Mavzu: Psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi fanining nazariy masalalari reja



Yüklə 21,58 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü21,58 Kb.
#205375
Psixologiya fanlarini o\'qitish metodikasi fanining nazariy masalalari




Mavzu: Psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi fanining nazariy masalalari
REJA:
1. Hozirgi davr psixologiya fani mazmuni va mohiyati.
2. Ta'limni takomillashtirishning psixologik asoslari
3. Hozirgi davrda psixologiya fanining muhim, dolzarb vazifalari.
4. Psixologiya fanining nazariy muammolari.


Tayanch tushuchalar Ong va faoliyat birligi, onglilik, ongsizlik, ongostilik, insonning inson tomonidan idrok qilinishi, antitsipatsiya, reflektsiya, attraktsiya, idrok, tashqi qiyofa, muloqot, hamkorlik. Hozirgi davrda psixologiya fani keskin o`zgarishlarni boshidan kechirayotir. Unda ichki to’zilishi, tarkibiy qismlari, ularning o`zaro uyg`unligi, mohiyati va talqin etilishi jihatidan qayta qurishlar, har qaysi narsa va insonga (jonli va jonsiz tabiatga) insonparvarlik psixologiyasi qonuniyatlari hamda printsiplari asosida yondashishni tatbiq qilish namoyon bo`lmoqda. Narsa va hodisalarga, hayvonot va insoniyatga nisbatan yangicha yondashish, ularning shaxs tomonidan aks ettirilishini faqat onglilik holatidan kelib chiqqan holda ta'riflash bilan cheklanib qolmasdan, balki odamning ongsizlik va ongostlilik (g`ayri ixtiyoriylik) holatlari bu borada muayyan ahamiyat kasb etishini tushuntirish, unda bir holatdan ikkinchisiga o’zluksiz o`tib turish tabiiy ravishda ro`y berishini ta'kidlash o`rinlidir. Chunki shu davrgacha psixologiya fanida yetakchi printsip sifatida "ong va faoliyat birligi" hisoblanib kelindi, binobarin, psixikaning har qaysi ko`rinishi, bosqichi, xususiyati, darajasi, xossasi, o`zaro ta'sirlanishi, bir— birini taqozo etuvchanligi faoliyat nuqtai nazaridan baholanishi an'anaga aylandi. Natijada onglilikdan chetlanish holatining inson hayoti uchun ahamiyati tadqiqotchining diqqat markazidan, izlanish mavzusidan ancha o’zoqlashdi. Buning oqibatida shaxsning ongosti, ongsizlik holatlari, bularga uning moslashishi, intilishi, bilish sababi va mayli, ruhiy tayyorligi, ixtiyorsizligi, muvofiqlashuvi, to`siqlar va qarama—qarshiliklarga nisbatan ichki kurashi, shuningdek, uning mexanizmlari kabi muammolar yechimi uchun qay darajada ahamiyatli ekanligiga oqilona baho berilmadi. Aks ettirishning moddiy asoslariga suyangan holda tushuntirish, talqin qilish nazariyalari ilmiylik jihatdan qo`pol nuqsonlarga ega bo`lmasa—da, lekin psixikaning o`ziga xosligi, muomala xususiyatlari va ixtiyorsizlikni ta'riflashdagi 12 cheklanganligi, bir tomonlamaligi natijasida ularning ko`p jihatlarini tushuntirish imkoniyati mumkin qadar pasaydi. Shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, insonning hayoti va faoliyati o`zaro o’zviy bog`liq, biri ikkinchisini takozo qiluvchi uchta muhim manbadan, ya'ni ongsizlik, ongostlilik va onglilik holatlaridan tashkil topgan holda hukm suradi. Shuning uchun ham insonning bir kecha — kundo’zdagi umri ongsizlik, ongostlilik va onglilik holatlarining hukmiga tobelikda kechadi, ularning har qaysisi qanday vazifa bajarishidan qat'i nazar ongsizlik (faol hordiq) — ongostlilik (muvofiqlashgan izlanish) —onglilik (aqliy zo`riqish, ixtiyoriy ijod) holatlaridan iborat o’zluksiz halqa harakatlaridan to’zilgan bo`ladi. Insonning ongsizlik holatida ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda saqlab qolish, esga tushirish, assotsiatsiyalar, obrazlar, intuitsiya, anglashilmagan mayllar, irsiy alomatlar, tasodifiy voqealar, tush ko`rishlar, xayoliy timsollar, insonning biron—bir narsaga psixologik jihatdan tayyorgarligi yuzaga keladi va ularning mahsuli xuddi shu jarayonda namoyon bo`ladi. Bularning kechishi unchalik ko`p fursatni talab qilmasa—da, lekin ma'lumotlarning to`planishi tabiiy omillar ta'sirida vujudga keladi, bu hol atrofdagi muhit bilan tanishishda muhim ahamiyat kasb etadi, ular jismoniy a'zolarning umrini o’zaytirishga xizmat qiladi. Ijodiy mantiqiy fikrlash shaxsga muvofiqlashgan xatti— harakatlar vujudga kelishiga puxta zamin hozirlaydi, ularni muayyan materiallar bilan ta'minlaydi. Odatda ongsizlik holati bilan ongli holat o`rtasida oraliq holat mavjud bo`lib, u ongostlilik atamasi bilan belgilanadi, uning inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi o`rganiladi. Insonda kechishi mumkin bo`lgan faoliyat, muomala, xulq—atvor, ijodiy tashabbus, ilhomlanish kabi jarayonlar shaxsga tobora muvofiqlashib borsa, ularning boshqaruvi yengil ko`chsa, shakllangan, barqarorlashgan, mustahkam, puxta uquv va malakalar o`z vazifasini bajarishga kirishsa, bularning barchasi ongostlilik holatining bevosita hukmi ostida ro`y beradi. Hozirgi davrda psixologiya fanining muhim, dolzarb vazifalaridan biri — bu uning tadqiqot metodlari va printsiplarini nazariy hamda metodologik jihatdan chuqurroq tadqiq qilishdan iboratdir. Jumladan, ko’zatish juda sodda, ikki ko`rinishga (ko’zatish va o`zini o`zi ko’zatishga) ega bo`lgan amaliy tajriba metodi tariqasida tahlil kilinmasdan, balki uning murakkablik xususiyatiga xos metodikalarni qamrab olish zarurligini ta'kidlab o`tish, natijalarni qayd qilishning o`ta murakkab texnologiyasi mavjudligini, ijtimoiy psixologik yondashuvda u alohida ahamiyat kasb etishini uqtirib o`tish maqsadga muvofiqdir. 13 Psixologiya fanining nazariy muammolari qatoriga yana insonning inson tomonidan idrok qilinishini kiritish mumkin. Chunki insonning ayrim xususiyatlari uning yuz alomatlari, chehrasidagi o`zgarishlar, tana a'zolarining harakatlari orqali aniqlanadi. Odamning tashqi ko`rinishiga asoslanib, uning xarakter xususiyatlari, xislatlari yuzasidan ishonchli mulohaza bildirish ko`p asrlik tadqiqot tarixiga ega bo`lsa—da, lekin muammoning tub ilmiy negizi endigina kengroq o`rganilmokda. Insonning tashqi qiyofasini tahlil etish orqali uning ichki dunyosiga baho berish bo`yicha jahon psixologlari tomonidan to`plangan natijalar umumlashtirilsa, mazkur holatni quyidagi ko`rinishlarga ajratish mumkin: 1. Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o`zgarish, uning aynan bir—biriga o`xshashligi, kishining yaqqol shaxsiy xususiyati bilan o’zviy bog`liq ekanligini tushuntirishga asoslangan analitik yoki aql—mulohazaga moyil talqin uslubi, masalan, labni qattiq qisib yurishlik — odamning mustahkam irodaliligi alomatidir. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida ajdodlar tomonidan to`plangan tajribalarga asoslanib, odamning tashqi qiyofasiga qarab ruhiy dunyosini baholash. 2. Insonning tashqi qiyofasidagi (attraktsiya) ixtiyorsiz ifoda, nafosatli ko`rinish, o`ziga mahliyo etishlik, jozibadorlik, xushbichimlilik shaxsning his—tuyg`usi xususiyatlari bilan uyg`unligini e'tirof qilishga qaratilgan yondashuv: did bilan qiyinish, me'yori bilan o`ziga oro berish, ibo va ishvaning tabiiyligi, guyoki uning ichki dunyosi bilan mutanosibdir. Idrok qilinayotgan inson muayyan masofada muloqotga kirishuvchi tomonidan qay yo`sinda qabul qilinsa, demak, uning to`g`risidagi taassurot bevosita favquloddagi holatga bog`liq bo`ladi, chunki yoqish, yoqtirish, simpatiya — (yunoncha "sympathea" ichdan yoqtirish, ichki mayl, iliqlik, samimiyat ma'nosini anglatadi), ichdan yoqtirmaslik, xush ko`rmaslik, antipatiya — (yunoncha "antipatheio" simpatiyaning aksini bildiradi), — muruvvat, (yunoncha "epatheia" — hamdardlik, xayrixohlik tuyg`usini bildiradi, o`zgalar ruhiy kechinmalariga sheriklik, hamohanglik hissini ifodalaydi) bir lahzalik idrok qilish mahsulida o`z aksini topadi. 3. Idrok qilinayotgan tashqi ko`rinish alomatlari ilk taassurot uyg`otuvchi boshqa shaxsga o`xshashligi tufayli tanish odamdagi psixologik xususiyatlar, xislatlar, fazilatlar, sifatlar ixtiyorsiz ravishda notanish kishiga qiyos beriladi. Avval idrok qilingan tanish insonning barcha ruhiy holatlari tashqi qiyofa evaziga notanishga ko`chiriladi, vaholanki, bu kezda mantiqiy tahlil, o’zviylik talqini ishtirok etmaydi. Shuning uchun bu tarzda insonning inson tomonidan idrok qilinishini o`xshashlikka asoslangan in'ikos deb nomlasa bo`ladi. 14 4. Tashki qiyofani idrok qilish zamirida insonning u yoki bu ijtimoiy guruhga (ishchi, dehqon, ziyoli) aloqadorligi to`g`risida muayyan qarorga kelinsa, uning shaxsiy fazilatiga nisbatan xuddi shu nuqtai nazardan baho beriladi va tashqi ko`rinishning ijtimoiy kelib chiqishi bilan o`xshashligiga asoslaniladi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, psixologiyada refleksiya, ya'ni o`zini o`zi anglash shaxsning barcha hissiy, bilishga oid, irodaviy, boshqaruv xususiyatlarini oqilona baholashni bildiradi, degan qarashlar to hozirgi kungacha davom etmoqda. Bunday yo`sindagi ilmiy talqin qilish inson tomonidan o`zini o`zi aks ettira olishni bildiradi, xolos. Lekin o`zga kishilar uning shaxsiy sifatlarini qay hajmda bilishadi, unda qanday baholash imkoniyati mavjud, uning nimalarga qodir ekanligini tushuna olishadimi, degan savollarga javob berish orqali anglashning boshqa qirralarini aniqlash mumkin. Insonlar o`zaro bir—birini idrok qilish jarayonida, birinchidan, haqiqatan ham idrok qilinayotgan shaxsning asl ruhiy qiyofasi ifodalanishida; ikkinchidan, shaxs o`zini aniq tasavvur qilib, to`g`ri baholay olishi; uchinchidan, shaxsning boshqa odamlar tomonidan anglanishi ikki yoqlama in'ikos qilish jarayonining vujudga keltirishi ma'lum bo`ladi. Shaxslarning o`zaro bir — birlarini aks ettirish jarayonining mohiyati inson fazilatlarini qayta esga tushirish, qayta tiklash va mujassamlashtirish jarayonida o`z aksini topadi. Muammolar to`g`risida mulohazalar yuritilayotganda yana bir muhim jabhani tahlil qilish juda o`rinlidir. Chet el psixologlari asarlarini tahlil qilish inson amalga oshiradigan faoliyat maqsadini ruyobga chiqarish rejasi va modelini yaratishda o`z ifodasini topuvchi antitsipatsiya (lotincha "anticipo" — oldindan sezish, payqash ma'nosini bildiradi) bir necha bosqichlardan iborat ekanligi namoyon bo`lmoqda. Antitsipatsiya hozirgi zamon rus psixologiyasida besh darajaga ajratilib o`rganilmokda: chunonchi, anglashilmagan, subsensor (lotincha “sub” — osti va “sensis” — sezish so`zlaridan to’zilgan bo`lib, idrok qilishning ongostki holatini anglatadi), sensomotor (lotincha “sensus sezish, “mator” harakat degan ma'noni bildirib, nozik harakatlarni sezish demakdir), pertseptiv (lotincha “perceptio” — idrok degan ma'noni anglatadi), tasavvur, bashorat qilish (nutq va so`z yordamida amalga oshiriladi) kabilar. . Psixologik bilimlarni o`zlashtirish, ulardan amaliyotda foydalanish uchun fanning barcha sohalari bo`yicha ma'lumotga ega bo`lish lozim. Psixologiya o`qitishni qulaylashtirish faqat metodologik muammolar yechimini qidirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki ta'lim berish, o`zlashtirish, xabarlarni qabul qilishning yangi shakllari, vositalari va variantlarini yaratishni 15 ham qamrab oladi. Ayniqsa, bugungi kunda iqtidorli bolalar, aqliy salohiyati yuksak o`quvchilar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun iqtidorlilik bilan intellekt ko`rsatkichi o`rtasidagi o’zviy bog`lanishlar va farqlar aniqroq tahlil qilinsa, amaliyotda uchrayotgan nuqsonlar, qusurlar miqdori biroz kamaygan bo`lar edi. Hozirgi davrda psixologiya sohalarining kengayishi, bu fan berayotgan bilimlardan ijtimoiy turmushda, ishlab chiqarishda, tibbiyotda, ta'lim va tarbiya jarayonida foydalanish ehtiyojining ortishi fanimizning mavqei, nufo’zi yanada oshayotganligidan dalolat beradi. Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida psixologiya kursi o`qitilishining yo`lga qo`yilishi uning tatbiqiy jihatlarini kengaytirishni taqozo qilmoqda. Ayniqsa, universitetlar va pedagogika institutlari fakultetlarida, innovatsion kollejlarda kasbiy xislatlarni shakllantirish ahamiyatiga molik o`quv predmeti sifatida psixologiya kursi alohida nufo’zga ega bo`lib, bo`lg`usi o`qituvchilarning kasbiy qobiliyatlari va mahoratini tarkib toptirishda hal qiluvchi rol o`ynamokda. Shuning uchun psixologiya kurslarini yuqori saviyada, faol, yangi, samarador metodlar yordamida o`qitish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki o`qitish samaradorligini oshirmasdan turib, bilimlar sifati to`g`risida fikr yuritish mumkin emas. Yuqori malakali o`qituvchi mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish uchun psixologiya o`qitishni takomillashtirish, talabalarda predmetga nisbatan qiziqish uyg`otish zarur. Yuqorida bildirilgan mulohazalar psixologiya o`qitishni takomillashtirishning bitta yo`li hisoblanadi. Uning ikkinchi yo`li — malaka oshirish fakultetlari, institutlari va kurslarida psixologiya kursini yuksak saviyada olib borishda, o`qituvchilarning mustaqil bilim olish ko`nikmalarini barqarorlashtirish, psixologik bilimlar darajasini tekshirish maqsadida ularni attestatsiyadan o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Psixologiya kurslarini yuqori saviyada olib borishda psixolog kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish, mutaxassislikka oid kasbiy malakalarni puxta shakllantirish yo`llari va vositalarini ishlab chiqish, praktikumlar, amaliy mashg`ulotlar, maxsus seminarlar, umumiy diagnostika, psixokorretsiya, psixologik maslahatlar berish sohasidagi faoliyatni qayta qurish, bayoniy o`qitishdan hamkorlik, muammoli, mustaqil ta'lim shakllariga o`tish, buning uchun reyting, trening tizimlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, ko`p bosqichli psixolog mutaxassislar tayyorlash tizimini amalga oshirish standartini amaliyotga tatbiq qilish zarur. Chunki psixologiya fanlari bakalavriaturasi, magistraturasi, aspiranturasi, doktoranturasi muammolarini ijobiy hal kilmay turib, yuqori malakali kadrlar yetishtirish to`g`risida so`z yuritish mumkin emas. Buning uchun yagona printsipga bo`ysungan kadrlar 16 tayyorlash tizimidan kelib chiqib o`quv rejasini, dasturlarini yangidan yaratish, ularni butungi kun talabiga binoan to’zish lozim. Yuqorida bayon qilingan fikrlar asosida oliy maktablarning psixologiya kafedralarida, o`rta maxsus kollejlarning fan kabinetlarida psixolog mutaxassislar ta'lim— tarbiya ishlarida qatnashishi, psixologiya kurslaridan saboq berishi, shaxsni shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Psixologiya o`qitishni qulaylashtirish va takomillashtirishning yana bir muhim yo`li — o`qituvchilarga va talabalarga mo`ljallangan o`quv qo`llanmalari, darsliklar, uslubiy ko`rsatmalar, tavsiyalar, ishlanmalar ishlab chiqishdir. Mazkur muammo yechimining navbatdagi yo`li — har bir psixolog o`qituvchini attestatsiyadan o`tkazish, shartnoma asosida ishlash mezoniga rioya qilishdan iboratdir. Bu muammo rivojlangan mamlakatlarda allaqachon o`z yechimini topgandir


ADABIYOTLAR:

  1. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, 1999, 127-147-betlar

  2. V.A.Kruteskiy Pedagogik psixologiya asoslari. Toshkent, 1976, 223-240-betlar.

  3. R.S.Nemov Psixologiya M: 1990, 169-275-betlar.

  4. Ensiklopedik lug’at, 2-tom, Toshkent, 1990, 247-bet

  5. E. G’oziyev Pedagogik psixologiya asoslari, Toshkent, 1997, 51-57-betlar.

Yüklə 21,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin