Psixogigiyena fan sifatida 19-asr oxiri 20-asr boshlarida vujudga keldi. Rossiyada psixogigiyenaning paydo bo‘lishi 1887 yilda bo‘lib o‘tgan psixiatrlarning 1- s’ezdi bilan bog‘lanadi. S’ezdda I.P.Merjayevskiy, S.S.Korsakov, I.A.Sikorskiy psixiatrlarga, shifokorlarga, mamlakatdagi ilg‘or kishilarga psixik va ruhiy kasallikning oldini olish bo‘yicha dastur va g‘oyalar haqida murojaat qiladi.
Psixogigiyena fan sifatida 19-asr oxiri 20-asr boshlarida vujudga keldi. Rossiyada psixogigiyenaning paydo bo‘lishi 1887 yilda bo‘lib o‘tgan psixiatrlarning 1- s’ezdi bilan bog‘lanadi. S’ezdda I.P.Merjayevskiy, S.S.Korsakov, I.A.Sikorskiy psixiatrlarga, shifokorlarga, mamlakatdagi ilg‘or kishilarga psixik va ruhiy kasallikning oldini olish bo‘yicha dastur va g‘oyalar haqida murojaat qiladi.
Horijiy adabiyotlarda psixogigiyenaning paydo bo‘lishi Biers asos solgan harakat bilan bog‘lanadi. Bu soliq xizmatchisi 2 yil psixiatrik kasalxonada yotib chiqqanidan so‘ng, 1908 yilda butun dunyoda qiziqish uyg‘otgan ”O‘zini topgan aql” nomli kitobini nashr qiladi. Keyinroq u psixogigienik jamiyatni tuzdi. 1917 yilda psixogigienik jamiyat Kanadada, 1918 yilda Fransiyada paydo bo‘ldi. Psixogigiena masalalari bilan Krepelin, Forel, Bleyxer kabi mashhur psixiatrlar shug‘ullanishadi.
Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin Evropa va Amerikaning ko‘p mamlakatlarida psixogigienik tashkilotlar va jamiyatlar mavjud edi. Bunday tashkilotlarda psixik buzilishlarning vujudga kelish sabablari o‘rganildi, aholi orasida sanitar ma’rifat ishlarini amalga oshirildi. Urushdan keyingi yillarda psixik sog‘liqni saqlashning butun jahon federatsiyasi va butun jahon sog‘liq tashkiloti qoshida psixik sog‘liq bo‘limi tashkil etildi.
Olimlarning psixosotsial muammolarga qadimdan qiziqishlariga qaramay, psixogigiyena sohasidagi mutaxassislarning ilk xalqaro birlashuvi 1910 yildagina AQSH va Kanada psixiatrlarining konferensiyasida, psixogigiyena bo‘yicha xalqaro assotsiatsiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda bo‘lib o‘tgan edi. Birinchi jahon urushi psixogigiyena mutaxassislarining birlashish jarayonini buzdi, biroq bu kuchlarning halqaro uyushish g‘oyasi yashashda davom etdi. Germaniyadapsixiatr R.Sommer 1925 yilda psixik gigiyena bo‘yicha nemis ittifoqiga asos soldi. Uning asosiy kuchi psixiatriya shifoxonalari tarkibiga doir islohatlar o‘tkazishga, shuningdek, tegishli muassasalardan chiqib ketgan shaxslar to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlikni inobatga olib, keng psixiatrik ijtimoiy ta’minotni yaratishga qaratilgan.
Olimlarning psixosotsial muammolarga qadimdan qiziqishlariga qaramay, psixogigiyena sohasidagi mutaxassislarning ilk xalqaro birlashuvi 1910 yildagina AQSH va Kanada psixiatrlarining konferensiyasida, psixogigiyena bo‘yicha xalqaro assotsiatsiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda bo‘lib o‘tgan edi. Birinchi jahon urushi psixogigiyena mutaxassislarining birlashish jarayonini buzdi, biroq bu kuchlarning halqaro uyushish g‘oyasi yashashda davom etdi. Germaniyada psixiatr R.Sommer 1925 yilda psixik gigiyena bo‘yicha nemis ittifoqiga asos soldi. Uning asosiy kuchi psixiatriya shifoxonalari tarkibiga doir islohatlar o‘tkazishga, shuningdek, tegishli muassasalardan chiqib ketgan shaxslar to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlikni inobatga olib, keng psixiatrik ijtimoiy ta’minotni yaratishga qaratilgan.