Mavzu Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari. Reja (2)
2. Ilmiy tadqiqot metodlariga qo’yiladigan talablar. Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog‘langan. Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir. Pedagogikaning hodisalarini o‘rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo‘nalish metofizik va dialektik yo‘nalish mavjuddir. Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o‘zgarmas, vaqt, joy va konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo‘lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar.
Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o‘laroq, o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha o‘rganishni talab etadi:
1. Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o‘zaro ta‘sir jarayonida bolalarni tarbiyalash, o‘qitishning turmush, siyosat, ideologiya, madaniyat, fan, ahloq, san‘at, ta‘lim- tarbiya muassasasi tarmoqlarining va ijtimoiy, maktab va oilaviy tarbiyalarini o‘zaro bog‘liqligi va boshqa.
2. Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy va ilmiy vazifalarining tug‘ilishi natijasida kelib chiqadigan o‘qitish va tarbiyalash vazifalari, forma va metodlarining o‘zgarishi; tarbiyalash qisqa muddatli va tez olib boriladigan ish emas, balki qiyin va murakkab jarayondir, bolalarni andoza, universal sxema asosida o‘qitish va tarbiyalash mumkin emas.
3. Bolalarning o‘sishida miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonida har bir maktab yoshining o‘ziga xosligi, tarbiya va ta‘lim bola shaxsining sifat jihatidan o‘sish va tarkib topishi ekanligi, ong va ahloqning, so‘z va ishning birligi va boshqa mezonlar.
4. Qarama-qarshi tomonlarni, an‘analarni, qarashlarni va fikrlarni aniqlash va ochish jarayonida tarbiya va ta‘limda turmush dialektikasida, yangi va eski o‘rtasidagi kurash, shaxs va jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va hokazo.
5. Pedagogikaning qonuniyatlarini obyektiv o‘rganishda dialektika kategoriyalari hodisa va mohiyat, sabab va natija, zaruriyat va tasodif, mazmun va shakl, tarixiy va mantiqiy, umumiy va shaxsiy, asosiy va xususiy, aniq va abstrakt kabi kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir.
Dialektikaning yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplari asosidagi pedagogika hodisalari, faktlari va jarayonlarini ilmiy tekshirish, ularning taraqqiy etish qonuniyatlarini bilish mumkin.
Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga obyektivlik o‘qituvchilik pedagogik faoliyatini oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo‘yiladi. Lekin, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash amaliyotining o‘zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai hisoblanadi. Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi hisbolanadi. Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o‘zi uchun muhim ahamiyatga egadir, uning metodlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shu fan oldida turgan aktual vazifalar shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi. Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning metodlar tizimini to‘la hal etilgan deb bo‘lmaydi. ( O’. O’tanov. “ Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti ”. Samarqand, 2016 12-13- bet.)