Tayanch iboralar: ilg‘or pedagogik tajriba, pedagogik mahoratni
takomilashtirish,pedagogik ijodkorlik, ilmiy pedagogik izlanish, shaxsiy faoliyat
tizimi
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganishda materiallar to’plash
Pedagogik faoliyat o’z mehnatiga ko’ra ijodiy tavsifga ega.
Pedagogik
ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan
aniqlanadi. Pedagogik ijodkorlik majmui – pedagogik tajribadir.
Ilg’or pedagogik tajriba deganda o’qituvchining o’z pedagogic vazifasiga
ijodiy yondashishi, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya
berishning yangi shakl, metod va
vositalarini izlab topishdir.
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa
va qonuniyatlarni ochish o’quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o’zgarishlar kiritadi,
o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi turdagi o’quv
jarayonini
modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi.
Pedagogik tajriba o’qituvchining o’quv ishlari jarayonida egallaydigan bilim,
ko’nikma va malakalari yig’indisidir. Pedagogik tajribani to’plash pedagogik
mahoratning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, u pedagogik faoliyatni samarali
tashkil etish omili hisoblanadi.
Pedagogik tajribani to’plash tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil
topadi:
➢ Maqsadni belgilash.
➢ Ma’lumotlarni to’plash.
➢ Ma’lumotlarni tahlil etish, umumlashtirish, xulosa qilish.
➢ Yutuqlarni aniqlash va amaliy faoliyatga tatbiq etish.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar va tajribalarni joriy etish bо‘limi faoliyati tartibi
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 iyundagi 164-sonli
“Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan
klassifikatorini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi qarori, Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 16
fevraldagi 34-sonli “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish institut (markaz)larining ustavini tasdiklash tо‘grisida”gi va 2015 yil 24
iyundagi 191-sonli “Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini
tasdiqlash tо‘g‘risida”gi buyruqlariga muvofiq belgilangan.
O’qituvchining ijodkor va tashabbuskor bo’lishi lozimligini buyuk nemis pedagogi
A.F.Distervergning fikri ham tasdiqlaydi: “Noqobil o’qituvchi
haqiqatni shunchaki
aytadi-qo’yadi, yaxshisi esa uni topishga o’rgatadi”.
Hazrat Alisher Navoiy aytganidek: “Loaqal bir harf o’rgatgan ustozning haqqini yuz
ming ganju xazina bilan ham uzib bo’lmaydi”. Biz ulardan umrbod qarzdormiz.
O‘qitish tizimida o‘z-o‘zini boshqarishning zarurligi eng avvalo butun o‘quv yurtlari
tizimining samarali puxta ishlab chiqilganligidan dalolat beradi. CHunki o‘z-o‘zini
boshqarish tufayli o‘qitishdagi o‘zaro munosabat o‘qitishning borishini jadal
boshqarish va kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish keyingi darsga zamin va imkon
yaratadi. O‘z-o‘zini boshqarish biz mustaqil ish jarayonlarida turli xildagi tadbirlar
uyushtirish va o‘tkazishda tarbiyaviy soat darslarida ko‘rishimiz mumkin. O‘z-o‘zini
boshqarish mohiyati o‘quvchilarda birinchi o‘rinda o‘zini mustaqil xis qilishi va o‘zi
ko‘proq darsni qabul qilishidan iborat.
O‘qituvchi nixoyatda ma’suliyatli kasb, bu esa o‘z ustida ishlash,
tajriba
almashish, darsga tayyorgarlikni takomillashtirishga da’vat etadi. O‘qituvchilarning
o‘z-o‘zini
tarbiyalashlarida
matbuot
sahifalari
bilan
tanishishi
ilg‘or
o‘qituvchilarning tajribalariga suyangan holda, dars tahlillarida qatnashishi,
kollektivdagi kasbdoshlari bilan uslub almashishi yuqori samara beradi.O‘qituvchi
mehnatda, xulq atvorda tirishqoqlik qilib, o‘z imkonyatlarini ishga solishi, o‘ziga-o‘zi
xisob berishi, o‘ziga-o‘zi baho berishi singari o‘z-o‘zini tarbiyalashning elementlarini
shakllantirib borishi lozim. O‘qituvchilarni tajribalarini, uslublarini ehtiborga olgan
holda quyidagicha toifalashtirish maqsadga muvofiq:
O‘qituvchining kasbga oid mahoratlarini shakllantirishda pedagogik-
psixologik nazariyalarni ahamiyati kattadir. CHunki mahnaviyatimiz shakllanishida
o‘z-o‘ziga ega bo‘lgan ulug‘ insonlar yahni o‘qituvchi faoliyati to‘g‘risida
ularga
qo‘yiladigan talablar ham zamonaviy pedagogik texnologiyalar to‘g‘risidagi
nazariyalar sharoitida asosiy mahorat manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Butungi kunda iktisodiy va siyosiy soxalardagi barcha isloxatlarning asosiy
maksadi yurtimizda yashayotgan barcha fukarolar uchun munosib xayot
sharoitlarini tashqil qilishdan borishdan iboratdir. SHu jixatdan xam mahnaviy
jixatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish,
milliy istiklol goyasini uzida mujassam etgan yangi
avlodni voyaga etkazish
davlatimiz siyosatining ustivor yunalishlaridan biri xisoblanadi.
Respublikamiz xukumati xalq ta’limi soxasida o‘rtaga qo‘yayotgan vazifalarni
bajarish ko‘p jihatdan pedagogga bog‘liq. Ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning
xilma xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tikodli,
mehnatsevar,
barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan.
Darxaqiqat, xalqimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistoninng istikboli kup
jixatdan pedagogga, uning saviyasiga tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni ukitish
va tarbiyalash ishida bulgan munosabatiga boglik. Kelajak avlod xaqida qayg‘urish,
soglom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy
xususiyatimizdir. SHu bois mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi
birinchi
qadamlaridanoq buyuk madaniyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim
tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari
bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Pedagoglar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirilishi
pedagogik mahoratni takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmokda.
Zamonaviy pedagogga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi.
SHuningdek maxsus bilimlar va malakalar
asosida talabalarini kuzatish, ularning
o‘sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g‘oyalar bilan
taqqoslash, ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish yo‘llari va usullarini aniqlash, turli
vositalar bilan tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, taxlil qilish, pedagogik izlanishlar va
yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish maqsadga muvofikdir.
Dostları ilə paylaş: