Continue operatori Bu har qanday bayonotni qoldirib sikl tanasidagi continue bayonotiga rioya qilib siklning keyingi iteratsiyasini amalga oshirishga majburlaydi. SHunday qilib bu o`tish bayonoti (operatori) hisoblanadi. while va do-while sikllarida nazorat holat (shart) tekshiruviga o`tadi. for siklida continue bayonoti holat tekshiruviga sabab bo`ladi va keyin siklning qayta initsializatsiyalash qismi bajariladi.
10.3-rasmdagi grafik continue operatori ishini ko`rsatadi.
10.3-rasm. Continue operatorining ishlashi
Misol uchun quyidagi dastur continue bayonotidan foydalanishni izohlab beradi.
5-dastur //illustration of continue statement
#include< iostream.h >
#include [1] void main( )
{
int i,j;
Yuqoridagi dasturda i qiymati j ning qiymatiga teng bo`lmaganda continue bayonoti chiqish bayonotini o`tkazib yuborishga majburlaydi va nazorat ichki for siklining holat tekshiruviga o`tadi.
Goto operatori (shartsiz o`tish operatori)
Bu yerda u faqatgina to`liqlik uchun beriladi, chunki goto danfoydalanish dasturni tushunish va xato topishda qiyin qilib qo`yadi. Sizda C++ dasturlarini yozish bo`yicha biroz tajriba bo`lishi bilanoq bu kitobda kuzatganingizdek goto dan foydalanishning hojati yo`qligini his qilasiz. Goto bayonoti dastur nazoratini dasturdagi istalgan joyga yubora oladi. Goto bayonotini maqsadli tayinlash label bilan belgilanadi. Bularning ikkalasi (yani target label va goto) bir funksiyada paydo bo`lishi kerak.