a) pedagogik faoliyatning shart-sharoitlari va guruh jamoasidagi ma’naviy
holatni boshqara olish;
b) guruh jamoasidagi psixologik muhitni doimiy nazorat qilish;
v) ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarga ijodiy yondashuv;
g) pedagogik faoliyatga insonparvarlik va demokratik prinsiplar asosida
yondashish;
d) o‘quvchilar xulqi va bilimini o‘z vaqtida rag‘batlantirib borish;
e) jamoada shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni to‘g‘ri tashkil etish;
j) o‘quvchilarning kundalik rejimga to‘g‘ri va doimiy rioya qilishini tashkil
etish.
O’z-o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash pedagogik mahoratning asosiy sharti
sifatida
O’qituvchi o’z-o’zini tarbiyalashi uchun, avvalo o’zini atroflicha chuqur
o’rganishi, o’z ishidagi yutuq va kamchiliklarni ko’ra olishi kerak. O’z-o’zini o’rganish
va boshqa kishini anglash uchun ham zarurdir.
Boshqalarning yutuqlarni
o’rganmay, o’zini boshqalar bilan qiyos qilmay turib, o’zini shaxs sifatida o’rganish
mumkin emas. O’zini anglash, o’zini baholash xususiyati boshqa kishilar bilan
munosabat jarayonida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi.
K.D Ushinskiy o’z-o’zini tarbiyalash orqali quyidagilarga erishilishini ta’kidlab
o’tgan: 1) xotirjamlik; 2) so’zda ishonch va tug’rilikka; 3) xatti-harakatga mulohaza
bilan yondashish; 4) qat’iylik; 5) o’zi haqida sababsiz biror og’iz gapirmaslik; 6) lozim
narsalardangina foydalanish; 7) har kuni kechasi o’ziga o’zi hisobot berish. 8) biror
marotaba maqtanmaslik.
O’z-o’zini tarbiyalash o’z faoliyatini tahlil qilishdan va o’z shaxsini
takomillashtirishdan boshlanadi. O’qituvchi o’z ustida ishlashi, o’z-o’zini
tarbiyalashda quyidagi usullardan foydalanadi:
O‘z–o‘zini bilish jarayoni o‘qituvchining pedagogik mahorati doirasida
ma’lumotlarni qayd qilish darajasida kechadi, bunda refleksiyaning
passiv shakli
ustuvorlik qiladi. O‘qituvchi pedagogik faoliyatida yuzaga kelayotgan turli
qiyinchiliklar va muammolarning sabablarini, erishilayotgan yutuqlar va natijalarni
shunchaki qayd qilib boradi.
O‘z-o‘zini anglash jarayoni o‘qituvchining o‘z faoliyati va unda o‘ziga nisbatan
«metapozitsiya» (noaniq pozitsiyada)da turib, o‘ziga tashqaridan qarash, o‘zini
kuzatish malakasini ko‘zda tutadi. Bunda, interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki
omillarga o‘tishi)
hodisasi amalga oshadi, kasbiy qiyinchiliklarning kelib chiqish
sabablari rasmiylashtiriladi; faoliyatdan ko‘zlanadigan
asosiy maqsad aniqlanadi,
refleksiv – «MEN» shakllanadi. Bu o‘qituvchining dolzarb rivojlanish zonasi bilan
bog‘liq.
O‘z-o‘zini aniqlashtirish jarayonida boshlang‘ich
daraja kasbiy ehtiyojlarni
hisobga olib belgilanadi va jadal imkoniyatlar asosida faoliyat rejalashtiriladi.
Strategik, taktik va tezkor vazifalar shakllantiriladi. Haqiqiy «MEN» va ideal «MEN»
nisbatlanadi. Bu o‘qituvchining eng yaqin rivojlanish darajasi bilan bog‘liq.
O‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonida o‘qituvchining kasbiy faoliyati davomida
takomillashtirilgan pedagogik mahorati, refleksiyalangan (ya’ni avval foydalanilgan
va ularning samaradorligini baholash natijasida tobora optimal bo‘lib
chiqqan
metodlar) harakat usullari va metodlarining o‘sishi sodir bo‘ladi.
O‘z – o‘zini nazorat qilish o‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nazariy va
amaliy tajribalar asosida, o‘z – o‘zini kasbiy jihatdan nazorat qilib, pedagogik
mahoratini yanada takomillashtirib borishning ikkinchi shakli boshlanishini
nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: