Mavzu: Pedagogik akmeologiya predmeti va uning fanlar tizimidagi
o‘rni.
Mavzu rejasi:
1.Pedagogik akmeologiyaning paydo bo‘lishi.
2.Pedagogik akmeologiyaning ilmiy asoslari.
3.Pedagogik akmeologiya predmeti va uning fanlar tizimidagi o‘rni.
4.Pedagogik akmeologiyaning fanlar tizimidagi o‘rni.
I.1. Pedagogik akmeologiyaning paydo bo‘lishi
Hozirgi paytda puxta o‘ylangan, ilmiy asoslangan davlat siyosati vositasida
mamlakatimiz fuqarolarining tabiiy qobiliyati, bilimi, malakasi, kasb-hunarga
layoqati va say-harakatlaridan oqilona foydalanish uchun qulay zamin yaratish,
shuningdek, mustaqil O‘zbekistonning ravnaq topishida ularning ehtiyojlari,
ijtimoiy manfaatlari, hayotiy istiqbollarini belgilab olish va ro‘yobga chiqarish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu vazifalarni amalga oshirishda yuksak bilimli, еtuk professional kadrlarni
ahloqiy kamolot ruhida shakllantirish, mamlakatimiz ravnaqi hamda gullab-
yashnashi uchun xizmat qiladigan akmeshaxslarni vujudga keltirish ustuvor
vazifalarimizdan biriga aylanib bormoqda.
Ushbu mexanizmlardan biri – inson resurslarini rivojlantirish, undan oqilona
foydalanishning yangicha yo‘llarini izlab topish, ya’ni o‘ta muhim еchimlaridan biri
– akmeologiyaning ijtimoiy ahloqiy muammolarining ilmiy muomalaga kirib
kelishidir.
Akmeologiyaning ilmiy muomalaga kirib kelishiga asos solgan psixiolog
B.G.Ananev, «Insonning ruhiy bilish rivoji markazida dastlabki va so‘nggi
ontogenez, «chetroqda» esa insonning ko‘proq ijodiyroq, samaraliroq ijtimoiy-faol
hayot fazasi bo‘lishi mumkin», deydi.
Albatta, bu jarayonlarning barchasi, shaxsning individual-ruhiy rivoji haqidagi
yagona ilmiy-nazariy g‘oyaning maxsus fundamental ishlab chiqarilgan, o‘smirlik
va еtuklikning yosh psixologiyasi qismisiz mavjud bo‘la olmaydi, degan nazariyalar
ham yo‘q emas.
Shu bois, akmeologiyaning predmeti individ, shaxs individual faoliyatining
barcha sohalarida erishgan maksimal еtukligi bo‘lmog‘i lozim (A.A.Bodalyov,
N.V.Kuzmina, AA.Derkach va boshqalar), degan qat’iy konsepsiya yuzaga keldi.
Maksimal еtuklik individ, shaxs rivojining cho‘qqisi va individual faoliyat
bilan bog‘liq ekan, demak ana shu cho‘qqi yunonchada «akme» deyiladi va bu soha
akmeologiya deb yuritiladi.
Shu bilan birga, «akme»da insonning faoliyati bilan bog‘liq holatlar ham
nazarda tutiladi. Jumladan, shaxsning «yulduzli» onlari yoki shunga yaqin
jarayonlar, ya’ni biror-bir sohada erishgan oliy yutuqlari (N.V.Kuzmina).
Zamonaviy ilm-fanda insoniy yuksaklikning «akme» kategoriyasi bilan bog‘liq
bir necha talqinlari mavjud. Jumladan, birinchi, «akme» – bu qisqagina hayot
kesimini qamrab olsada, ko‘p qirrali holat bo‘lib, insonning har doim jamiyatda
qanchali ko‘z o‘miga ega ekanligi, uning biror-bir soha mutaxassisi sifatida olib
borayotgan salmoqli faoliyati, shaxs sifatida esa uni o‘rab turganlar bilan olib borgan
ijtimoiy aloqasida qanchalik boy yoki qashshoqligi, turmush o‘rtoq va ota-ona
sifatida tayyorlik darajasi bilan bir qatorda yaxshi tomonga o‘zgara olish darajasi va
eng yashirin ezgu qobiliyatlarini ham ko‘rsata olish darajasiga ham bog‘liqdir.
Yunonlar, insonning nimagaki qodir bo‘lsa, qobiliyati va imkoniyati qirralarini
ko‘rsatishga xizmat qiladigan barcha еtuklik belgilari namoyon bo‘lgan umrining
shu qismini «akme» deb ataganlar. Akme – yunoncha («yuksalish», «cho‘qqi»)
kamolot, yuksalish, еtuklik ma’nolarini anglatadi. Akmeolog mutaxassislar
shaxsning yuksak professionalizmi va ijodiy mahorati muammolarini oqilona
еchishni muhim inson resurslaridan foydalanishda deb bilmoqdalar. Bu degani,
ularni integrativ-kompleks o‘rganish muhimlik g‘oyasini ilgari suradilar. Bizning
fikrimizcha, faqatgina kasbiy yuksaklikka erishish g‘oyasi bilan chegaralanish
muammoning еchimiga olib kelishi mushkul. Yetakchi faylasuf olim Xatima
Shayxova bu borada: «Akmeologiya – zamonaviy yangi fan. Uning muhim vazifasi
muayyan kasb-korlikning yuksak pog‘onaga ko‘tarilishidagi turli jihatlarini
o‘rganishdir.
Akmeologiyaning mazmun-mohiyati – insonning har bir kasb-hunarni bilim
orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi
hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga
ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini,
kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida
mukammallik va kamolotga erishishni o‘rganishdan iborat», deydi. Bizningcha esa,
akmeologiya tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida nafaqat kasbiy
mahoratning yuksak muvaffaqiyatga erishishi, balki insonning еtuklik bosqichida
ham ruhan, ham ijtimoiy rivojlanish qonunlari va mexanizmlari, ijtimoiy, ruhiy
yuksaklikka erishish darajalari fenomenologiyasini o‘rganish haqidagi fandir.
Bunda biz Sharq allomalarining «komil inson» g‘oyalarini akmeologiyaning ob’ekti
«akmeshaxs» tushunchasi bilan bir qatorda tadqiq etgan holda, ushbu fanning
fundamenti Markaziy Osiyo mutafakkirlarining qo‘lyozmalarida o‘z ifodasini
topgan va bugungi kunda bizning mamlakatimizda keng foydalanilmoqda, desak,
aslo adashmaymiz. Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqqan holda, «ake»
tushunchasini albatta yuksak cho‘qqi, avj nuqta, eng oliy hissiyotlar (A.Maslou),
deyish mumkin.
Akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi
bo‘lib, ushbu tushuncha shaxsning intiluvchanlik xossasini anglatadi. Akmeshaxs –
akmeologiyaning asosiy predmeti bo‘lib, uning mazmun-mohiyati – insonning har
bir kasb-hunarni ilm-bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat
ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy,
ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur
anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado
etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishi jihatlarini fanlar
bilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iborat bo‘lib, insonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy
dunyosida yuksakroq cho‘qqilarga, kasbiy kamolotda mukammallik bosqichiga
erishish muammolarini o‘rganadi. Rivojlangan mamlakatlarning asosiy
takomillashuv mexanizmi raqobat bo‘lib, insonni doimo yuksaklik, komillikka,
barkamollikka undaydi. Bu jihat akmeologiyada milliylik va umuminsoniylikning
o‘zaro dialektik munosabatlarini shakllanishiga olib keladi. Akmeologiya inson
kasbiy faoliyati doirasidagi professionallik va ijodiylikning akme shaklining
rivojlanishi uchun zarur qonuniyatlari o‘rganuvchi fan bo‘lgani uchun
«akmeologiya» atamasining mazmuni, mohiyati insonshunos olimlar tomonidan
turli bahs va munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Buning boisi, birinchidan,
akmeologiya sohasida ilk davrlarda asosan pedagoglar, psixologlar tomonidan chop
etilgan ilmiy asarlar, etika ixtisosligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari fanning
yoki bu jihatlarinigina qamrab olganligi sababli ayrim tushunmovchiliklarni keltirib
chiqardi. Bugungi kungacha akmeologiya sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari
shaxsning psixologik xaritasi, uning xarakter xususiyatlarini aniqlash hamda uning
u yoki bu sohaga qiziqishini alohida organishga qaratilgan. Ikkinchidan,
akmeologiyaning tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida kasbiy
mahoratning yuksak takomiliga erishishi, insonning еtuklik bosqichida rivojlanish
qonunlari va mexanizmi hamda bundanda yuksakroq darajalarni egallash
fenomenologiyasini o‘rganishi, y a’ni biron kasbga, sohaga astoydil mehr qo‘yib,
bilim va tajribaga tayanib, maqsad sari intilib yashashini bildirishi hamda
akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi
ekanligining fanlar integratsiyasi kesimida kompleks o‘rganilmaganligidadir. Shu
bois ham fikrimizcha, akmeologiyani faqat shaxs kasbiy faoliyatining psixologik va
pedagogik jihatlarini tadqiq etish inson resurslarining barcha imkoniyatlarini
kompleks tarzda o‘rganish y o‘lida еtarli emasligini alohida qayd etish maqsadga
muvofiq, deb o‘ylaymiz.
Umuman olganda, hozifgi globallashuv davrida jamiyatimiz o‘zining yuksak
rivojlanish nuqtasi, fuqarolik jamiyatini barpo etishga yaqinlashmoqda. Bu esa ayni
paytda akmeologiyaning asosiy kategoriyalaridan mukammallik, yuksaklik, oliy
daraja kabi tushunchalar kundalik turmushda ishlatilib kelingan bo‘lsa-da, ijtimoiy-
falsafiy va ahloqiy nuqtayi nazardan maxsus ilmiy tadqiqot sifatida to‘la
o‘rganilmagan.
«Akmeologiya»,
agar
ularni
hududga
moslashtirilsa,
insonshunoslikdagi barcha tajribalardan o‘zining yuqori samaradorligi va ta’lim
berishdagi ayrim qulayliklari bilan ajralib, o‘quv jarayonining sifatini pedagogik
mahoratdan ozod qiladi va ta’lim-tarbiya jarayonining faqat yaxshi va a’lo darajada
bo lishligini kafolatlashi bilan birga, uni qaytadan tiklash imkonini beradi.
Akmeologiya quyidagi tamoyillardan kelib chiqadi. Birinchisi, mamlakatimizda
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishda barkamol avlod
tarbiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni
ta’limlashda sog‘lom ijtimoiy-axioqiy muhitni yaratish, ta’lim-tarbiya tizimini
tubdan isloh qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash va e’zozlash,
ahloqan pok, intellektua еtuk, yuksak professional mutaxassis, ilg‘or fikrli,
salohiyatli, bilimli, jahon standartlariga javob beradigan yuksak g‘oyali kadrlarni
tayyorlash hozirgi paytda ustuvor vazifalardan bo‘lmog‘i lozim. Ikkinchisi,
zamonaviy tafakkur rivojida akmeshaxs qiyofasiga ahloqiy munosabat zarur. Zero,
yurt ravnaqi, millat rivoji, barqarorligini akmeshaxslarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Demak, O‘zbekistonda barkamol avlod tarbiyasida jismoniy, aqliy, ma’naviy
jihatlar kabi uch asosiy jihatga e’tibor berish o‘ta muhim va dolzarb masala bo‘lib,
ijtimoiy jarayonlarning faol kechishida muhim omillardan hisoblanar ekan,
shaxsning intellektual boy, yuksak ma’naviyatli akmeshaxs bo‘lib еtishishi «vaqt
o‘zagi» elagidan o‘tgan ma’naviy merosga bog‘liqligi yoshlar ongiga singdirib
borilishi lozim. Uchinchisi, respublikamizda yangilanish va taraqqiyot jadal davom
etayotgan bir davrda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan bir qatorda
yoshlar muammosini respublika oldidagi umumiy vazifalardan ayri holda ko‘rib
chiqish mumkin emas. Shu bois, yoshlar shaxsining shakllanishi, kamol topishi
muammosini o‘rganishda akmeologik bilimlardan foydalanish usuvor vazifalardan
biri bo‘lib qolmohi lozim. Umuman olganda, B.G.Ananevning fikriga ko‘ra,
«Insonning ruhiy bilish rivoji markazida dastlabki va so‘nggi ontogenez,
«chetroqda» esa insonning ko‘proq ijodiyroq, samaraliroq ijtimoiy-faol hayot fazasi
bolishi mumkin». Va bularning barchasi, shaxsning individual-ruhiy rivoji haqidagi
yagona ilmiy-nazariy g‘oyaning maxsus fundamental ishlab chiqarilgan, o‘smirlik
va еtuklikning yosh psixologiyasi qismisiz mavjud bo‘la olmaydi. Shu bois,
akmeologiyaning predmeti individ, shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida
erishgan maksimal еtukligi bo‘lmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: |