Mavzu O‘zgaruvchan tok mashinalarining umumiy masalalari Reja
11.6-rasm. 11.5-rasmda tasvirlangan chulg’amning pazlardagi o’tkazgichlar EYUKlari (a) va g’altaklar EYUKlari yulduzlari(b) Shunita’kidlashlozimki, 11.5-rasmdagi «A», «Z», «B», «X», «C», «Y» oraliqlarningharbiroraliqdaqtapazbilanqo‘shqutbbo‘linmasidavomidaalmashibkelishifazaoralig’i 60° bo‘lganharqandayuchfazalichulg‘amuchuntaalluqlibo‘lib, yuqoridagihisoblashlargahojatyo‘qdir. Fazabo‘yichapazlarningtarqalishinichulg‘ampazlaridagig‘altak (yokio‘tkazgich) larningEYuKlariyulduzi (11.6-rasm) yordamidahamamalgaoshirishmumkin. Qo‘shnipazlaro‘tkazgichlaridagiEYuKlarningfazabo‘yichasiljishburchagiako‘rilayotganmisoldaq uyidagichatopiladi: a = p -360°/Z = 2-360°/24 = 30°. Pazlardagig‘altaklartomonlariEYuKlariningvektorlariqo‘shqutbbo‘linmasidavomidaaylani bkelishi (1^12 vektorlar) EYuKvektorlariningyulduziqbutunsonbo‘lganda, moskeluvchipazlarning (1 va 1+12 =13 hamda shunga o‘xshashlar) EYuK lari ustma-ust tushganliligi uchun faza bo‘yicha takrorlanadi (11.6-rasm). Agarda birinchi ikki vektorni «A» oralig’i uchun (1; 2 va 13; 14-vektorlar) ajratsak (11.5-rasm), u holda «B» va «C» oraliqlardagi vektorlar «A» oraliq vektorlariga nisbatan 120° va 240° ga siljigan bo‘ladi. «X», «Y», «Z» oraliqlarining vektorlari esa «A», «B», «C» oraliqlar vektorlariga nisbatan 180° ga siljigan bo‘ladi. Natijada 11.5-rasmdagi yuqori qatorda ko‘rsatilgan oraliqlar bo‘yicha pazlarning tarqalishiga ega bo‘lamiz.
Ularning chap tomonlari yuqori qatlamga, o‘ng tomonlari esa pastki qatlamga joylashgan deb hisoblaymiz. g‘altaklarni yuqori tomonlaridan boshlab nomerlab chiqamiz. Qo‘shni pazlardagi g‘altaklarning EYuK lari ham 30° ga siljigan bo‘ladi, demak, pazlardagi g‘altaklar o‘tkazgichlarining EYuK lari yulduzini (11.6, a-rasm) g‘altaklar EYuK lari yulduzi (11.6,brasm) deb qarash mumkin. Har bir g‘altak guruhlari chegarasida q =2 g‘altaklar ketma-ket ulanadi. Shunday qilib, «A» faza uchun (11.6,a-rasm) 4 ta, ya’ni 1-2, 7-8, 13-14 va 1920 g‘altaklar guruhiga ega bo‘lamiz. Barcha guruh EYuK lari bir-biri bilan qo‘shilishi uchun ular ketma-ket ulangan, 7-8 va 19-20 guruhlar esa 1-2 va 1314 (1-2 guruh oxirlari 7-8 guruh oxirlari bilan ulangan) guruhlarga nisbatan teskari bo‘ladi (11.6,b-rasmda minus «-» ishorali paz raqamlari). Boshqa fazalardagi guruhlarning ulanishi ham xuddi shunday usul bilan amalga oshiriladi «X», «Y», «Z» oraliqlardagi g‘altak guruhlarining chulg‘amda teskari ulanishi shu oraliqlardagi g‘altak EYuK vektorlarining 180° ga burilganiga ekvivalent (teng kuchli)dir. Bunda 11.6,a-rasm o‘rniga 10.9,b-rasmdagi g‘altaklar EYuK lari diagrammasiga ega bo‘lamiz. Bu diagramma uchta sektordan tuzilgan bo‘lib, q = 2 yoy va fazdagi g‘altaklar soniga mos holda 2p-q = 2-2-2 = 8 vektordan iborat. Har bir fazadagi EYuK lar mos sektordagi g‘altaklar EYuK lari vektorlarining yig‘indisiga teng. Demak, hamma fazadagi EYuK lar bir biriga teng va faza bo‘yicha 120° ga siljigan bo‘ladi.