3.O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari.
O‘quvchilar jamoasini shakllantirishning jarayonida quyidagi shart- sharoitlarni hisobga olish lozim: pedagogik talab, jamoa faolini tarbiyalash, jamoaviy an’analarni qaror toptirish.
O‘quvchilar jamoasini shakllantirishning jarayonida quyidagi shart-sharoitlarni hisobga olish lozim: pedagogik talab, jamoa faolini tarbiyalash, jamoaviy an’analarni qaror toptirish.
Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o‘quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq- atvor qoidalarni o‘z ichiga oladi.
O‘qituvchilar tomonidan qo‘yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi:
qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak;
talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim;