Mavzu: Paket va kanallarni kommutatsiyalash Reja: Paket va kanallarni kommutatsiyalash. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/17
tarix13.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#175065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mavzu Paket va kanallarni kommutatsiyalash Reja Paket va kanal-fayllar.org (1)

Biroq bu ish tartib kanallarni kommutatsiyalovchi tarmoqning bо„lishi mumkun bо„lgan yagona ish tartibi emas, boshqa ulanishlarni о„rnatishning statik (qо„ldagi) ish tartibi xam mavjutdir. Bu ish tartibi tarkibiy kanalni abonent bilan

qisqa vaqt ulanish uchun о„rnatilmay, balkim uzoq vaqt davom etuvchi ulanishlar zarur bо„lgan xolat uchun xarakterlidir
.

А абанент
1.28-chizma. Paketlarni kommutatsiyalash tarmog„ida ulanishni о„rnatishda
buzilish.

Bunday uzoq vaqt ishlovchi kanallarni yaratishni abonent amalga oshira olmaydi, uni tarmoq ma‟muri tomonidan yaratiladi. Ananaviy telefon tarmog„i uchun qо„ldagi statik ish tartibi о„zining qisqa vaqtli ulanishi bilan kam ishlatiladi, biroq u shaxarlararo va davlatlar о„rtasida yuqori tezlikdagi telekommunikatsion kanallar uchun о„zini oqlaydi.


Kanallarni kommutatsiyalash texnologiyasi tarmoqdagi tasodifiy voqealarni minimallashtirishga mо„ljallangan, yani bu texnologiya determenizmga qarab intiladi. Turli bо„lishi mumkun bо„lgan noaniqliklarni oldini olish maqsadida axborot almashuvini tashkillashtirish bilan bog„liq bо„lgan ishlarning kо„p qismi axborotlarni uzatish boshlanishidan oldin bajariladi. Avval berilgan manzil bо„yicha kerakli bо„lgan elementar kanallarning butun yо„li jо„natuvchidan qabul qiluvchigacha egalik qilishi bо„yicha tekshiriladi. Sо„ng bu kanallar aloqa vaqti uchun faqat ikki abonent ishlatishi uchun biriktiriladi va xar bir abonent tarafida
“tо„siqni yopuvchi”si (shlyuzoviye zadvijki) bor bitta uzuliksiz “nayga” (trubaga) (tashkiliy kanal) kommutatsiyalanadi. Shundan sо„ng, tayyorgarchilik ishlari kam-kо„stsiz tugatilgach endi eng kam ishni bajarish kerak bо„ladi, yani “tо„siqni yopuvchilarni” ochib axborot oqimini erkin va tarmoqning berilgan nuqtalari о„rtasida tо„siqsiz “oqishiga” imkon beriladi.

Tebranuvchi trafikni uzatishdagi samarasizlik. Kanallarni kommutatsiyalovchi tarmoqlar foydalanuvchining trafigini samarali uzatadi, qachonki aloqa vaqti davomida uning tezligi doimiy bо„lsa va jismoniy aloqa yо„lining qayd qilingan о„tqazish xususiyatiga maksimal ravishda mos bо„lsa. Abonentlar tomonidan xosil qilinadigan axborot oqimi tebranuvchi xarakterda bо„lsa tarmoqning samaradorligi kamayadi.
Shundek qilib, telefon orqali sо„zlashishlar, odamlar doimiy ravishda sо„zlash jadalligini о„zgartirib turadilar, yani jim turish bilan tez gapirish xollari. Natijada mos “tovush” axborot oqimlari notekis bо„lib qoladi, demak, axborot uzatish samaradorligi kamayadi. Tо„g„ri, telefonda sо„zlashish xolatida bu kamayish sezilarsiz darajada bо„lganligi tufayli, tovush trafigini uzatish uchun kanallarni kommutatsiyalovchi tarmoqlarni keng miqyosda ishlatish mumkun bо„ladi.
Kanallarni kommutatsiyalashli tarmoqning samaradorlikni ancha kо„p kamayishi kompyuter trafigi deb ataluvchi trafikni uzatilganda kuzatiladi – yani, kompyuter foydalanuvchisi ishlayotgan kompyuterdagi ilovalar xosil qilgan trafik. Bu trafik amaliy jixatdan deyarli xar doim tebranuvchi trafikdir. Masalan, Siz Internetdan navbatdagi saxifani yuklayotganingizda trafik tezligi keskin oshib ketadi, yuklash tugagandan sо„ng esa trafik amaliy jixatdan nolgachan tushib ketishi mumkun. Agarda Siz bayon qilingan Internetga ulanish uchun kanallarni kommutatsiyalovchi tarmoqni ishlatsangiz, u xolda Sizning kompyuteringiz va veb-server orasidagi tashkiliy kanal vaqtning kо„p qisimida bо„sh turib qoladi. Shu bilan bir vaqtda tarmoq samaradorligining bir qismi Sizga biriktirilgan bо„lib qoladi va tarmoqning boshqa foydalanuvchilariga xizmat qila olmaydi. Tarmoq bundek vaqtlarda metroning bо„sh eskalatoriga о„xshab qoladi, u xarakatlanadi lekin foydali ish bajarmaydi.
Notekis kompyuter trafigini samarali uzatish uchun maxsus paketlarni kommutatsiyalash texnikasi yaratilgan.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin