Mavzu: Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabati



Yüklə 119,59 Kb.
səhifə1/2
tarix17.05.2023
ölçüsü119,59 Kb.
#115434
  1   2
Презентация (2)

Mavzu: Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabati

Reja:

  • 1.Psixik rivojlanish
  • 2.Psixologiya Farida yosh davrlarni tabaqalash
  • 3. ILK o'spirinlik

Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog’liqlini dalillar asosida izoxlab beradi. Ulardan;
  • birinchisi - inson tug’ilib voyaga yetadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri;
  • ikkinchisi - odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta’lim tarbiyaning ta’siri;
  • uchinchisi - odamga tug’ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarning ta’siridir.

Ma’lumki, har bir odam o’ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muxitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulg’ayadi, shakllanadi. Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a’zosi sifatida, ma’lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyandasi sifatida va nihoyat, Tashqil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo’lgan muayyan jamoalarning faol a’zosi sifatida qatnashadi. Shaxsning mohiyati o’z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir. Shaxsdagi barcha psixik xususiyatlari, ijodiy faolligining rivojlaiish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog’liqlikda bo’lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Mana shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e’tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi. Muhit, ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya, azaldan berilgan, genotik jihatdan qatiy belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina bo’lib qolmay, balki inson psixik xususiyatlarini tarkib toptiradi.
Bu borada, birinchidanodam muhit ta’siri ostidagi passiv obyekt bo’lmay, balki faol mavjudotdir, Shu bois hayot sharoiti, tashqi ta’sir inson psixikasini belgilamaydi, balki odamning muhit bilan bo’lgan o’zaro ta’siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali belgilanadi. Shu sababli muhitning ta’siri haqida emas, balki odamning tevarak-atrofdagi muhit bilan faol o’zaro ta’siri haqida gapirish maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi pirovard natijada tashqi sharoitlarga, tashqi ta’sirotlarga bog’liqdir. Lekin bu rivojlanishini bevosita tashqi sharoitdan va tashqi vaziyatdan keltirib chiqarib bo’lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha odamning hayotiy tajribasi, uning shaxsi, individual psixologik xususiyatlari va psixik qnyofasi orqali ta’sir qiladi.
Uchinchidan, odam faol mavjudot sifatida o’zi ham ongli ravishda o’z shaxsini o’zgartirishi, ya’ni o’zi-o’zini tarbiyalash bilan shug’ullanishi mumkin, lekin, bu jarayon atrof-muhitdan ajralgan holda emas, balki muhit bilan moslashgan holda va muhit bilan o’zaro munosabatda sodir bo’ladi. Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni aytish mumkinki, odamning (bolaning, o’quvchining) ijtimoiy tashqil topgan va faol faoliyati uning psixik rivojlanishining asosi, vositasi hamda shartidir.
O’z-o’zidan ma’lumki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik imkoniyatlar nihoyatda zarurdir. Inson psixik xususiyatlari me’yorida tarkib topishi uchun muayyan darajadagi biologik tuzilish, inson miyasi va nerv sistemasi bo’lishi shart. Bu tabiiy xususiyatlar psixik rivojlanigani harakatta keltiruvchi kuchlar, omillar emas, balki faqat dastlabki sharoitlardir, xolos. Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni harakatta keltiruvchi kuch emasligiga qaramay, insoniyat psixik taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi. Birinchidan, tabiiy xususiyatlar psixik xususiyatlar taraqqiyotining turli yo’llarini va usullarini belgilab beradi. Inson nerv sistemasining xususiyatlari o’z-o’ziga shaxsning hyech qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi, Hyech bir me’yordagi bola dadil yoki qo’rqoq, irodali yoki irodasiz, mehnatsevar yoki yalqov, intizomli yoki intizomsiz bo’lib tug’ilmaydi, Agarda tarbiya to’g’ri tashqil qilinsa, nerv sistemasida xarakterning barcha ijtimoiy qimmatli xislatlarini shakllantirish mumkin.
Turli yo’nalishga ega bo’lgan psixologlar, bir tomondan ta’lim va tarbiya, ikkinchi tomondan esa rivojlanish o’rtasidagi o’zaro munosabati muammosini keng doirada muhokama qilmoqdalar. Rivojlanish deganda, odatda hodisalarning har ikki turi tushuniladi va bu tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir: 1) miyaning biologik, organik yetilishi, uning anatomik-fiziologik tuzilishi jihatidan yetilishi; 2) psixik (aqliy) rivojlanishning ma’lum o’sish darajalari sifatadagi, o’ziga xos aqliy yetilish sifatidagi psixik rivojlaiishi, o’z-o’zidan malumki, aqliy rivojlanish miya tuzilishining biologik yechilishi bilan bog’liqdir va bu xususiyat ta’lim-tarbiya ishlarida, albatta, hisobga olinishi lozim, chunki ta’lim miyaning organik jihatdan yetilishini inkor eta olmaydi. Biroq miya bo’zilishining organik jihatdan yetilishini muhitga, ta’lim-tarbiyaga mutlaqo bog’lanmagan holda o’zining qatiy biologik qonunlari asosida sodir bo’ladi, deb bo’lmaydi.
Shunday qilib, bolaning, maktab o’quvchisining psixik rivojlanishi - murakkab taraqqiyot jarayonidir.
Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur muammoning mohiyatini turlicha eritadi.
Shveysariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funktsiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni o’z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy vazifalari, moslashish va ko’nikishdan iborat bo’lib, bu uning doimiy vazifalar turkumini tashqil etadi.
Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi:
1.sensomotor intellekti-tug’ilgandan 2 yoshgacha;
2.operasiyagacha tafakkur-davri - 2 yoshdan 7 yoshgacha;
3.aniq operasiyalar davri-7,8 yoshdan 11, 12 yoshgacha;
4.rasmiy operasiyalar davri.
Fransuz psixologi A.Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga. ajratadi:
1) homilaning ona qornidagi davri;
2) impulsiv harakat davri - tug’ilgandan 6 oylikkacha;
3) his-tuyg’u davri (emosional) - b oylikdan 1 yoshgacha;
4) sensomogor (idrok bilan harakatning uyg’unlashuvi) davri 1 yoshdan 3 yoshgacha;
5) personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5 yoshgacha;
6) farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha;
7) jinsiy yetilish va o’spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha.
L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi;
1. Chaqaloqlik davri inqirozm.
2. Go’daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha, bir yoshdagi inqiroz.
3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz.
4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz.
5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz.
6. Puberdat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, yoshdagi inqiroz.
D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi, Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli, nazariyaning asosiy mohiyatini Tashqil qiladi.
D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topdi:
1. Go’daklik davri - tug’ilgandan 1 yoshgacha - yetakchi faoliyat -bevosita emosional muloqot;
2. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - yetakchi faoliyat -predmetlar bilan nozik harakatlar qilish;
3. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolli o’yinlar;
4. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o’qish;
5. Kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot;
6. Katta o’smirlik yoki ilk uspirimli davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - yetakchi faoliyat - o’qish, kasb tanlash davri.
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili A.V.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga ijtimoiy-psixologik nuhtai nazardan yondashib, shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta’kidlaydi:
1, Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oyadingi davr) -tug’ilganidan 3 yoshgacha.
2. Bolalik davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha,
4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha-
5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha.
Ma’lumki, har bir yosh davr, o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bo’larga: oilada va maktabda bola holatining o’zgarishi, ta’lim va tarbiya shakllarining o’zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmdagi ayrim xususiyatlarning yetilishi singari jarayonlarni qiritish mumkin.
Hozirgi zamon psixologiyasida yosh davrlarini shu nuqtai nazardan tabaqalash maqsadga muvofiqdir:
1. Ilk bolalik davri -tug’ilgandan 3 yoshgacha;
2. Bog’cha davri - 3 yoshdan 6, 7 yoshgacha;
3. Kichik maktab yoshi davri - 6, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha;
4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik davri) - 10, 11 yoshdan 14, 15 yoshgacha;
5. Ilk o’spirinlik (kollej va lisey o’quvchilari) 14, 15 yoshdan 17, 18 yoshgacha.
Umuman, psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo’lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo’shib, uning nazariy va amaliy muammolarini hal qilishda muhim o’rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo’lsada, hozir ontogenezni to’la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyasini yaratish zaruriyati mavjuddir.

Yüklə 119,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin