Mavzu: pedagogning bolalarning ijtimoiylashuvidagi roli


Insonparvarlikka asoslangan ta’lim



Yüklə 24,03 Kb.
səhifə2/6
tarix22.12.2023
ölçüsü24,03 Kb.
#190339
1   2   3   4   5   6
12-mavzu Maruza Ijtimoiy

Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funksiyalarini kengaytiradi, ta‘lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyoqarashi yaxlitligini ta‘minlaydi. 
Ta‘limni insonparvarlashtirishdan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, ko‘nikma va malaka, ularning insoniy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. U bo‘lajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli soxalarida insonparvarlik g`oyasi va qadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo`lib xizmat qilsin. Ta‘limda xayot tajribasiga ega bo‘lish ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chikishni taqozo etadi:
- ijtimoiy – shaxsiy xayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon xisoblanadi; - real vaziyatdan kelib chiqib, ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chikishni taqozo etadi; - mavjud amaldagi xolatga doim moslashish jarayoni xisoblanadi; - shaxslararo aloqalarni qamrab oladi; - shaxsning shakllanish jarayonini yo‘naltiradi.
Ijtimoiy pedagog kasbi va uning vazifalari Shu kunga qadar ijtimoiy pedagogning vazifasini bir—biri bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiyot, sport, mnlitsiya, madaniyat tashkilotlari xodimlariga yuklatilib kelindi. Natijada jamiyat a‘zolari ongida bolalar tarbiyasi bilan faqat o‘qituvchi va ota-onalar Shug‘ullanishi lozim degan fikr o‘rnashib qoldi. Yurtimizda ijtimoiy ishni kasb darajasiga olib chiqish hamda bu borada mutaxassis kadrlarni tayyorlash jamiyatda tarbiyaviy muammolarni hal etishda insonlarning yashash sharoitini yaxshilashda, eng asosiysiy har bir jamiyat a‘zosini ijtimoiy himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ijtimoiy pedagog oldiga qo‘yiladigan kasbiy talablar:
 ijtimony axborot berish, ya‘ni bolalarga beriladigan ijtimoiy yordam va xizmat ko‘rsatish haqida ma‘lumot berish;  ijtimoiy -huquqiy yordam, ya‘ni bolalarga, jamiyat a‘zolariga o‘z haq - huquqlarini anglashga yordam berish;  ijtimoiy - reabilitatsion xizmat, ya‘ni insonldrning ma‘naviy – axloqiy, emotsional, ruhiy holatlarinn taklashga yordam berish,  ijtimoiy- iqtisodiy yordam, ya‘ni posobiya, konpensatsiya, nafaqalarni olishda hamkorlik qilish bolalar uylari bitiruvchilariga, yetimlarga moddiy yordam berishni tashkillashtirish;  ijtimoiy—tibbiy yordam berish, ya‘ni bolalarni ijtimoiy patranaj qilish, voyaga yetmaganlar orasida kashandachilik, alkogolizm kabi holatlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish; ▪ ijtimoiy-psixologik, ya'ni oilada, turli mikrojamiyatda sog`lom muhitni tashkil etishga yordam berish:
▪ ijtimoiy-pedagogik, ya'ni bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning o`z haq-huquqlarini anglash, ularga sharoitlar yaratish, o`qituvchi va o`quvchi orasidagi ziddiyatlarni hal etish kabilardan iborat. ▪ Ijtimoiy pedagog bu vazifalarni amalga oshirish uchun, albatta quyidagi sohalarda o`z bilimlarini boyitib borishi shart. ▪ milliy istiqlol g`oyasi huquqiy-me'yoriy baza (qarorlar, aktlar, buyruqlar, ko`rsatmalar, tashkilot tuzulmalari va x.k.), ▪ ijtimoiy pedagogikaning tarixi va nazariyasi ▪ yosh davrlar psixologiyasi ▪ sotsiologiya ▪ ijtimoiy-pedagogik ishlarni olib borish hamda rejalashirish metodlari va h.k. ▪ Shuningdek, ijtimoiy pedagogdan quyidagi malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi talab etiladi:
▪ analitik, ya'ni sotsiumda ro`y berayotgan jarayonlarni nazariy tahlil etish, bolaning ruqiy olamini anglay bilish, ularning muammolarini hal etishga doir hamkorlik faoliyatini tashkil etish; ▪prognostik, ya'ni tashkil etilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat bo`yicha bolaning muammolarini hal etish yo`llarini bashorat qilish; ▪loyiqalash, ya'ni ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mazmunini aniqlash va rejalashtirish; ▪refleksiv, ya'ni ijtimoiy pedagog o`zining faoliyatini tahlil etib borishi;· ▪ kommunikativ, ya'ni ijtimoiy pedagogning insonlararo muloqat madaniyatini egallashi. U boshqalar fikrini eshita bilish, muloqatga kirisha bilish, faktlar to`plash singari faoliyatlarni o`z ichiga oladi.

Yüklə 24,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin