Bolalar ijodini o’rganish metodi. O‘quvchilar ijodini hamda ularning turli faoliyatini (xatlari, kundaliklari, insho, bayon solgan suratlari, bajargan amaliy ishlari, namunalari, rejalari va hisobotlarini) o‘rganishi va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Bolalar ijodining ahamiyati shundaki, unda yosh avlodning tipik layoqati va xususiyatlari aniq ochib beriladi.
Bu metodni qo‘llashdan asosiy maqsad hozirgi yosh avlod ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bo‘lishiga hamda rivojlantirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgandir. Bizda bolalar ijodi shakllari turlichadir: olimpiadalar, tematik konkurslar, maktab ko‘rgazmalari, turli xil musobaqalar, poxodlar, quvnoq startlar, ziyraklar va topqirlar, iste‘dodlar va hokazolar.
Dostları ilə paylaş: |