Pedagog-tadqiqotchi, ilmiy-nazariy funksiyani amalga oshirar ekan, pedagogik voqelikni borligicha aks ettiradi: u yoki bu pedagogik vositalar, ta’lim modellarining samarador yoki samarasi pastligini tushuntiradi (empirik daraja); ta’lim-tarbiya, boshqa pedagogik hodisalar mohiyatini aniqlash; pedagogik qonuniyatlarni o‘matadi; ijtimoiy- madaniy dinamikani hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya mohiyatining komponentlari, tarkibi, darajalarini ilmiy asoslaydi; gibrid asosda yangi didaktik va tarbiya tizimlarining ilmiy asoslanishini tadqiq etadi (falsafa, yosh va pedagogik psixologiya, pedagogika va boshqa sohalardagi bilimlarni integrallash asosida). Lekin pedagogika fan sifatida nafaqat pedagogik voqelikni aks ettirish, balki uning qayta isloh etish vosi- talarini aks ettirishga undaydi.
Konstruktiv-texnik funksiyani amalga oshirar ekan, pedagog- tadqiqotchi “borliq haqidagi bilimlar”ga ega bo‘ladi: bilimlar - me’yorlar, bilimlar - ko‘rsatmalar (tamoyillar, usullar, shakllar, metodik qoidalar va tavsiyalar), ular pedagogik jarayon maksimal darajada natijador bo‘lishi uchun uni qanday amalga oshirilishini aks ettiradi. U yoki bu darajada ko‘plab pedagogik tadqiqotlar ilmiy-nazariy va me’yoriy funksiyani bajaradi.
Didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogikaning umumiy va me’yoriy metodikalari sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarning natijalari turli koYmishdadir (deskriptiv, preskriptiv), ierarxik tuzilgan ilmiy- pedagogik bilimlar maxsus ilmiy hamda metodologik.
2-rasm. Pedagogik fanlar va pedagogic amaliyot o‘zaro aloqadorligining funktsional-tuzilmali modeii
Pedagogika nazariyasi. Pedagogik qonuniyatlar. A.A.Ivin, A.L.Nikiforovlaming qayd etishicha, “nazariya voqelikning ma’lum sohasidagi qonuniyatlar va aloqalar haqida yaxlit tasavvurni hosil qiluvchi, ilmiy bilimni tashkil etuvchi eng rivojlangan shaklidir”. Nazariyaning komponentlari: nazariy dastiabki asoslar (fundamental toifalar, tushunchalar, qonunlar, qonuniyatlar, tamoyillar); nazariyaning ideallashtirilgan obyekti o‘rganilayotgan soha obyektlarining xususiyat va aloqalarining mavhum modeii sifatida; nazariya mantiqi isbotlaming ko‘pligi sifatida. Nazariyaning asosiy vazifalari: tushuncha - kategorial apparat vositasila voqelikni tasvirlash; dalillar asosida yotgan muhim aloqadorliklar tizimini ochish (genetik, ierarxik, funksional va h.k.); kontekst dinamikasini hisobga olgan holda obyektlaming holatini prognozlashtlrish. Pedagogikada ta’lim nazariyasini ancha chuqur o‘rganilgan. Voqelikning biror sohasining nazariyasini belgilash ~ mazkur sohaning butun xilma-xilligi yorqin namoyon boMadigan asosiy munosabatlami tzlab topishdir. V.V.Krayevskiy didaktikaning obyekti bilan bogiiqlikda ta’lim strukturasida ikki ahamiyatli munosabatni ajratadi: o'qitish va o'qishning birligi; ta’limning mazmunli va protsessual jihatlarining birligi. V.V.Serikovning qayd etishicha, ushbu ikki munosabatdan (“o'qitish - o‘qish”, “mazmun - metod”) madaniyatning maxsus hodisasi sifatida ta’limning barcha tavsifini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ta’limning mazkur mohiyatli xususiyatlarini ta’riflash uning nazariy modelining mohiyatini tashkil etadi. Bunday tavsifiy-nazariy modelni tuzish navbatdagi - normativ (me’yoriy) modelga o‘tish imkonini beradi. Nazariy modelga yaxlit pedagogik jarayon nazariyasi (S.Rajabov, V.A.Slastiyoninlarning ilmiy maktabi), shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyasi (V.V.Serikov, N.N.Azizxod- jaeva), ta’lim mohiyatining madaniy-insonparvar yo‘naltirilganligi (I.Ya.Lerner, V.V.Krayevskiy) kabilarni kiritish mumkin.
Akademiklar S.Rajabov va V.A.Slastyoninning ilmiy maktabiga ko‘ra, pedagogik jarayon - dinamik ta’lim-tarbiya tizimidir. Pedagogik jarayon - tarbiyalanuvchilar tomonidan ijtimoiy-madaniy tajriba, hamda mazkur jarayon ishtirokchilarining rivojlanishi maqsadida ta’lim va tarbiya vositalarini qo'llagan holda tashkil etiladigan pedagog va tarbiyalanuvchilaming aniq maqsadga qaratilgan o‘zaro ta'siridir. Peda- gogik jarayon, avvalo pedagogik o‘zaro ta’sirning mazrnun va texnologiyasi bilan bog‘liq maxsus tashkil qilingan sharoitlarda amalga oshiriladi. Pedagog va tarbiyalanuvchilar - pedagogig jarayonning kechishi va natijalarini belgilab beruvchi faol isbtirokchilar, ushbu jarayonning subyektlaridir. Pedagog va tarbiyalanuvchi, ta'lim-tarbiya mohiyati va vositalari singari komponentlar o'rtasidagi aloqa dinamik tizim sifatidagi real pedagogik jarayonni keltirib chiqaradi.
Pedagogik nazariyaning “asosini” pedagogik qonuniyatlar tashkil etadi. Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va dinamik tizimda ko‘plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tasnifi mavjud emas. Shu sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: |