Tabiiy ko’rinishdagi major va minorda bir xil nomdagi tovushlar bo’ladi. Кalit belgisi bir xil bo’lgan major va minor tonalliklari parallel tonalliklar deyiladi.
Masalan:
Minor gammalarida birin-ketin hosil bo’ladigan diyezlar har bir gammaning ikkinchi pog’onasiga to’g’ri keladi. Bemollar esa oltinchi pog’onaga to’g’ri keladi. Minor tonalliklarining soni ham major tonalliklari soniga tengdir, ya’ni 15 ta bo’ladi. Bu tonalliklar nomlarining hosil bo’lishi major tonalliklari singaridir.
Minor tonalliklarining umumiy miqdori olti tonallikka ega. Bulardan uchtasi diyezli tonallik va qolgan uchtasi bemolli tonallikka engarmonik jihatdan teng bo’ladi: Sol diyez minor – lya bemol minorga teng; Re diyez minor – mi bemol minorga teng; Lya diyez minor – si bemol minorga teng.
Barcha minor tonalliklari bir-biriga yondosh bo’lib, quyidagi tonalliklardan tarkib topadi:
Yondosh minor tonalliklari bir-biridan sof kvinta oralig’ida joylashganligi uchun minor ladining barcha tonalliklari mustaqil kvinta davrasini hosil qiladi, ya’ni, har bir yangi tuziladigan tonallik oldingisidan sof kvinta intervali miqdorida yuqorida joylashadi.
Quyida minor tonalliklarining kvinta davrasi chizma tarzida ko’rsatilgan:
Bir xil tonikadan tuzilgan, ya’ni boshlanishi bir notada amalga oshirilgan major va minor tonalliklari nomdosh tonalliklar deyiladi. Nomdosh major va minorning tabiiy gammalari bir-biridan uchta pog’ona bilan farq qiladi, bular 3, 6 va 7 – pog’onalardir.
Nomdosh major va minorning garmonik ko’rinishlari bir-biridan 3 – pog’onaning turlicha eshitilishi bilan farq qiladi. Bularning o’xshash tomoni, har ikkalasida ham 6 va 7- pog’onalar orasida orttirilgan sekundaning mavjud bo’lishidir.
Melodik minor yuqoriga tomon harakatda tabiiy nomdosh majordan 3- pog’onaning boshqacha eshitilishi bilan farq qiladi.
Tayanch tushunchalar Garmonik minor, melodik minor, parallel tonalliklar, minor tonalliklarining kvinta davrasi, orttirilgan sekunda, yuqoriga boshlovchi tovush, parallel tonalliklar, ikkinchi pog’ona, oltinchi pog’ona, 15 ta minor tonalligi, kvinta davrasi. Nomdosh tonalliklar, 3, 6 va 7 – pog’onalar, orttirilgan sekunda.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1.Garmonik minor pog’onalarini berilgan tovushdan tuzing. 2.Melodik minor pog’onalari intervallarini ayting. 3.Qanday tonalliklarga parallel tonalliklar deyiladi? 4.Majordan parallel minor tonalligini tuzish uchun nima qilish lozim? 5.Garmonik minordagi orttirilgan sekunda nechanchi pog’onalar orasida joylashtiriladi? 6.Barcha major tonalliklarining soni nechta? 7.Engarmonik teng tonallik deganda nimani tushunasiz? 8.f-moll nimani bildiradi? 9.Qanday tonalliklar nomdosh deyiladi? 10.Nomdosh major va minor bir-biridan nechta belgi bilan farq qiladi? 11.Sol majorga nomdosh bo’lgan tonallikni toping. 12.Si bemol minorga nomdosh bo’lgan tonallikni toping.