PDV larni yaratish boʻyicha asosiy mezonlar.
Hozirgi kungacha kompyuterlarni oʻqitish vositasi sifatida qoʻllab oʻqitish samaradorligini oshirish bilan birga oʻqitish vaqtini qisqartiradigan yaxlit, sezilarli darajali pedagogik nazariya yaratilgan emas. Biroq kibernetika, didaktika, psixologiyada turlicha qarash va nazariyalar mavjudki, ularni taʼlim jarayonini kompyuterlashtirish nuqtai nazaridan oʻrganib, akademik litseylarning informatika fanidan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun PDVini yaratish bloklarini ishlab chiqish zarur. “Agar ilmiy asoslangan PDVlarni tayyorlash yoʻllari atroflicha tadqiq qilinsa, taʼlim subʼyektlari kompyuter bilan muloqot qilish madaniyatini toʻliq oʻrgansa, yoshlarning taʼlim-tarbiyasida ulkan yutuqlarga erishiladi”. Shu maʼnoda PDVning bloklarini ishlab chiqish, ularda bajariladigan amallar mazmunini tahlil qilish kerak boʻladi.
N.I.Tayloqov PDVlarni yaratish boʻyicha asosiy mezonlarga quyidagi bloklarni kiritadi:
Amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari roʻyxati va baholar bloki.
Bu bloklardan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun PDVni yaratishda foydalanish mumkin, lekin PDVning mukammalligini taʼminlab boʻlmaydi. Har tomonlama mukammal amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun PDVni ishlab chiqish jarayonida quyidagi bloklardan foydalanish lozim deb hisoblaymiz:
Oʻquvchining roʻyxatdan oʻtish bloki.
Oʻquvchining bilim salohiyatini tekshiruvchi bloki.
Amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari roʻyxati va baholar bloki.
Amaliy mashgʻulot bloki:
Laboratoriya mashgʻuloti bloki:
PDV bilan ishlash boʻyicha yordam tizimi.
Uvga vazifa berish bloki.
Oʻqituvchi bloki:
PDV boshqaruv bloki:
amaliy mashgʻulot mavzulari bloki;
nazariy materiallar bloki;
topshiriqlar bloki;
topshiriqni bajarish tartibi bloki;
qadamma-qadam virtual laboratoriyalar bloki;
topshiriqni bajarishni namoyish qiluvchi rolik bloki;
test topshiriqlari bloki;
mаʼlumotnoma bloki;
bilimlar ombori bloki;
оʼquvchining nazorat bloki;
laboratoriya mashgʻuloti mavzulari bloki;
topshiriqlar va variantlar bloki;
topshiriqni bajarishga namuna bloki;
bajarilgan topshiriqni topshirish bloki;
bilimlar ombori bloki;
оʼquvchining nazorat bloki;
mualliflar haqida mаʼlumot;
roʻyxatdan о tish bloki;
yangi guruh va оʼquvchilarning ismi sharifini kiritish, оʼzgartirish, оʼchirish bloki;
laboratoriya mashgʻuloti topshiriqlarni tekshirish bloki;
PDV hisobotini olish bloki;
PDVning maʼlumotlar omborini yangilash, oʻzgartirish, qoʻshish bloki;
kalit soʻzini оʼzgartirish bloki;
lokal tarmoqda PDVsozlash bloki;
оʼquv jarayoni hisobotlarini serverda saqlash bloki;
оʼquvchilar haqidagi mаʼlumotlarni olish bloki;
PDVni ishlab chiqish jarayoni bloklari quydagilar.
PDVlarni yaratish uchun mutaxassis pedagog — oʻqituvchilar tomonidan maʼlum bir taʼlim jarayoni loyihalashtiriladi. Boshqa mutaxassis pedagog- oʻqituvchilar bilan muhokamadan oʻtkazgach, loyiha matni dasturchilarga beriladi. Dasturchilar loyiha bilan tanishib chiqqanlaridan soʻng, uni tayyorlash uchun kerakli bloklarni mutaxassis pedagog oʻqituvchilar bilan kelishgan holda tanlaydilar. Dasturchilar PDVni shunday ixcham qilib yozishi kerakki, PDV tez va aniq, har bir qadami nazoratli boʻlishi hamda har bir bloki uchun mukammal dastur va barcha bloklarni oʻzida qamrab olgan maʼlumotlar ombori tuzilgan boʻlishi kerak. Biz yuqorida keltirgan bloklarning ishlashi mazmunini qisqa bayon qilib oʻtamiz.
Oʻquvchining roʻyxatdan oʻtish bloki. Oʻquvchining roʻyxatdan oʻtishini tashkil qiladigan blok boʻlib, har bir oʻquvchining PDVda ishlash jarayonini tahlil qilish, uni oʻzlashtirishi haqidagi hisobotlarni olish uchun ishlatiladi.
Oʻquvchining bilim salohiyatini tekshiruvchi blok. Bu blokda oʻquvchining bilim salohiyatini tekshirish jarayoni loyihalashtirilgan boʻlib, uyga vazifaga mos test topshiriqlari beriladi. Oʻquvchi testlarni bajarib, belgilangan oʻzlashtirishdan oʻtsa, keyingi bosqichga oʻtadi. Belgilangan oʻzlashtirishdan oʻtmasa, testlar soni oshib, savollari soddalashib boraveradi. Blokda har bir testga “vazn” kiritiladi.
Amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari roʻyxati va baholar bloki. Bu blokda boblar boʻyicha oʻquvchining amaliy va laboratoriya mashgʻulotlaridan olgan baholari har bir mavzu boʻyicha oʻquvchiga taqdim etiladi. Blok ekranga oʻzlashtirishni koʻrsatayotgan vaqtda maʼlumotlar ombori (MO)dan oʻquvchi uchun amaliy va laboratoriya mashgʻulotiga moʻljallab maʼlum qiyinlikdagi topshiriqlarni qidirib topadi.
Amaliy mashgʻulot bloki PDVning asosiy bloki boʻlib, oʻz ichiga bir nechta blokni qamrab oladi. Blok amaliy mashgʻulot jarayonini oʻzida qamrab olgan. Blokda oʻquvchiga qulaylik yaratish uchun ish maydoni, maxsus yorliqlardan foydalaniladi.
Amaliy mashgʻulot mavzulari bloki. Bu blok tanlagan mavzuning nomini MOdan aniqlab, hamda mavzuga mos kalitni belgilaydi va shu kalitni amaliy mashgʻulot uchun bosh kalit qilib beradi. Mavzuning maqsadini ish maydoniga uzatadi.
Nazariy materiallar bloki. Bosh kalitga mos topshiriqni bajarish uchun qaysi nazariy materiallar kerakligini aniqlab, “Nazariy material” yorligʻiga uzatadi. Yorliqqa murojaat qilganda ish maydoniga nazariy materiallarni MOdan soʻrov yordamida chaqiradi.
Topshiriqlar bloki. Bosh kalitga mos topshiriqlarni MOdan ajratib olib, “Topshiriqlar” yorligʻiga uzatadi. Yorliqqa murojaat qilganda ish maydoniga topshiriqlar roʻyxatini beradi.
Topshiriqni bajarish tartibi bloki. Bosh kalitga mos topshiriqlarning tartibi yozilgan matnni MOdan qidirib topadi va “Topshiriqni bajarish tartibi” yorligʻiga uzatadi. Yorliqqa murojaat qilganda ish maydoniga topshiriqlarni bajarish tartibi keltirilgan matn chiqadi.
Qadamma-qadam virtual laboratoriyalar bloki. Bosh kalitga mos topshiriqlarni ketma-ket bajarish oʻrganish uchun qadamma-qadam virtual laboratoriya MOdan chaqiriladi va “Qadamma-qadam virtual laboratoriya” yorligʻiga uzatadi. Yorliqqa murojaat qilganda ish maydoniga topshiriqlarni ketma- ket bajarish uchun virtual laboratoriya dasturi ishga tushadi.
Topshiriqni bajarishni namoyish qiluvchi rolik bloki. Bosh kalitga mos topshiriqlarni bajarishni namoyish qiluvchi video rolikni MOdan ajratib olib, “Namoyish roligi” yorligʻiga uzatadi. Yorliqqa murojaat qilganda ish maydoniga topshiriqlarni namoyish qiluvchi rolikni koʻrsatib beruvchi maxsus oyna hosil boʻladi.
Test topshiriqlari bloki. Test topshiriqlarini maxsus test dasturiga MOdan chaqiradi. Oʻquvchiga ajratilgan vaqtda maʼlum sondagi testlarni MOdagi test topshiriqlaridan berib, oxirida test natijasini eʼlon qiladi.
Maʼlumotnoma bloki. Oʻquvchi tomonidan amaliy mashgʻulot vaqtida bajarilgan barcha qadamlar, harakatlar, har bir amalni oʻtishga ketgan vaqtlarni PDVning MOga yozib boradi.
Bilimlar ombori bloki. Bu blok amaliy mashgʻulotlar uchun kerakli barcha nazariy va amaliy maʼlumotlarni saqlaydi hamda boshqaradi.
Оʼquvchining nazorat bloki. Oʻquvchining har bir amalidan soʻng ragʻbat, tanqid kabi muloqot oynalarini hosil qilib, ishini nazorat qilib boradi. Nazorat haqidagi maʼlumotlarni maʼlumotnoma blokiga uzatadi va oʻquvchining amaliy mashgʻulot boʻyicha bahosini aniqlaydi.
Laboratoriya mashgʻuloti bloki. Bu blok ham PDVning asosiy bloklaridan hisoblanib, laboratoriya mashgʻuloti davomida oʻquvchilar bilan boʻladigan toʻliq jarayonlarni oʻzida namoyon qiluvchi blok ostilariga ega. Unda ishchi maydon, topshiriq maydoni, trenajyor, topshiriqni bajarishga namuna, bajarilgan topshiriqni topshirish maydonlari mavjud.
Laboratoriya mashgʻuloti mavzulari bloki. Bu blok MOdan tanlagan laboratoriya mashgʻuloti mavzusini, hamda mavzuga mos kalitni aniqlaydi. Shu kalitni laboratoriya mashgʻuloti uchun bosh kalit qilib beradi. Mavzuning maqsadini ish maydoniga, topshiriqni esa topshiriq maydoniga uzatadi.
Variantlar bloki. Kompyuterning variantlilik xususiyatidan foydalanib, tarmoq kompyuterlari boʻyicha MOdan topshiriq variantlarini aniqlab, manzillarga uzatadi. Bu blok oʻquvchi tomonidan murojaat qilingandagina ishlaydi.
Topshiriqni bajarishga namuna bloki. Bu blok eng katta blok osti hisoblanadi. Bu ham oʻquvchi tomonidan murojaat qilingandan soʻng faoliyat koʻrsatadi. Blok amaliy mashgʻulot bloki kabi oʻz yorliqlariga ega. Bu yorliqlarga: “Topshiriq”; “Nazariy material”; “Topshiriqni bajarish tartibi”; “Topshiriqni bajarishni namoyish etuvchi video rolik”; “Qadamma-qadam virtual laboratoriya”; “Umumiy virtual laboratoriya”lar kiradi. Bular amaliy mashgʻulot blokining blok ostilari kabi faoliyat koʻrsatadi.
Trenajyor bloki. Bu blok trenajyor dasturini chaqiradi. Trenajyor “ dasturlar ham taʼlim berishning yangi vositalaridandir. Trenajyor dastur — bu kompyuterda mashq qildiruvchi dastur hisoblanadi. Trenajyor dasturlar keng qamrovli boʻlib, ularning ishlashi bir necha bosqichdan iborat boʻlishi mumkin. Trenajyor dastur — oʻquvchilarga maxsus uskuna (buyruq)lar boʻyicha topshiriqlar beradi. Kompyuter oʻquvchiga bergan topshiriqlarning natijalari trenajyor hisobchisi tomonidan qayd qilib boriladi. Agar oʻquvchi topshiriqlarga javob bera olmasa, trenajyor uning javob bera olmagan topshiriqlarini oʻziga yana qaytib beradi. Bu jarayon oʻquvchi barcha topshiriqlarni toʻgʻri bajarganidan soʻng toʻxtaydi. Demak, trenajyor dastur oldiga qoʻyilgan maqsadga, yaʼni oʻquvchiga uskuna (buyruq)larni toʻliq oʻrganib boʻlgach, uning qanday oʻzlashtirganligi haqida axborotni beradi.
Bajarilgan topshiriqni topshirish bloki. Blokda oʻquvchi tomonidan laboratoriya mashgʻulotida tayyorlangan ish PDVga taqdim etilishi kerak. Agar taqdim etilmasa, PDV ishi yakunlanmaydi. Chunki oʻquvchining bajargan laboratoriya mashgʻuloti natijasi boʻlishi shart. Oʻquvchi tomonidan taqdim etiladigan ish maxsus joyga nusxalab olinadi va ishning qaysi manzildan koʻrsatilganligi, fayl nomi haqidagi maʼlumot MOda qayd qilinadi. Bir necha bor, bir xil nomli fayllarni ham qayd qiladi va nusxalab qoʻyiladi. Nusxalash manzilini quyidagicha tanlash mumkin: “disk:\dast_lab\guruh\ismi va sharifi\laboratoriya ishi _№\ fayl nomi”.
Bilimlar ombori bloki. Bu blok laboratoriya mashgʻuloti uchun kerakli barcha nazariy va amaliy maʼlumotlarni saqlaydi va bosh kalitga mos qilib boshqaradi.
Oʻquvchining nazorat bloki. Oʻquvchining har bir amalidan soʻng ragʻbat, tanqid kabi muloqot oynalarni hosil qiladi hamda ishini nazorat qilib boradi. Nazorat haqidagi maʼlumotlarni oʻquvchining maʼlumotnoma blokiga uzatadi va laboratoriya mashgʻulotini bajarish boʻyicha bahosini aniqlaydi.
PDV bilan ishlash boʻyicha yordam tizimi. Tizim ikki xil: oʻqituvchi va oʻquvchiga moʻljallangan yordam tizimlaridan iborat. Tizimning vazifasi PDVda qanday ishlash, talablar, yoʻl qoʻyiladigan xatoliklarning oldini olish hamda muloqot tizimlari haqida oʻqib oʻrganish uchun yordamchi matnli maʼlumotlar joylashtirilgan. Oʻqituvchiga PDV instruktsiyasi haqida yordam keltirilgan boʻladi.
Uyga vazifa berish bloki amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari bajarilgandan soʻng oʻquvchiga uyga vazifa beruvchi blok hisoblanadi. PDVning MOdagi “Oʻquvchining nazorat bloki” dan oʻquvchining mashgʻulotdagi oʻzlashtirish darajasi aniqlanadi. Soʻng uning oʻzlashtirish darajasiga qarab PDVning MOdan uyga vazifa beriladi.
Oʻqituvchi bloki. PDVdagi eng masʼuliyatli ish oʻqituvchi blokiga yuklatilgan. Bu blok yordamida PDVning MOdagi barcha maʼlumotlari, yaʼni mavzu, topshiriq, nazariy material, test savoli, uyga vazifa kabilar kiritiladi, oʻzgartiriladi, eskilari oʻchirib tashlanadi. Bundan tashqari PDVning MOga guruh va guruhdagi oʻquvchilarning ismi va sharifi ham shu blok yordamida yoziladi, oʻzgartiriladi, oʻchiriladi. Blok oʻzining bir nechta blok ostisiga ega.
Roʻyxatdan oʻtish bloki. Roʻyxatdan oʻtish blokida oʻqituvchiga kalit soʻz berilgan boʻladi, shu kalit soʻz yordamida roʻyxatdan oʻtib, oʻqituvchi blokiga kiradi.
Yangi guruh va оʼquvchilarning ismi sharifini kiritish, оʼzgartirish, оʼchirish bloki.
PDVdan foydalanilayotganda turli guruhlar hamda guruhdagi oʻquvchilarning ismi va sharifi (oʻqishga kelish, ketish, familiyasini ...) oʻzgartirish vazifasini bajaradi.
Laboratoriya mashgʻuloti topshiriqlarini tekshirish bloki. Blokda oʻquvchi topshirgan laboratoriya mashgʻulotini tekshirish va uni bahosini MOga kiritishdan iborat. Biror bir oʻquvchining laboratoriya mashgʻulotini tekshirish uchun birinchi guruhi aniqlanadi, soʻng ismi va familiyasi, nechanchi laboratoriya mashgʻuloti ekanligi tanlanadi. Oʻquvchi laboratoriya mashgʻulotini bajargan boʻlsa, laboratoriya mashgʻulotlari maydonida fayl hosil boʻladi. Oʻqituvchi faylni ochib, oʻquvchining ishini tekshiradi va baholaydi.
PDV hisobotini olish bloki. Bu blok oʻquvchilarning oʻzlashtirish haqidagi hisobotlarni olish uchun xizmat qiladi. PDVda hisobotlarni ikki xil koʻrinishda: guruh boʻyicha va oʻquvchi boʻyicha olish mumkin.
PDVning mаʼlumotlar omborini yangilash, оʼzgartirish, qoʻshish bloki. PDVda mavjud barcha maʼlumotlarni tahrirlash, oʻzgartirish, yangilash uchun maxsus dastur tuzilgan. Bu dastur MOdan tanlagan ixtiyoriy koʻrinishdagi maʼlumotni oʻzgartirish, yangilash, oʻchirish, matnni tahrirlash imkoniyatlarini beradi.
Kalitni oʻzgartirish bloki. Roʻyxatdan oʻtish blokidagi kalit soʻzni oʻzgartirish imkoniyatini beradi. Kalit soʻzni oʻzgartirish uchun uni bilish talab etiladi.
Mualliflar haqida maʼlumot. PDVni tuzuvchilar: mutaxassis pedagog, loyihani tasdiqlagan kengash, dasturchilar haqida maʼlumot va ularning manzillari, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari (web saytlari), hamda guvohnomalari koʻrsatiladi.
PDV boshqaruv (administrator) bloki. Bu blok PDVdan foydalanilmasdan oldin amalga oshiriladigan bir martalik sozlash boʻlib hisoblanadi. Blokning blok ostilari:
Lokal tarmoqda PDVsozlash bloki. Bunda PDV uchun boshqaruvchi boʻlgan server kompyuterda barcha xizmatchi kompyuterlarning TCP/IP manzillari kiritiladi. Lokal tarmoqda maʼlumotlarning tez va oson oʻtishi uchun zaruriy xususiyatlar oʻrnatiladi.
Oʻquv jarayoni hisobotlarini serverda saqlash bloki. Bu blok PDVning hisobotlarini saqlash uchun xizmat qiladi. Hisobotlarning necha marta va qanday, qachon olinganligi haqidagi maʼlumotlarni boshqarib boradi. Bu hisobotlar boshqaruv blokidan ikkinchi marta foydalanilganda ham oʻchib ketmaydi, faqat hisobotlarni chop qilish imkoniyati qoladi. Bundan tashqari har uch oyning oxirida PDV boʻyicha hisobotlarni avtomatik ravishda oʻzida saqlab boradi.
Oʻquvchilar haqidagi maʼlumotlarni olish bloki. Bu blok PDV boʻyicha har uch oyda har bir oʻquvchining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus shifrlar yordamida saqlaydi.
Yuqorida tasnif qilingan bloklar asosida amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun PDVni yaratsak qandaydir maʼnoda mukammallikka erishgan boʻlamiz. Endi bu bloklar asosida amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun PDV algoritmini keltiramiz. PDVning algoritmini ikki: oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyati koʻrinishida aniqladik.
Dostları ilə paylaş: |