Mavzu; O'zbekistonning tarixiy geografiyasi (1924-1991 yillar). Reja


XX asrning 20 - 80-yilIarida Qoraqalpog'iston



Yüklə 23,38 Kb.
səhifə2/5
tarix10.03.2023
ölçüsü23,38 Kb.
#87180
1   2   3   4   5
10-MAVZU; O\'ZBEKISTONNING TARIXIY GEOGRAFIYASI

2. XX asrning 20 - 80-yilIarida Qoraqalpog'iston.
XX asrning 20-yillarida qoraqalpoqlar Turkiston ASSR Amudaryo viloyatining Chimboy (butun aholisi 81096 kishi bo'lib, qoraqalpoqlar 58604 kishi, ya'ni 71 foizini tashkil qiladi), Sho'roxon uyezdlarida (butun aholisi 90736 kishi bo'lib, ulardan qoraqalpoqlar 81100 kishini, ya'ni 89 foizni tashkil qilardi) va Qo'ng'irot (butun aholisi 80988 kishi, shundan qoraqalpoqlar 79,5 foizni tashkil qilardi) okrugida zich yashardilar.
Bu statistik ma'lumotlar Xorazm, Qoraqalpog'iston, O'zbekiston va Qozog'iston vakillari o'rtasida munozaralar va shiddatli tortishuvlar ob'ekti bo'ldi. Qoraqalpoq xalqining qat'iyati, sobit qadamligi, sabot-matonati ittifoq rahbar or-ganlarini ko'p asrlar davomida o'z milliy mustaqilligi uchun kurashib kelgan qoraqalpoq xalqining ovoziga quloq solishga majbur etdi.
1924 yil 14 oktyabrda Butunittifoq Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo'mitasining ikkinchi sessiyasi Rossiya Federasiyasining Qozo­g'iston Avtonom Respublikasi tarkibida Qoraqalpog'iston avtonom viloyati tashkil etilganligini tasdiqladi.
Qoraqalpoq xalqining ezgu orzusi ushalgandek bo'lib tuyular edi. Biroq bu o'z mohiyati bilan unitar (qo'shma) davlat bo'lgan. SSSRdagi davlatchilik qurilishining bolsheviklar andozasidagi „matryoshka" prinspi edi: ittifoqdosh respublika — avtonom viloyat — avtonom okruglar va tumanlar. Qoraqalpoqlar chinakam mustaqillik va haqiqiy suverenitetga erishish uchun uzoq mashaq-qatli yo'lni bosib o'tishlari lozim edi.
1925 yil 12-19 fevralda viloyat markazi To'rtko'l shahrida bo'lib o'tgan Qoraqalpog'iston avtonom viloyati Sovetlarining birinchi s'ezdi Turkiston ASSR Amudaryo viloyatining Chimboy („Qoraqalpog'iston avtonom viloyati tashkil topganligi to'g'risida Deklarasiya" qabul qilib, „qoraqalpoq xalqining milliy davlatchiligi" tashkil etilganligini qonunan rasmiylashtirdi.
Qoraqalpog'iston avtonom viloyati 160000 kv. km. dan ortiq hududni egallagan bo'lib, to'rtta ma'muriy okrug — To'rtko'l, Chimboy, Xo'jayli va Qo'ng'irot okruglaridan tashkil topgan edi.
Viloyat ko'p millatli edi: qoraqalpoqlar— 38,1 foiz, qozoqlar — 28,5 foiz, o'zbeklar— 27,5 foiz, turkmanlar— 3,2 foiz, boshqa millatlar — 2,7 foizni tashkil etardi. Qoraqalpog'iston avtonom viloyatining boyligi uncha katta emas: 5 foizini o'rmon massivlari, 280745 bosh chorva, 800000 so'm pul bo'lib, ular chegaralanish vaqtida taqsimlangan edi. 1932 yil 20 martda SSSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasining Rayosati „Qoraqalpog'iston avtonom viloyatini Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish va uning RSFSRga kirishi to'g'risida" qaror qabul qildi. Awalgidek Markaz rejalariga muvofiq avtonom respublikaga qishloq xo'jalik xom ashyosi va chala mahsulotlar yetkazib berish vazifasi yuklatildi. Paxta tozalash va baliqchilik avtonom respublika sanoatining yetakchi tarmoqlari bo'lib qoldi.
1936 yil 5 dekabrda SSSRning yangi Konstitusiyasi qabul qilindi, unda Qoraqalpog'istonning O'zbekiston SSR tarkibiga kirishi ko'zda tutilgan edi. Bu markazning o'z manfaatlarini ko'zlab "SSSRning paxta mustaqilligi" ni qo'lga kiritish uchun O'rta Osiyo respublikalari zimmasiga rejalashtirgan navbatdagi murakkab vazifani qonunlashtirishi edi. Ana shu vazifa barcha O'rta Osiyo xalqlarini bir-biri bilan yaqinlashtirdi va bir maqsad yo'Uda birlashtirdi.
1946 yilda Qoraqalpog'istonda 425 ta jamoa xo'jaligi bo'lib, 154,8 ming gektar sug'oriladigan yerga, shu jumladan respublika chigit ekiladigan 54 ming gektar maydonga ega edi. 1946-1950 ySHagda 42 ming gektar yer o'zlashtirildi, 1950-1960 yillarda esa chigit ekiladigan maydonlar yana 35 ming gektarga ko'paytirildi. 1960 yilga kelib bu ko'rsatkich 131,5 gektarni tashkil qildi.
Qoraqalpog'istonda 1964-1984 uSHag mobaynida 7 million 144 ming tonna paxta yetishtirildi. Markaz O'zbekiston kabi Qoraqalpog'iston sanoatini ham asosan paxtachilik bilan bog'lagan holda rivojlantirishni mo'ljallagan bo'lib, sanoatnig boshqa tarmoqlariga e'tibor qaratilmadi.
1950 yilda Markazning Bosh Turkman kanali qurilishi to'g'-risidagi qarori qabul qilindi. Bu kanal Xorazm vohasi orqali Shimoliy Turkmaniston bo'ylab o'tar va Amudaryoning qadimgi O'zboy o'zani bo'ylab Kaspiy dengizigacha borar edi. Belgilangan rejalar amalga oshiriladigan bo'lsa, mintaqadagi ekologik vaziyatni jiddiy ravishda o'zgartirardi, lekin Orol dengizini halokatga olib kelmas edi. Biroq 1952 yilda Bosh Turkman kanalining qurilishi boshqa loyiha bo'yicha bordi, uni amalga oshirish natijasida Qoraqum kanali yuzaga keldi. 1956 yilda respublikada Taxiatosh GRESini qurish boshlandi. Qisqa muddat ichida energetiklar shahri vujudga keldi. Taxiatosh GRESining birinchi navbati 1961 yilda foydalanishga topshirildi.
60-70-yillarda Qoraqalpog'iston sanoatining rivojlanishi asosan yengil sanoat, ya'ni paxta tozalash va oziq-ovqat sanoatlarini ustuvor rivojlantirilishi evaziga ancha yuqori bo'lganligi kuzatildi.
Oziq-ovqat sanoatida Mo'ynoq baliq-konserva zavodi yillga 17,4 million banka quwat bilan ishladi, lekin Orolning qurib borishi natijasida baliq zahiralari keskin kamaydi va bu soha ham inqirozga yuz tutdi.
60-80-yillardagi islohotlar o'zining ziddiyatli ekanligiga qaramay, har holda Qoraqalpog'istonning ishlab chiqaruvchi kuchlarini nisbatan rivojlantirishga yordam berdi. Xalq xo'jaligining moddiy-texnikaviy bazasi mustahkamlandi. Irrigasiya-meliorasiya inshootlarining butunlay yangicha tizimi tashkil etilib, qo'riq yerlarni o'zlashtirish va sug'orishda muhim omil bo'ldi.

Yüklə 23,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin