Mavzu: Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja: Pedagogning kasbiy vakolatlari mazmuni "Kasbiy kompetensiya" tushunchasining ma'nosi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə13/29
tarix16.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#113844
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Mavzu Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja P

O'zaro hamjihatlik prinsipi. Amal qilish shart- sharoitlaridan qat'iy nazar, har qanday
pedagogik holat o'zicha, o'z qobig'iga o'ralgan holatda emas, balki faqat o'rab turgan
borliqdagi boshqa jarayonlar bilan o'zaro hamjihatlik asosidagina mavjud bo'ladi.
Hamjihatlik har qanday tuzilma elementlari aloqasining usuli, uning o'zgaruvchanligi va
barqarorligining asosi hisoblanadi, shu sababli u yoki bu obyektning mohiyatiga kirib borish
zarurati uni pedagogik faoliyatning boshqa holatlari bilan turli munosabatlar orqali ko'rib
chiqishni taqozo etadi. U yoki bu obyektlar o'zaro hamjihatligining vositalarini bila turib,
ularning istalgan paytdagi holatini prognoz (bashorat) qilish mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini
takomillashtirish doirasida o'zaro hamjihatlik prinsipi quyidagilarni nazarda tutishi kerak:

ta'lim jarayoni holati, uning natijalari va ularni keltirib chiqargan tashqi va ichki
omillar o'rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini aniqlash va shundan kelib chiqqan holda,
ularning kelgusi o'zgarishlarini bashorat qilish; maktabgacha ta'lim jarayoni sifatini
loyihalashtirishning asosi sifatida tahlil va bashorat qilish natijalaridan foydalanish;

maktabgacha ta'lim jarayoni sifatini xususiyatlarning yig'indisi (integral va oddiy)
sifatida ko'rib chiqish, ularning o'zaro hamjihatligining mexanizmini ochib berish;

sifatni takomillashtirishni uning protsessual va natijadorlik qismlarining o'zaro
bog'liqligida tadqiq qilish;

sifatni boshqarish jarayonining tuzilmaviy-funksional qismlari o'rtasida zarur
aloqalarni o'rnatish;

boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini chiziqli-funksional va asosiy tuzilmaviy
birliklarni uyg'unlashtirish prinsiplarida qurish; pedagogik faoliyatni amalga
oshirishda xodimlar o'rtasida o'zaro aloqalarni o'rnatish.
Rivojlanish prinsipi. Ushbu prinsip har qanday obyektni paydo bo'lish, shakllanish va
o'zgarish jarayonida ko'rib chiqishni; uning ziddiyatli xususiyatini ochib tashlashni, miqdor
va sifat o'zgarishlarini hisobga olishni, bir holatdan boshqa holatlarga o'tish imkoniyatini
talab etadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligiga tatbiqan
bu prinsip quyidagilarni taqozo qiladi:
boshqarish obyektidagi miqdor va sifat o'zgarishlarini ko'rishga, bu o'zgarishlarning
xarakterini (progressiv yoki regressiv) aniqlashga imkon beruvchi ta'lim sifatining
tizimli monitoringini o'tkazish;

boshqariladigan obyektning real sifatdan potensial sifatga o'tishining sabablarini va
vositalarini aniqlash;

boshqaruvni nafaqat boshqaruv jarayonining belgilangan doirada faoliyat
ko'rsatishiga, balki uning rivojlanishiga ham yo'naltirish, buning natijasida u yangi
sifat holatiga erishadi;
- rahbar tomonidan rivojlanish subyektiv tabiatga egaligining nnglanishi va ta'lim
jarayonining sifat holatiga erishishga qaratilgan jamoaning ijodiy o'zgartiruvchilik
faoliyatini kengaytirish doirasida inson omilini faollashtirishga e'tiborni jalb
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini
takomillashtirishning pedagogik tizimini ishlab chiqishda psixologiya va pedagogika
tomonidan ifodalangan qator (j'oyalar va qoidalar prinsipial metodologik ahamiyatga egadir.
Mavzu: Bola huquqlari to‟g‟risidagi konvensiya
Reja:
1. “Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya”ning maqsad va vazifasi
2. Konvensiya huquqlarini toifalash.Konvensiyaning tamoyillari
3. Bola huquqlari to‟g‟risidagi konvensiya
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga huquqiy tarbiya berishni tashkil
etishda “Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya”dan foydalanishning ahamiyati
Bizning davlatimiz o'z farzandlarini mas'uliyatni his etadigan munosib fuqarolar bo'lib
o'sishlari va ularni jamiyat taraqqiyotiga o'z ulushlarini qo'shishlariga katta umid bog'lagan.
O'zini shaxs sifatida to'liq anglash, odob- axloq me'yorlariga rioya qilish, o'z haq
huquqlarini bilish va xatti-harakatlarini to'g'ri baholay olish, o'zini va kattalar,
tengdoshlarini hurmat qilish, o'z qadr-qimmatini bilish, o'z madaniy an'analari va milliy
qadriyatlariga nisbatan g'urur, hurmat, qiziqish tuyg'ularini tarbiyalash vazifalari aynan
maktabgacha yoshdan boshlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonida O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan qonun ustuvorligini ta‟minlash, shaxs,
jamiyat va davlat manfaatlarining ustuvorligini, huquqiy demokratik davlat barpo etishda
yoshlarni qonunga bo'ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy bilimi,
madaniyati va ongi shakllantirib boriladi.
Ma'lumki, yer yuzidagi barcha rivojlangan davlatlar yoshlarni jamiyat va mamlakat
hayotida faol ishtirok etishini istaydi. Bolalar ulg'ayib borish jarayonida jamiyat hayotida
faol ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarning hammasiga ega bo'lib borishlari, hamda
hayotning muhim yechimlari mas'uliyatini his qilgan holda ularni o'z zimmalariga olishga
tayyor bo'lishlari lozim.
"Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"ni o'rganish - aynan mana shu masalani hal etishdagi eng muhim va to'g'ri qadam hisoblanadi.
“Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" - bu butun jahon bolalariga xos bo'lgan
bolalar huquqi haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bitimidir.
Konvensiya - bolalar rivojlanishining turli davrlarida bolalar farovonligining mavjud
mezonlarini aniqlaydi. Konvensiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
l.
Yashay olish huquqi - bunda bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlarini
o'zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalanish,
ovqatlanish, boshpanaga ega bo'lish kabi adolatli hayotiy me'yorlardir.
1. Rivojlanish huquqi - bolalarning o'z qobiliyatlarini kengroq rivojlantirishga
erishishlari uchun zarur. Ya‟ni bilim olish, o'yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar,
axborot olish va vijdon erkinligi qonunlaridir.
2. Bolalar zo'ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan himoyalangan bo'lishlari shart. Bu
borada qochoq bolalar masalasidagi muammolarga; adliya tizimidagi zo'ravonliklar va
qiynoqlarga; bolalarni qurolli nizolarga jalb etish; bolalar mehnati;
balog'atyoshigayetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish; o'smirlarning giyohvand
moddalarini iste'mol qilishi muammolariga alohida e'tibor qaratish.
3. Ishtirok etish huquqi: Bolani mamlakat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga
da'vat etadi. Bunda bolalarning hayotiga taalluqli muammolar bo'yicha jahonshumul anju
manlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqi va o'z fikr- mulohazalarini ifoda etishdagi
huquqlarini ta‟minlaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1948-
yilda"Insonhuquqlarihaqidagiumummilliydeklaratsiya" ni qabul qildi. Bunda bolalar
huquqlari ham o'z aksini topadi va ko'p o'tmay bu huquqlar xalqaro shartnomada qayd
etilishi lozimligi belgilanadi. 1959-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Bola
huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilinadi. Bu hujjatning yuzaga kelish tarixi uzoq yillarni o'z
ichiga oladi.
"Bola huquqlari Deklaratsiyasi” bo'yicha asosiy sanalar:
1923-yil - Birinchi "Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi.
1924 yil - "Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi" Millatlar ittifoqi tomonidan qabul
qilindi.
1948-yil - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi "Inson huquqlari
haqidagi umummilliy dekla- ratsiya"ni qabul qildi.
1959-yil - Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikkinchi "Bola huquqlari Deklaratsiya" sini
qabul qildi.
1978-
yiI - Polsha hukumati "Bola huquqlari haqida Konvensiya"ning yangi
loyihasini ishlab chiqadi va uni BMT ning inson huquqlari bo'yicha hay'atga o'rganib
chiqish uchun tavsiya etadi.
1979-
yil - Xalqaro bolalar yilida "Bola huquqlari haqida Konvensiya" matnini ishlab
chiqish uchun muvofiqlashtirilgan ishchi guruh tuzildi. 10 yil davomida bu guruh izchillik
bilan mulohaza va muzokaralar ustida ish olib bordi.
1989-
yil
20-noyabrda - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi
tomonidan "Bola huquqlari haqida Konvensiya" qabul qilindi.
1990-
yil
2-sentabrda - Konvensiya xalqaro qonun sifatida kuchga kirdi.
Deklaratsiya ruhini saqlab qolgan ushbu "Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" oxirgi
30-yillar ichida kelib chiqqan zamonaviy muammolarni:
- Atrof-muhitni muhofaza qilish;
- Giyohvand moddalardan saqlanish;
-Turli xildagi bolalar zo'ravonligining oldini olish kabi muammolarni o'zida ifoda etadi.O'zbekiston Respublikasi 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'ldi va
“Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" bo'yicha xalqaro shartnoma tuzdi.
Maktabgacha ta‟lim tizimida Konvensiya haqida tushuncha va bilim berish dastlabki
jiddiy qadam hisoblanib, u bolalarga nafaqat odob-axloq me‟yorlariga rioya qilish kafolatini
beribgina qolmay balki uni qonunga mos ravishda harakat qilishga undaydi.
Ta'lim-tarbiyaviy jarayonda "Konvensiya" dan foydalanishda tarbiyachi tomonidan
quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Bola huquqlarini o'rganish - bunda muammo bo'yicha axborot materiallarni tanlash,
ularni o'rganish, tahlil qilish;
2.
To'plangan
materiallarga e‟tibor qaratish - istiqbolli yo'nalishlar bilan
tanishish, huquqiy muammolarni insonlar tomonidan qabul qilinish hissini shakllantirish,
xayrixohlik hissini tarbiyalash, mashg'ulotlarga qiziqishini rivojlantirish.
3. Bolalar muayyan hayotda ro'y berayotgan jarayonlarda ishtirok etishlari orqali kichik
muammolardan global muammolar kelib chikishini, ular ham dunyoda adolat va
konstruktiv o'zgarishlar bo'lishi uchun qilinayotgan harakatlarda ishtirok etayotganlarini his
qilishlari shakllantiriladi.
Bu jarayonlarda bolalar inson huquqlari bu - ulardan uzoqdagi qandaydir kishilarning
huquqlari. bo'lgan mavhum tushuncha emas, balki o'zlari yashab turgan muayyan muhitga
tegishli ekanligini tushunadilar.
"Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya”ning asosiy vazifalari:
- Yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikning asosi - teng huquqlilik, jamiyat a‟zolarining
o'ziga xos bo'lgan qadr- qimmatini ta'minlashni ifoda etadi;
- Insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha‟ni va qadr-qimmatiga bo'lgan
ishonchlarini tasdiqlaydi;
- Har bir insonning irqi, jinsi, terisining rangi, tili, dini, siyosiy va boshqa e‟tiqodlari,
milliy yoki ijtimoiy kelib chikishi, mulkiy ahvoli, tug'ilishi va boshqa holatlar bilan bog'liq
belgilariga qarab har qanday tafovutdan qat‟iy nazar o'z huquq va erkinliklariga ega
ekanligini tasdiqlaydi;
- Har bir bolaning sog'lom va har tomonlama uyg'unlashgan kamoloti uchun u oila
g'amxo'rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunilish vaziyatida o'sishi zarurligini
ta'minlaydi;
Bolani jamiyatda mustaqil hayotga to'la tayyorlashni, ularning farovonligi masalalariga
e'tibor qaratadi;
- Maxsus tarbiyaga muhtoj bolalarga tug'ilgunga qadar va tug'ilgandan keyin ham
munosib darajada g'amxo'rlik qiladi;
- Bolaning himoya qilinishi va uyg'un ravishda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratadi;
- Bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun zaruriy chora-tadbirlarni amalga
oshirish Konvensiyaning asosiy mazmun-mohiyatidan iboratdir.
Konvensiyada bolalarning huquq va majburiyatlari quyidagicha aks etadi:
- "18 yoshga to'lmagan har bir inson bola hisoblanadi. Barcha huquqlar hamma bolalarga
taalluqli. Bolalar diskriminatsiyaning barcha shakllaridan himoyalangan bo'lishlari shart” -
deyiladi. Bunda voyaga yetganlik yoshi 18 yosh deb belgilanishi ta'kidlanadi.
- Har bir bola uchun ko'zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi,
terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e‟tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy
kelib chikishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog'lig'i va tug'ilishi, uning ota- onasi yoki huquqiy
vasiysi yoki biron bir boshqa holatlardan qat'iy nazar hurmat qiladilar hamda shu
huquqlarni ta'minlab beradilar.Ishtirokchi davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a'zolarining
qarashlari yoki e'tiqodida o'z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki
jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta‟minlash uchun zarur choralarni
ko'radilar.
3-modda - Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq
ta'minlanishiga birinchi navbatda e‟tibor qaratilishi. Bolaning farovonligi uchun zarur
hisoblangan himoya va g'amxo'rlik bilan ta'minlash, ota-onasi yoki vasiysiga ularning huquq
va majburiyatlarini e'tiborda tutishni oladilar, qonuniy va ma'muriy chora-tadbirlarni
ko'radilar. Bolalar haqida g'amxo'rlik ko'rsatish va ularni himoya qilish uchun mas‟ul
hisoblanga vakolat organlari tomonidan belgilab qo'yilgan me‟yorlarga, xususan xavfsizlik
va sog'liqni saqlash talablariga javob berish.
- 4-modda - Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar imkoniyatlaridan foydalanish.
- 5-modda - Davlat ota-onalar huquqi va burchlarini hurmat qilishi va ularning
bolalarning rivojlanish qobiliyatlariga muvofiq holda nazorat qila olishlarini ta'minlashi
lozim.
- 6-modda - Har bir bola hayot kechirish huquqiga ega va davlat bolaning rivojlanishi
hamda yashay olishini ta‟minlashga majbur.
- 7-modda - Bola tug'ilgan zahoti ro'yxatga olinadi va tug'ilgan daqiqalaridan boshlab
ism bilan atalishi va fuqarolikga ega bo'lishi, ularning g'amxo'rliklaridan bahramand bo'lish
huquqlarini olishga haqli hisoblanadi. Davlat bunday huquqlarni o'z milliy
qonunchiliklariga muvofiq amalga oshiradi. Har bir bola o'z ismiga, millatiga ega bo'lishi
hamda o'z ota-onasini bilish va ularning vasiyligi huquqlariga ega. Bolaning tug'ilganligi
haqidagi guvohnomasi - bola shaxsini tasdiqlovchi hujjatdir.
Mavzu: Bola huquqlari to‟g‟risidagi konvensiya
Reja:
1. “Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya”ning maqsad va vazifasi
2. Konvensiya huquqlarini toifalash.Konvensiyaning tamoyillari
3. Bola huquqlari to‟g‟risidagi konvensiya
- 8-modda - Bolaning o'z individualligi, jumladan, fuqaroligi, ismi va oilaviy
aloqalaridan g'ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan bo'lsa, davlat bolani himoya qilishi va
zarur bo'lsa uning shaxsini aniqlab berishi shart. Bu bolaning ismini, millatini, oilaviy
aloqalarini tiklashni o'z ichiga oladi.
- 9-modda - Davlat bola o'z ota-onasidan ularning xohishlariga zid ravishda ayrilib
qolmasligini ta‟minlaydi, ota- onaning bittasida yoki har ikkisidan ham ayrilgan bolaning
ular bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar yoki to'g'ridan-to'g'ri aloqalar bog'lab
turish huquqini hurmat qiladi. Bola uchun zararli bo'lgan hollardan tashqari vaziyatda u ota
ona bilan yashash huquqiga ega.
- 10-modda - Bola yoki uning ota-onasi oilani birlashtirish maqsadida boshqa davlatga
kirish yohud undan chiqish uchun bergan arizalari shu davlat tomonidan ijobiy,
insonparvarlik ruhida va tezkorlik bilan ko'rib chiqilishi lozim. Ota-onasi turli davlatlarda
yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari ota- onasi bilan muntazam ravishda shaxsiy
munosabatlar, aloqalar bog'lab turish huquqiga egadir.
- 11-modda - Davlat bolalarning g'ayriqonuniy ravishda ko'chirilishiga va chet eldan
qaytmasligiga qarshi kurash olib boorish chora-tadbirlarini ko'radi. Bolani chegara ortida
ota- onalardan biri yoki boshqa uchinchi shaxs tomonidan ushlab turgani yoki bolalarni
o'g'irlagani uchun jazo berishi va ularning oldini olishi shart.
- 12-modda - Bolaga taalluqli bo'lgan barcha masalalar bo'yicha erkin fikr bildirishi va
bu fikrlar inobatga olinishi shart.- 13-modda - Bolalar har qanday chegaralardan qat'iy nazar ularni qiziqtiruvchi
malumotlarni olish hamda o'z nuqtayi nazarlarini aytish huquqiga egadirlar. Bular bola
shaxsi huquqlari va obro'sini hurmat qilish, davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibini,
aholining sog'lig'i yoki ma'naviyatini muhofaza qilish imkoniyatini yaratadi.
- 14-modda - Davlat bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini hurmat qiladi.
Ota-ona yoki qonuniy vasiylarning
bolaga,uningrivojlanayotganqobiliyatlarigamuvofiqkeladigan usul orqali bola huquqini
amalga oshirishda rahbarlik qilish huquqiga egadirlar.
- 15-modda - Bolaning assotsiatsiya yig'ilishlar huquqini, ya'ni bolalar boshqalar bilan
uchrashish huquqiga, tashkilotlardan chiqish yoki ularni o'zlari tuzish huquqiga egalar.
- 16-modda - Bolalar o'z shaxsiy hayotlariga, uy-joy daxlsiz- ligi yoki pochta orqali
yuboriladigan narsalarning maxfiyli- giga bo'lgan huquqi amalga oshirilishiga
o'zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha'ni va obro'siga
g'ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo'lishi mumkin emas. Bola qonun yo'li bilan
himoyalanish huquqiga egadir.
- 17-modda - Davlat ommaviy axborot vositalarining muhim mavqeyini e‟tirof etadi.
Bola turli xil milliy va xalqaro manbalarning axborotlari hamda materiallari, ayniqsa
ijtimoiy, ma'naviy va axloqiy farovonlik, shuningdek, bolaning sog'lom, jismoniy va ruhiy
rivojlanishiga ko'maklashishga qaratilgan axborotlardan bahramand bo'lishini ta‟minlaydi,
salbiy ta‟sir qiluvchi materiallardan himoyalanish huquqini beradi.
-
18-modda - Bola tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun ota-onaning umumiy bir xil
javobgarligi, bolaning eng yaxshi manfaatlari ular ko'rsatadigan asosiy g'amxo'rlikning
predmeti hisoblanadi. Bunda davlat ota-onalarni qo'llab-quvvatlaydi va bolalar muassasalari
tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi. Ota-onasi ishlaydigan bolalar uchun mo'ljallangan
xizmatlar hamda bola parvarish qilinadigan muassasalardan foydalanish huquqi beriladi.
- 19-modda - Davlat bolaning jismoniy va ruhiy zo'ravonlikning, haqoratlash va
suiiste'molliklar, g'amxo'rlik ko'rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo'lish, qo'pol
muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida g'amxo'rlik qiluvchi har
qanday boshqa shaxs tomonidan ekspluatatsiya qilish, jumladan, shahvoniy
suiiste'molliklarga qarshi zaruriy qonuniy, ma'muriy, ijtimoiy va ma'rifiy chora- tadbirlarni
ko'radi.
Davlat zo'ravonlikni oldini olish va bundan jafo ko'rganlarni himoya qilish dasturlarini
ishlab chikishi zarur.
- 20-modda - Oila mahrumligidan vaqtincha yoki doimiy mahrum bo'lgan bolalar
o'zlariga taalluqli bo'lgan madaniyatga muvofiq maxsus muassasalar qaroviga, muqobil
oilalarga va maxsus himoya qilinish huquqiga egadirlar.
- 21-modda - Bolani farzandlikka olish imkoniyatiga ega bo'linsa, buni faqat bola
manfaatlari to'liq e'tiborga olingan holda tegishli tashkilotlar nazoratidan o'tkaziladi.
- 22-modda - Qochoq hisoblangan bolalar yoki qochoq statusini olmoqchi bo'lgan bolalar
maxsus himoyaga loyiqdirlar. Davlat qochoq bolaning ota-onasini yoki oilasining boshqa
a'zolarini izlashda, o'z oilasi bilan qo'shilishi uchun barcha zaruriy choralarni ko'radi.
- 23-modda - Aqliy va jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanmagan bola o'zining qadr
qimmatini ta'minlaydigan, o'ziga ishonch tug'diradigan, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini
yengillashtiradigan sharoitlarda to'laqonli hamda munosib tarzda yashash huquqiga ega.
O'ziga nisbatan alohida g'amxo'rlik ko'rsatilishini talab qilish huquqi beriladi.
Shuningdek, ta'lim, kasb-kor tayyorgarligi, tibbiyot, sog'liqni saqlash, mehnat faoliyatiga
tayyorgarlik ko'rish sohasidagi xizmatlardan samarali ravishda bahramand bo'lish, dam
olish, bolani ijtimoiy hayotga jalb etish kabi imtiyozlardan foydalanadilar.- 24-modda - Bolalar eng yuqori darajadagi andozalarda tibbiy yordam olish huquqiga,
sog'liqni himoya qilish xizmatlaridan foydalanish huquqiga egalar.
- 25-modda - Davlat tomonidan bolalarni tarbiyalash, himoyalash yoki ruhiy davolash
maqsadida joylashtirilgan muassasalar muntazam ravishda nazoratdan o'tkaziladi.
- 26-modda - Bolalar ijtimoiy sug'urtalanishga kiritilganlari holida, ijtimoiy himoyalanish
imtiyozlaridan foydalanish huquqiga egalar.
- 27-modda - Bolalar ma'naviy, ruhiy, jismoniy, aqliy rivojlanishiga muvofiq keladigan
hayot darajalariga, turmush saviyasiga ega bo'lish huqquqiga egadir. Ota-ona zaruriy
turmush sharoitinita‟minlashda javobgarlikni sezishlari kerak. Bu mas‟uliyatni amalga
oshirishda davlat kafolat berishi shart.
- 28-modda - Bolalar ma'lumot olish huquqiga egalar. Boshlang'ich, umumiy ma'lumot
bepul va majburiy bo'lishi kerak. Har bir bola uchun o'rta ma'lumotli bo'lish imkoni
yaratilgan bo'lishi shart. Oliy ma'lumotli bo'lish huquqiga hamma o'z qobiliyatiga ko'ra ega.
Maktab intizomi huquq va bolalar qadr-qimmatini hisobga olgan holda ta'minlanishi zarur
deyiladi.
- 29-modda - Ma'lumot olish huquqi bolada ruhiy va jismoniy qobiliyatlarini, uning
jismoniy va ruhiy iste'dodini o'stirishi lozim. Bolalarga jamiyatning huquqiy a'zolari sifatida
o'zi va boshqalarning madaniyatini hurmat qila oladigan shaxs darajasida tarbiya berish
zarur.
- 30-modda - Agar bolalar mayda millat vakillariga taalluqli bo'lsa, o'z madaniyati, o'z
dini va o'z tiliga ko'ra hayot kechirish huquqiga ega.
31-modda - Bolalar dam olish, o'ynash, madaniy va badiiy tadbirlarda ishtirok etish
huquqiga ega.
- 32-modda - Bolalar rivojlanish, ma‟lumot olish, sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan ishlarda
ishtirok etishdan, iqtisodiy ta'qib qilinishdan himoyalanish huquqlariga ega.
- 33-modda - Bolalar giyohvand moddalarni iste‟mol qilishdan, shuningdek, bu
giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va tarqatishga jalb qilinishdan himoyalanish
huquqlariga egalar.
- 34-modda - Bolalar pornografiya, fohishabozlik hamda shunga o'xshash zo'ravonlik va
seksual ekspluatatsiyalardan himoyalangan bo'lishlari shart.
- 35-modda - Davlat bolalarni o'g'irlash, sotish, qilishning oldini olishning imkoni
bo'lgan barcha chora-tadbirlarni qabul qilishi zarur.
- 36-modda - Davlat bolani uning farovonligiga oid har qanday jihatdan zarar
yetkazadigan narsalardan himoya qiladi.
- 37-modda - Har qanday bolakay qiynov, qo'pol muomala, ta‟qiblar, noqonuniy hisobga
olinish yoki ozodlikdan mahrum bo'lishdan muhofaza qilinmog'i shart.
- 38-modda - 15 yoshdan kichik bo'lgan bolalar qurolli nizolarda bevosita ishtirok
etishlari mumkin emas. Qurolli nizolarga daxldor bo'lgan bolalar maxsus himoya va
vasiylikka loyiqdirlar.
- 39-modda - Qurolli nizolarni, qiynoqlarni, zo'ravonliklarni, ta'qibni boshidan kechirgan
bolalar sog'ayishlari uchun kerakli davolash va ijtimoiy reintegratsiyalarni oladilar.
- 40-modda - Qonunni buzgan bolalar ulardagi chin insoniy fazilatlarni ko'zlovchi va
muhofaza qiluvchi har qanday yuridik va boshqa imtiyozlardan to'laqonli foydalanish
huquqiga egadirlarki, ularga jamiyat uchun foydali inson bo'lib yetishishlarida ko'mak
bo'ladi.
Bolalar huquqlarini ta‟minlash butun jamiyatning vazifasi- dir. Bola huquqlarini ta'minlash,
ularning har tomonlama sog'lom va xavfsiz kelajagini ta'minlash maqsadida fuqarolarni
birgalikda ishlashga ilhomlantiradi. Bolalar kattalardan, tarbiyachi-pedagoglardan oladigan axborotlari orqali o'z huquqlari haqidagi tasavvurlarga ega bo'ladilar, huquqiy me'yorlarga
nisbatan mas'uliyat tarbiyalanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni "Bolalar huquqlari
to'g'risidagi Konvensiya" bilan tanishtirish - bevosita O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, "Oila" Kodeksida yoritib berilgan vazifalarni uzviy hamkorlikda o'rganish
imkoniyatini yaratadi.
Mavzu: Maktabgacha ta‟lim tizimiga oid Qonun va qarorlar
Reja:
1. O„zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‟limga oid qonun xujjatlari
2. “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun
3. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta‟lim sohasidagi vakolatlari
O„zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‟limga oid qonun xujjatlari.
Mamlakatimizda mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta‟lim sohasida eski
yondashuvlardan butunlay voz kechilib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va
an‟analarimizga, jahon mamlakatlarining ilg„or tajribasiga asoslanib, hayotimizni tubdan
yangilash, uzoq va davomli maqsadlarni amalga oshirish uchun ta‟lim va tarbiya sohasiga
ustuvor ahamiyat qaratilib kelinmoqda.
O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul
qilingan bo„lib ushbu qonun 5 bo„lim va 34 moddadan iborat. Ushbu Qonun fuqarolarga
ta‟lim, tarbiya berish, kasb-hunar o„rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har
kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta‟minlashga qaratilgan.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin