlon qilgan hisobotida Oʻzbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini maʼlum boʻldi. Xususan, “Korrupsiyani nazorat qilish” indeksida 1 pogʻonaga, “Hukumat samaradorligi” indeksida 3 pogʻonaga, “Normativ sifat” indeksida 7 pogʻonaga, “Qonun ustuvorligi” indeksida 4 pogʻonaga, “Soʻz erkinligi va hisobdorlik” indeksida 5 pogʻonaga koʻtarildi.
Prezidentimizning 2020-yil 2-iyundagi Farmoni bilan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi tashkil etilayotgani, davlat organlarining birinchi rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul qilib belgilangani alohida qayd etib oʻtildi.

Xalqaro reyting va indekslarni belgilashda qanday faktorlar, koʻrsatgichlar mezon boʻlib xizmat qiladi? Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat oʻrtasidagi imidjini yaxshilash uchun, investorlar uchun jozibadorlikni koʻtarish uchun qanday omillarga eʼtiborni kuchaytirish kerak? Aynan shunday maqsadlarga erishilishini huquqiy jihatdan toʻliq taʼminlash uchun parlament qanday hujjatlar qabul qilinishiga eʼtiborni oshirishi talab etiladi? Seminarda tegishli masʼul vazirlik va idoralarning mutaxassislari deputatlar tomonidan koʻtarilgan shunday masalalarni atroflicha va toʻliq yoritganliklari iliq qabul qilindi. Parlament aʼzolari oʻzlarining qimmatli takliflarini bildirish barobarida ushbu yoʻnalish uchun xos boʻlgan oʻta nozik jihatlarni, koʻnikmalarni oʻrganganliklarini eʼtirof etdilar.