Mavzu; O'zbekistonning tarixiy geografiyasi (1924-1991 yillar). Reja


Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin konlari, Farg'ona vodiysidagi daryo o'zanlaridagi sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog'larida oltin



Yüklə 23,38 Kb.
səhifə5/5
tarix10.03.2023
ölçüsü23,38 Kb.
#87180
1   2   3   4   5
10-MAVZU; O\'ZBEKISTONNING TARIXIY GEOGRAFIYASI

Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin konlari, Farg'ona vodiysidagi daryo o'zanlaridagi sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog'larida oltin tarkibli kvas tomirlari va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida jami 30 ta oltin koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov tog' boyitish kombinati, Marjonbuloq kombinati qurildi.
50-80-yillarda mashinasozlik sanoati ko'p tarmoql sohaga aylandi. 1985 yilda sanoatda faoliyat ko'rsatgan 1549 ta ishlab chiqarish birlashmalari, kombinatlari va korxonalarining 100 dan ortig'i mishinasozlik tarmog'iga tegishli bo'lib, ularda tayyorlangan mashinalar salmog'i butun sanoat mahsulotining 16 foizini tashkil etardi. Bu sohada paxtachilik, to'qimachilik sanoati mashinasozligi muhim o'rin tutadi.
1941 yilda Ximki shahridan ko'chirib keltirilgan zavod asosida aviatsiya zavodi barpo etilib, 1972 yilda yirik Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Urushgacha bir necha qurilish sanoatiga ixtisoslashgan zavodlar mavjud bo'lsa, 60-80-yillarda Bekobod, Quvasoy, Angren, Ohangaron, Navoiy, Qumqo'rg'on yirik sement zavodlari barpo etildi. O'zbekistonda jami 34 ta marmar koni bo'lib, Toshkent, G'azalkent, Ohangaron, Kitob va G'azg'onda marmarni qayta ishlash,. undan qurilish materiallari tayyorlash zavodlari va kombinatlari ishladi.
Respublikada 80-yillarda 107 tapaxta tozalash zavodi ishladi. 70-80-yillarning boshlarida Buxoro, Andijon, Nukus, Jizzaxda to'qimachilik, ip-gazlama va paxta yigiruv kombinatlari ishga tushirildi. O'zbekistonda mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan ko'p tarmoqli oziq-ovqat sanoati kompleksi barpo etildi. Uning yog'-moy, konserva, pop, qandolat, go'sht, sut, baliq, choy, tamaki, vino yetishtiruvchi tarmoqlari yetakchi sohalar bo'lgan. 1980 yillarning o'rtalariga kelib, oziq-ovqat sanoati kompleksida 271 ta korxona faoliyat ko'rsatgan.
Respublikada bu davrda anchagina yirik sanoat korxonalari qurilgan bo'lsa-da, biroq ular mustaqil ravishda tayyor mahsulot ishlab chiqarolmas edi. Ulaming ko'pchiligi Rossiya va sobiq ittifoqning g'arbiy respublikalaridagi korxonalarga qaram edi.
50-80-yillarda temiryo 7 transporti ancha rivojlandi. 50-yillarda uzunligi 627 km. bo'lgan Chorjo'y-Qo'ng'irot, 1962 yilda esa uzunligi 280 km. bo'lgan Navoiy—Uchquduq, 1970 yilda Samarqand—Qarshi (144 km), 1974 yilda Termiz-Qo'rg'ontepa (218 km), 1972 yili esa uzunligi 408 km. bo'lgan Qo'ng'irot-Beynov temir yo'li qurilib ishga tushirildi. Respublika temir yo'llarining uzunligi 1985 yilda 3,5 ming km. ni tashkil etdi.
Avtomobil transporti ham tez sur'atlar bilan o'sdi. 50-70-yillarda respublikada zamonaviy avtomobil yo'llari — Katta O'zbekiston trakti (Toshkent—Termiz) ta'mirlandi, Toshkent— Olmaliq, Toshkent—Buxoro—Nukus, Mo'ynoq—Zarafshon, Samarqand—Chorjo'y, Farg'ona halqa yo'li, Toshkent halqa yo'li qurilib foydalanishga topshirildi.
Respublika iqtisodiyotida havo transportining ahamiyati ortib bordi. Toshkent aeroporti orqali sobiq ittifoqning markaziy shaharlari, respublikalarning poytaxtlari, yirik sanoat markazlari o'rtasida muntazam havo yo'llari qatnovi yo'lga qo'yildi. O'zbekiston havo yo'llarining uzunligi 60 ming km. ga etdi. 1985 yilda respublika aeroportlarida 5,5 millionga yaqin yo'lovchi, 63,4 ming tonna yuk tashildi.
O'rta Osiyoda yagona hisoblangan Toshkent metropolitenining birinchi yo'nalishi (12,1 km) 1977 yilda, ikkinchi yo'nalishi esa 80-yillarda foydalanishga topshirilishi ham respublika poytaxtida yo'lovchi tashish imkoniyatlarini ancha kengaytirishga xizmat qildi.
Yüklə 23,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin