7-ilova
Pedagogik nizo va uning sabablari
Nizo – istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub’ektlar o’rtasidagi ijtimoiy o’zaro aloqalar shakli (sub’ektlar individ/guruh/o’z o’zi bilan– ichki nizolar holatlarida bo’ladi).
“Nizo”va “nizoli vaziyat” tushunchalarini ajratishni bilish kerak, ular o’rtasida katta farq bor.
Nizoli vaziyat – ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida haqiqiy qarama-qarshilikni yuzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi.Asosiy belgisi – nizo predmeti yuzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo’qligi.
Ya’ni to’qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli vaziyat yuzaga keladi, uning asosi hisoblanadi.
Nizolarni to’rt turlari ko’rsatiladi:
ichki shahsiy,shahsning kuchi bo’yicha tahminan teng motivlari, qiziqishlari, ishqibozligi, manfaatlarining kurashini aks ettiruvchi;
shahslararo, o’z hayotiy faoliyatida qarama-qarshi maqsadlarni amalga oshirishga intiluvchi shahslarni ifoda etadi;
guruhlararo, biri-biriga mos kelmaydigan maqsadlarni ko’zlagan va ularni amalga oshirish yo’lida bir-biriga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy guruhlar nizo tomonlari sifatida ishtirok etishlari bilan ajralib turadi;
shahsiy-guruhli–shahsning hulqi guruh qoidalari va umidlariga mos kelmasligi holatlarida yuzaga keladi.
Pedagogik jarayon o’ziga xos murakkab ijtimoiy tuzilma bo’lib, shahslararo aloqalarning doimiy jarayonidan iboratdir. Albatta, bu jarayonda ikki sub’ekt o’rtasidagi munosabatlarni ijobiy shakl doirasidan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi.
Pedagogik konflikt–pedagogik jarayonda shahslararo munosabatlarning keskinlashuvi natijasi sifatida yuzaga keluvchi muamoli vaziyatdir. Pedagogik konfliktlarning quyidagi shakllari yuzaga keladi:
O’quvchi-o’quvchi
O’quvchi-o’qituvchi
O’qituvchi-o’qituvchi
Pedagogik jarayonning muhim ishtirokchisi o’quvchi bo’lib, ular orasidagi aksar konfliktlar kichik guruhlarda liderlikka intilish natijasida namoyon bo’ladi. Bunda shahslararo konflikt qoloq lider va guruhda e’tibor qozonayotgan ikkinchi lider o’rtasida vujudga kelishi kuzatiladi. Konfliktli vaziyat guruhdagi ikki lider o’rtasida vujudga kelib, ular konfliktga nafaqat o’zlarini, balki tarafdorlarini ham tortishi mumkin. Bu esa konfliktik eskalyatsiyani, ya’ni uni miqyosini kengayishiga sabab bo’ladi. Ayrim hollarda ikki lider o’rtasidagi kofliktga tortilgan tarafdorlar hududiy manfaatlar doirasida yuzaga kelsa, shahslararo konfliktning ko’lami etnik yoki hududiy mojarolar darajasigacha ko’tarilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |