Mavzu: O’zbekistonning tashqi savdo siyosatining ustuvor yo’nalishlari. Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 25,13 Kb.
tarix14.03.2023
ölçüsü25,13 Kb.
#87806
mustaqilishsaidov


MAVZU: O’ZBEKISTONNING TASHQI SAVDO SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISHLARI.

REJA:

Kirish
Asosiy qism:

  1. Tashqi savdo tushunchasi.

  2. Jahonning tashqi savdosi va global iqtisodiy muammolar.

  3. Yangi O’zbekistonning tashqi savdo siyosati.

  4. Yangi O’zbekistonning jahon savdo aloqalaridagi ishtiroki.

  5. O’zbekistonning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va olib borilayotgan iqtisodiy siyosat.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Ma'lumki, O'zbekiston o'z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o'zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib bormoqda. Yangi O'zbekistonning zamonaviy tashqi siyosiy holati dunyoda va mintaqada shiddat bilan o'zgarayotgan vaziyat hamda mamlakat ichidagi keng ko'lamli o'zgarishlarga asoslanib shakllanmoqda.
Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy vazifalaridan biri 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan “2017–2021 yillarda O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi”ning “chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar”i belgilab berilgan 5.2-bandida o'z aksini topgan. Unga ko'ra, tashqi siyosat sohasiga oid quyidagi eng muhim ustuvor yo'nalishlar shakllantiriladi:
– davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning to'laqonli sub'ekti sifatida o'rni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O'zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do'stona qo'shnichilik munosabatlar mintaqasini yaratish;
– O'zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, dunyo hamjamiyatiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida ob'ektiv axborotni yetkazish;
– O'zbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining me'yoriy-huquqiy bazasini, shuningdek, xalqaro hamkorlikning shartnoma-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
– O'zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini tartibga solish.
Xalqaro ekspertlarning fikricha, yangi O'zbekiston o'zining ochiqligi va jadalligi bilan ajralib turgan izchil, samarali va konstruktiv siyosat yuritmoqda. Bu esa global miqyosda shiddatli o'zgarishlar yuz berayotgan hamda xalqaro maydonda kuchlarning yangi nisbati shakllanayotgan hozirgi davrda olib borilayotganligi bilan ahamiyatlidir.
So'nggi yillarda O'zbekistonning iqtisodiy ochiqligi hamda investitsiyalar va biznes uchun jozibadorligi, aholining barcha muammoli masalalarni yakdillik, o'zaro hurmat va hamjihatlik asosida hal etishga intilishi, mamlakatda mukammal huquqiy poydevorning yaratilishi, dunyo davlatlari bilan muvozanatli va o'zaro manfaatli aloqalar yuritilishi, siyosiy ishonch va xalqaro huquqqa rioya etilishi asosidagi o'zaro hamkorlikka intilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanmoqda. Bu esa o'zaro diplomatik aloqalarning yangi bosqichiga asos bo'lmoqda. Shu bilan birga, tashqi siyosatni olib borishdagi asosiy e'tibor siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar va boshqa sohalarga, shuningdek, O'zbekiston atrofida tinch, barqaror hamda xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari – bizning bevosita qo'shnilarimiz bilan do'stona, yaqin qo'shnichilik va o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish hamda mustahkamlashni asosiy ustuvor vazifa sifatida belgilab berdi.
O'tgan qisqa davr mobaynida O'zbekiston “Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo'nalish” hamda “Markaziy Osiyo ruhi” kabi tamoyillar bilan o'z tashqi siyosatini olib bordi.
O'zbekiston Prezidenti tashabbusi asosida so'nggi besh yilda mintaqaning barcha mamlakatlari bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi amalga oshirildi. Mintaqa davlatlarining yetakchilari o'rtasidagi o'zaro ishonchga asoslangan siyosiy muloqot doimiylik kasb etdi. Bunday aloqalar natijasida Markaziy Osiyo davlatlarini qiziqtiradigan xavfsizlik, chegaraviy masalalar, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, madaniyat, sog'liqni saqlash va ekologiyaga oid o'zaro, mintaqaviy hamda xalqaro ahamiyatga molik muhim qo'shma qarorlar qabul qilindi.
Ushbu sa'y-harakatlar samarasi o'laroq, O'zbekistonning mintaqadagi barcha davlatlar bilan munosabatlari tubdan yaxshilandi, xususan, o'zaro bordi-keldi rishtalari qaytadan yo'lga qo'yildi hamda chegaralar ochildi. Bu esa qo'shnichilik aloqalarini yanada kuchaytirdi, shuningdek, xalq diplomatiyasi, gumanitar yordam va madaniy hamkorlikning qaytadan jonlanishiga turtki bo'ldi.






Yüklə 25,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin