Pedagogik nizo bu – oʼqituvchi va oʼquvchi, oʼqituvchi va ota-onalar ,hamkasblar va rahbariyat oʼrtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar toʼqnashuvi, oʼzaro qarama-qarshilik, tortishuv va mojarodir. Oʼqituvchi har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, axloqiy, maʼnaviy jihatdan yetuk, bilim doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi boʼlishi lozim. Oʼqituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashgʼulotlarida yaqqol koʼrinadi. Oʼqituvchi bilan oʼquvchi, oʼquvchilar oʼrtasida oʼzaro jonli til, fikrlar olishuvi, samimiy munosabat, hurmatizzat, asosiy maqsadga erishishi uchun hamkorlikda ishlashi lozim.
Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilim doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim. O‘qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi, talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o‘z guruhida nechta bola bo‘lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug‘i va kamchiliklarini o‘rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guruxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har – biri o‘z xarakteriga ega bo‘ladi. Pedagog har bir bolani o‘rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak. Ayrim bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo‘lishiga, ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo‘ladilar. Guruh rahbarining asosiy vazifasi o‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarga tarbiyaviy ta’sirini tashkil etishi lozim. Sinf rahbari o‘quvchilarga kompleks yondashishi lozim. Sinf rahbari ota-onalar bilan hamkorlikda bo‘lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini, ularning axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. O‘qituvchi tomonidan shularga e’tibor berilsa, pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasida nizo paydo bo‘lishni bartaraf etadi. O‘quvchi-bilan o‘qituvchi o‘rtasida kontakt ya’ni masofa bo‘lishi lozim. O‘quvchi o‘qituvchisiga nisbatan hurmat, ehtiromli bo‘lishi, kerak. Nizo fani, pedagogika, psixoliya, va mologiya, ma’naviyat va sotsiologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi. O‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Nizo fani shu fanlar bilan birgalikda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida munosabatlarni, muomila odobi, bir-birini tushunish, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi xurmat, izzat, nizolarni bartaraf etish ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Pedagogik nizo fani sifatida avvalom bor o‘qituvchining kasbiy-ahloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo‘lishdir. O‘qituvchi avvolo o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lmog‘i kerak, shundagina uning bolaga nisbatan qo‘yayotgan talablari o‘rinli, samarali bo‘ladi. Pedagogning talabchanligi adolatlilik bilan o‘zviy bog‘liq bo‘lmog‘i lozim. SHu bilan birgalikda o‘qituvchi adolatli bo‘lishi, o‘qituvchining axloqiy fazilati hisoblansa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sirini baholashning mezoni hisoblanadi. O‘quvchining bilim saviyasini hamda xulqini baholashda ham o‘qituvchidan adolatli bo‘lish talab etiladi. O‘qituvchi ma’suliyatli bo‘lishi va uning zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash ma’suliyati yuklanadi. Pedagog mana shu yuqoridagilarga rioya qilib ish olib borgandagina o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida nizo paydo bo‘lmaydi.