MAVZU: PSIXOLOGIYA FANI PREDMETI VA RIVOJLANISH TARIXI PSIXOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI VA TARMOQLARI
REJA:
1. Psixologiya fanining predmeti va vazifalari. 2. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi.
3.Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari
PSIXOLOGIYA Yunoncha "psyuxe", ya'ni jon va "logos", taʼlimot degan ma'noni anglatadi.An'anaviy ma'nodagi inson ruxiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi.
PSIXOLOGIYA FANI mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Bu fan ijtimoiy gumanitar fanlar sohasiga kiradi. Quyidagi fanlar bilan bog’liq. 1.Falsafa, 2.Satsalogiya, 3. Pedagogika. Psixologiya fani o‘ziga xos fan bo‘lgani uchun oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rganadigan ilmiy fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Psixologiyaning fan sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan hozircha inson uchun noma’lum bo‘lgan, eng murakkab – psixika, insonning ichki olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning ob’ekti va sub’ekti tutashib ketgan. Bu holat va fikrni shunday ifodalash mumkin: avval inson o‘z fikrlarini tashqi dunyoga yo‘naltirib, so‘ngra o‘ziga murojaat qiladi. Bunda fikr o‘ziga qarata burilish yasagani uchun psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalari bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada murakkabdir. Va, uchinchidan, psixologiyaning o‘ziga xosligi uning noyob amaliy oqibatlarga ega bo‘lishidir. Axir biror narsani anglash – uni egallab, boshqarishni o‘rganishdan iborat. Insonning o‘zida kechayotgan psixik jarayonlar, ularning vazifalari, qobiliyatlarini boshqarishni o‘rganish, misol uchun, koinotni zabt etishdan ko‘ra o‘ta murakkab va muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bunda inson o‘zini anglab borgani sayin o‘zini va atrofidagilarni o‘zgartirib borishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. SHuning uchun, psixologiya – insonni faqatgina anglovchi emas, balki uni yaratuvchi fan.
Dastlabki pedagogik va psixologik fikr markazlari sifatida 1918-yili Toshkent va keyinchalik Chimkent shahrida tashkil qilingan, Pedagogik mo`zey va pedagogik laboratoriya universal o`quv tarbiya muassasasi bo`lib, ta‘lim tarbiya bilan bog`liq bo`lgan hamma vazifalarni qamrab oladi. Bu yordam ta‘lim metodlari ishlab chiqarilgan, shu yerning o`zida sinalgan va respublikaning boshqa ukuv muassasalariga tarqatilgan. Ishning bunday tashkil qilinganligi tadbiq qilishga imkon bergan. Pedagogik laboratoriya haqida nizomda ancha bu joy pedagogik fikr va ishning markazi bo`lishi lozim
O`zbekistonda psixologiya fanining shakllanishiga katta hissa qo`shgan olimlardan yana biri P.Ivanov hisoblanadi, 1927 yil Samarqanddagi o`zbek pedagogika institutida (pedakademiya) eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qilgan. 1940 yilda u pedagogika institutlari talabalari uchun psixologiyadan birinchi o`quv qullanmasini nashr qilgan. Keyinchalik 1934 yili Samarkand pedagogika institutining o`zbek davlat universitetiga aylantirishi munosabati bilan Ivanov o`z laboratoriyasi bilan Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat Universitetiga ko`chib o`tadi.
XVIIarda tabiiy fanlar rivojlanishi bilan boshlanadi. Fikrlash, xoxlash, his qilish, qobiliyatini ong deb atashgan. O'z-o'ini uzatish asosiy metod hisoblangan.Bu yo'nalish psixologiyada bundan 2500 yil oldin paydo boʻlgan. Inson hayotidagi barcha barsalar tushunchalarni, tushunarsiz hodisalarni jon ruh bilan tushuntirishga harakat qilganlar.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi.