M. Kodjaspirov bo‘yicha: Ijtimoiy shart-sharoitlar bilan shartlanganlik qonuniyati: ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlarga bog'liqligi.
Inson tabiati bilan boglanganlik qonuniyati: shaxsni shakllan- tirishda muloqot va faoliyatning hal qiluvchilik roli; ta’lim va tarbiyaning ta’lim oluvchilaming yosh va individual o'ziga xosliklariga bog‘liqligi.
Tarbiviy jarayon mohiyatining shartlanganlik qonuniyati: tarbiya, o‘qitish, ma’lumot va shaxs rivoji jarayonlarining o‘zaro bogiiqligi; o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs va ijtimoiy guruhlarning o‘zaro aloqasi.
M.Kodjaspirovning mazkur tasnifi Yu.K.Babanskiyning tasnfiga juda yaqin. Yaxlit pedagogik jarayonning qonuniyatlari, aynan akade- m-ik Yu.K.Babanskiy tomonidan sodda va tushunarli ochib berilgan:
Ta’lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlariga bog‘liq holda amalga oshadi.
Tarbiya, o‘qitish, ma’lumot va rivojlanishning o‘zaro bogiiqligi qonuniyati.
Tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning birligi qonuniyati.
Ta’lim va tarbiya jarayonida muloqotning hal qiluvchilik roli qonuniyati.
Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilaming yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.
Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o‘zaro aloqadorlik qonuniyati.
Pedagogik jarayon vazifalari, shakllari, rnetodlarining o‘zaro aloqadoriik qonuniyati.
Pedagogika fani metodoiogiyasi. Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida aiohida dolzarb metodologik masalalarni hal etish bilan chegaraJanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalaming ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni samarli tashkil etish va o'tkazish mumkin emasligini uqtiradi.
Ijodiy jarayonda bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar vujudga kelmoqdaki, ulaming mohiyatini qisqacha tushuntirishga harakat qilamiz.
Metodologiya aiohida fan sifatida ikkita funksiyani bajaradi: deskriptiv (ifodalovchi) va perskriptiv (me’yorlovchi). Birinchisi - obyektni nazariy jihatdan ifodalashni ko‘zlasa, keyingisi - tadqiqotchi uchun aniq mo‘ljal olishga shart-sharoit yaratadi. Bu ikki vazifaning mavjudligi pedagogika metodologiyasini ham ikki guruhga ajratishni taqozo etadi - nazariy va me’yoriy. ,
Pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilami kiritish mumkin: «metodologiya» tushunchasi ta’rifi; fan metodologiyasining umumiy tavsifi, uning darajalari; metodologik bilimlar va faoliyat tizim sifatida; pedagogika sohasidagi tadqiqiy faoliyatni metodologik ta’minlash manbalari; pedagogik tadqiqot obyekti va predmetining metodologik tahlili.
Me’yoriy asos quyidagi savollar doirasini qamrab oladi: pedagogikani obyektiv borliqni ma’naviy jihatdan o‘zgartirishning boshqa shaklidan farqli tomonlarini ilmiy asoslash;
pedagogika sohasidagi ishlami fanning fundamental asoslariga mu- voftqligini aniqlash;
maqsadning aniqligi; maxsus tadqiqot obyektini ajratish; maxsus bilish metodlari va vositalarini qoMlash; atamalaming bir xil qo‘lla- nilishi;
pedagogik tadqiqotlarni tizimlashtirish;
tadqiqot asosnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazi, himoya qilinadigan holatlar, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati;
pedagogik tadqiqotning tarkibi va mantiqiy ketma-ketligi; pedagogik fanlar tizimi, ulaming o‘zaro aloqasi.
Tadqiqot muammosi bo‘yicha qabul qilingan direktiv va me’yoriy hujjatlar ham bevosita metodologiyaning me’yoriy asosini tashkil etadi.
Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizirn haqidagi ta'limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog'i, metodologiya predmeti - faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.
Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rifda ilmiy bilishning ikki jihati - bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat qamrab olingan. Yoki ikki faoliyat turi
metodologik tadqiqot va metodologik ta’minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yo'nalishlari, pedagogik tadqiqotlarning sifat va samaradorligini oshirish prinsiplari, ularning tushunchalari tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi - metodologik bilimlardan tadqiqot dasturlarini asoslashda va sifatini baholashda foydalanishni anglatadi.
Shu bilan birgalikda pedagogik muammolarning umumnazariy muammolar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, birin- chisi «qanday qilib metodologiyani pedagogikaga qoMlash mumkin» degan savolni aniqlashtirsa, ikkinchisi — umumnazariy savollar esa pedagogikaning predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, ta’lim va tarbiya mohiyati kabi umumiy savollar yyechimiga qaratiladi.
Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalasi respublikamiz va jahon miqyosida tadqiqotchilaming diqqat markazida bo‘lib kel- moqda. Mazkur muammo ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, ta’lim jarayonini tashkil qiiish texnologiyalari va usullarini optimallashtirish bilan chambarchas bogMangan. Warning to‘laqonli hal etilishiga esa pedagogik tadqiqotlami amalga oshirishda yanada moslashuvchan va ta- raqqiyparvar yondashuvlarni keng joriy etish orqaligina erishish mum- kin. 0‘z navbatida pedagogika fani boshqa fanlar kabi yangi-yangi dalil- lar, yuqori natijalarga erishish imkonini beruvchi texnologiyalar asosida rivojlanib boradi. Buning uchun esa ilmiy asoslangan tadqiqot metodla- riga tayanish talab etiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari esa o‘z navbatida metodologiya tushunchasi bilan ataluvchi nazariy prinsiplar majmuasiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik metodologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlar tahlili «metodologiya», shuningdek, «pedagogik metodologiya» tushun- chasiga nisbatan turlicna yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatadi. Pedagogika fanida metodologiya tushunchasining gnoseologik talqini k.o‘p- roq ustuvorlik kasb etadi. Mazkur yondashuvga ko‘ra «metodologiya» tushunchasi, mazmunan «gnoseologiya» (bilish to‘g‘risidagi fan), «naza- riy bilish» kabi tushunchalarga yaqin turadi. Ushbu yo‘nalish tarafdorla- ri masalaga bir tomonlama yondashib, metodologiyani faqat «bilish me- todlari to‘g‘risidagi ta'limot» yoki hodisalarni bilish jarayoni sifatida talqin qiladilar. Shu o‘rinda, ushbu tushunchaning «borliqni o'zgartirish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot» ekanligini e’tibordan chetda qoldiradi- lar va metodologiyani gnoseologik qolip bilan cheklab qo‘yadilar.
Pedagogik tadqiqotlarning metodologik ta’minoti va pedagogik refleksiyaga doir manbalari. Pedagogik tadqiqotning metodologik ta’minotiga me’yoriy-metodologik bilimlar (yoridashuvlar, tamoyillar, usullar, mezonlar) hamda metodologik vazifani bajaruvchi deskriptiv umumiy va maxsus ilmiy bilimlar (tasniflar, konsepsiyalar, tizimlar, modellar) kiradi.
E.G.Yudinning ta’kidlashicha: “Ilmiy bilishning tadrijiy rivojida vazifa ko‘pincha shunday qo‘yilgan bo‘ladiki, bunda asbrakt bilish ratsiional bilishga nisbatan metodologik vazifani bajaradi. Aslida har qanday ilmiy nazariya metodologik vazifani bajaradi...”. Masalan, ta’limning madaniyatshunoslikka doir konsepsiyasi didaktika, tarbiya nazariyasi, xususiy metodikalar sohasidagi tadqiqotlarga nisbatan metodologiya vazifasini bajaradi.