Mavzu; O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar bilan hamkorligi. Kirish I bob. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning mohiyati,zaruriyati va funksiyalari


II bob.O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlarlar bilan iqtisodiy hamkorligi



Yüklə 264,02 Kb.
səhifə6/14
tarix01.03.2023
ölçüsü264,02 Kb.
#86064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ek 59 Mahmudov Muzaffar O\'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar

II bob.O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlarlar bilan iqtisodiy hamkorligi
2.1. O’zbekistonning rivojlangan davlatlar bilan iqtisodiy hamkorligi
Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida 20-iyul kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Fransiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki mamlakatning iqtisodiyot, savdo, sarmoya, eksport, neft-gaz, bank-moliya, qishloq va suv xo‘jaligi, aviatashuv, farmatsevtika, yuqori texnologiyalar, sayyohlik, transport va transport kommunikatsiyalari, kimyo, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, komissiya hamraisi Elyor G‘aniyev mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.
Fransiya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi faol hamkorlaridan. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etishga, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilishga, iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat va havo transporti sohalarida hamkorlikka oid bitimlar o‘zaro aloqalar rivojiga xizmat qilmoqda. Mamlakatlarimiz makroiqtisodiyot, moliya, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish uchun kadrlar tayyorlash yo‘nalishida ham samarali hamkorlik qilmoqda. Yurtimiz olimlari fransiyalik mutaxassislar bilan birgalikda quyosh energiyasini o‘rganish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, seleksiya kabi sohalarda tadqiqotlar olib bormoqda.
Savdo sohasida O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. 2015-yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 300 million dollardan oshdi. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ushbu ko‘rsatkich 150 million dollardan ziyodni tashkil qildi. Mamlakatimizda fransiyalik sarmoyadorlar ishtirokida 15 korxona tuzilgan. Fransiyaning 11 kompaniyasi yurtimizda o‘z vakolatxonasini ochgan.
Fransiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor bilan qaraydi, – dedi Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro rivojlanish vazirligining tashqi savdo, sayyohlikni rivojlantirish va xorijdagi fransuz fuqarolari masalalari bo‘yicha davlat kotibi, komissiya hamraisi Matias Fekl. – Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi muttasil oshib bormoqda. So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistondan Fransiyaga import qilingan mahsulotlar hajmi 60 foizga oshgani bu boradagi hamkorligimiz izchil taraqqiy etayotganidan dalolatdir. Fransiyalik ishbilarmonlarning o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlik o‘rnatishga, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishi yil sayin ortib bormoqda. O‘zbekiston ko‘plab sohalarda, jumladan, ilm-fan, madaniyat va sayyohlik kabi jabhalarda ulkan salohiyatga ega mamlakat. Savdo, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, texnika va texnologiyalar yo‘nalishlarida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kengaytirishdan manfaatdormiz.
Majlisda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini isloh qilish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirish, xususiy mulkning ulushini oshirish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani qayd etildi.
Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi hajmini yanada oshirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini ta’kidladi. Mamlakatlarimiz sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik, transport va logistika, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasida katta salohiyatga ega ekani qayd etildi.
Fransiya delegatsiyasi O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat samaralari, mamlakatimizning eksport salohiyati, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning hamda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning puxta ishlab chiqilgan mexanizmi, industrial zonalardagi keng imkoniyatlar va imtiyozlar bilan tanishtirildi. O‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish uchun mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Shu kuni O‘zbekiston va Fransiya ishbilarmon doiralarining davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, qo‘shma korxonalar sonini va o‘zaro savdodagi mahsulotlar turini ko‘paytirish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va Fransiyaning iqtisodiy salohiyati, imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Davra suhbati yakunida O‘zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Fransiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja va biznes maslahatlashuvlari o‘tkazildi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni Fransiyaga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Hukumatlararo komissiya majlisi doirasida O‘zbekistonda asinxron tortishli elektr dvigatellari ishlab chiqarish, aviatashuv va farmatsevtika sohalardagi hamkorlikka oid qator hujjatlar imzolandi.
Fransiya delegatsiyasi a’zolari mamlakatimizning turli vazirlik va idoralarida ham muzokaralar o‘tkazdi.

Yüklə 264,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin