Mavzu: pedagogik kreativlik reja: Kasbiy kompetentlik



Yüklə 29,1 Kb.
səhifə1/6
tarix18.05.2023
ölçüsü29,1 Kb.
#115868
  1   2   3   4   5   6
PEDAGOGIK KREATIVLIK


MAVZU: PEDAGOGIK KREATIVLIK
REJA:
1.Kasbiy kompetentlik.
2.A.K.Markova va B.Nazarovalarning pedagogga xos kasbiy kompetentlikning tarkibiy asoslariga nisbatan yondashuvlari.
3.Kreativlik va pedagogik faoliyatda kreativlikning ahamiyati

Pedagogning kreativlik potentsialini rivojlantiruvchi metodlarkompetentlik, kasbiy kompetentlik, kasbiy kompetentlik sifatlari, pedagogik kasbiy kompetentlik, Individual rivojlantirish dasturi, pedagogning individual rivojlanish dasturi, o’z- o’zini rivojlantirish, pedagogning o’z ustida ishlashi, pedagogning o’z ustida ishlash bosqichlari, o’z-o’zini baholash.


“Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o’rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo’lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo’lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo’sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o’zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o’rinda shu va shunga yondosh g’oyalar yuzasidan so’z yuritiladi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o’zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik sifatlari (ijtimoiy kompetentlik, maxsus (psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ) kompetentlik, shaxsiy kompetentlik, texnologik kompetentlik, ektremal kompetentlik
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo’nalish bo’yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o’rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o’z faoliyatida qo’llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi:
- murakkab jarayonlarda;
- noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo’la olishda
Kasbiy kompetentsiyaga ega mutaxassis:
- o’z bilimlarini izchil boyitib boradi;
- yangi axborotlarni o’zlashtiradi;
- davr talablarini chuqur anglaydi;
- yangi bilimlarni izlab topadi; ularni qayta ishlaydi va o’z amaliy
faoliyatida samarali qo’llaydi
Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha yoritiladi.

Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish ko’nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish.


Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo’lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko’zga tashlanadi. Ular o’zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
psixologik kompetentlik – pedagogik jarayonda sog’lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o’z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
metodik kompetentlik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to’g’ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo’llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo’llash;
informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig’ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o’rinli, samarali foydalanish;
kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish, o’zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;

innovatsion kompetentlik – pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g’oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;


kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo’lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko’rsata olish.
Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik.
Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o’ziga xos jihatlari o’rganilgan. Ana shunday tadqiqotlar sirasiga
O’zbekiston sharoitida ham pedagogga xos kasbiy kompetentlik, uning o’ziga xos jihatlari o’ranilgan bo’lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko’ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi:
Kasbiy (shu jumladan, pedagogik) kompetentlikka ega bo’lishda o’z ustida ishlash va o’z-o’zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’z-o’zini rivojlantirish vazifalari o’zini o’zi tahlil qilish va o’zini o’zi baholash orqali aniqlanadi.
O’z ustida ishlash quyidagilarda ko’rinadi:
kasbiy BKMni takomillashtirib borish;
faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;
kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
salbiy odatlarni bartaraf etib borish;
ijobiy sifatlarni o’zlashtirish.
Pedagogning o’z ustida ishlashi bir necha bosqichda kechadi. Ular:
Pedagogning mutaxassis sifatida:
aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;
pedagogik jarayon samaradorligini, o’zining ishchanlik faolligini oshirish;
izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o’zlashtirish;
ilg’or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo’lish;
faoliyatiga fan-texnikaning so’nggi yangiliklarini samarali tadbiq etish;
kasbiy ko’nikma va malakalarini takomillashtirish;salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo’lida olib boradigan amaliy harakati uning o’z ustida ishlashini ifodalaydi.
Pedagoglarning o’z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondasha olishlari qo’l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir. Modelda o’z ustida ishlash bosqichlari va har bir bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar qayd etiladi. Har bir bosqich uchun belgilangan vazifalarning samarali hal etilishi navbatdagi bosqichga o’tish imkonini beradi. Ma’lum bosqich vazifalari hal etilgach, pedagog bu holatni alohida bandda qayd etadi
Pedagogning o’z ustida ishlash modeli
Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo’lishida o’zini o’zi tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi.O’zini o’zi tahlil qilish orqali pedagog o’zini o’zi ob’ektiv baholash imkoniyatiga ega bo’ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo’lishida ularning o’z-o’zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir.
O’z-o’zini baholash shaxsning qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O’z-o’zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi pedagogning ham o’zini o’zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi.
O’zini o’zi samarali baholash omillari:
O’zini tushunish (o’zi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo’lish).
Shaxs sifatida o’z qadr-qimmatini anglash (o’zi to’g’risidagi ijobiy ma’lumotlarni to’plash).

Yüklə 29,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin