2) naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi; 3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; 4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. INaqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ulaming hammasi pul agregati deb yuritiladi.Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi naqd va kredit pullarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. Muomalani ta’minlash uchun zamr bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog‘liq:
1. Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi. Tovarlar va xizmatlar qancha ko‘p bo‘lsa, ularning narxi qancha baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko‘p pul miqdori talab qilinadi.
2. Pul birligining aylanish tezligi. Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko‘p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ulaming xaridorgirligiga bog‘liq bo‘ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zamin bo‘lgan pul miqdori shuncha kam bo‘ladi.
3 . Kreditning rivojlanganlik darajasi, puldan to‘lov vositasi sifatida foydalanish. Ko‘pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to'lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko‘paytiradi. Mazkur holatlami hisobga olganda, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bu yerda Pm- muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;
Tb - sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori x narxi);
Хк - kreditga sotilgan tovarlar summasi;
Xt - to‘lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to'lovlar summasi;
At - pulning aylanish tezligi. Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so‘mni, kreditga sotilgan tovarlar - 20 mln. so‘mni, ilgari kreditga sotilib, ayni paytda to'lash muddati kelgan tovarlar va boshqa to‘lovlar - 40 mln.so‘mni tashkil qilib, pulning aylanish tezligi 6 marta bo‘lsa, u holda muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdori 20 mln. so‘mg a teng bo‘ladi. Ya’ni: .
M uomala uchun zarur bo‘Igan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdorni ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdoriga nisbatan muomalaga kam pul chiqarilsa, ko'pgina xo'jaliklarda pul etishmasligi, normal holatda xo'jalik yuritib bo'lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha, muomalada bo'lgan pul miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga nisbatan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo'lishi uning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiyani bildiradi.
Pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillami hisobga olib, pul muomalasining quyidagi qonuniga ta’rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar summasiga to‘g‘ri mutanosib, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir. Bunda sotishga chiqariladigan tovarlar summasi ishlab chiqarilgan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar hajmiga va ularning narxiga bog'liq bo'ladi. Albatta bunda narx haqida gap ketganda AQSH iqtisodchisi I.Fisher ko'rsatganidek, hamma tovarlarning o'rtacha narxi olinmaydi. Chunki samolyot narxi bilan ruchka narxining o'rtachasini olib bo'lmaydi. Shuning uchun har bir turdagi tovaming bozor narxida sotilgan summalari yig'indisi olinadi. Ta’kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni umumiy bo'lib, shu bilan birga oltin va qog'oz pul muomalasi qonunlarining o'ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud. Masalan, 1) oltin pul muomalada bo‘lganda:
a) ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinib, zaxirada to‘planib boradi, zarur bo‘lganda muomalaga yoki har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi;
b) tovarlar hajmi ko‘payib, muomala uchun qo‘shimcha pul zarur bo‘lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo‘l bilan muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori o‘z-o‘zidan tartiblanadi.
2) Muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, oltinning o‘z qiymatiga nisbatan esa teskari mutanosiblikda o‘zgaradi:
a) oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o‘zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati qancha past bo‘Isa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori har:; shuncha kam bo‘ladi. Agar tovarlar qiymati o‘zgarmasa,pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko‘payadi;
b) agar tovarlar hajmi va qiymati o‘zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o‘z qiymatiga qarab o‘zgaradi, ya’ni uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko‘payadi.
Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni quyidagicha ifodalash mumkin:
- qog‘oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng bo'ladi;
- qog‘oz pulning har bir birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz pul miqdori nisbatiga mos keladi.
Qog‘oz pul tizimi amal qilib turgan davrdan buyon o‘tgan real iqtisodiy hayot shuni ko‘rsatadiki, oltin pul muomaladan chiqarilgan va qog‘oz pullaming oltin pul bilan aloqasini yo‘qotishga rasman urinilgan bo‘lsada, uning nominal qiymat belgisi sifatidagi harakatida oltin pul bilan bo‘lgan aloqasi hozirgacha obyektiv ravishda saqlanib qolgan. Faqat u modifikatsiyalashib, murakkablashib bormoqdaki, natijada uni mantiqiy mushohada qilish orqali tushunish ancha qiyinlashadi. Shuning uchun ham qog‘oz pullar har bir davlatning maxsus qonuni bilan muomalaga chiqariladi. Bu qonunda pulning belgisi, birliklari, miqyoslari va chet el valyutalari bilan rasmiy almashuv tartibi o‘matiladi. Ammo uning qiymat belgisi sifatida qancha qiymatga ega ekanligini hech qanday davlat qonuni bilan o‘rnatib bo‘lmaydi, u faqat obyektiv iqtisodiy qonun - pul muomalasi qonuni asosida o‘rnatiladi va amal qiladi.Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalaming majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo'lgan pul miqdorini hisoblash uchun M l ... Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi. Barcha pul agregatlari yig'indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
M0 - muomaladagi naqd (qog‘oz va metall) pullar. M = M 0 + aholining joriy hisob varaqlaridagi pul qoldiqlari, korxonalaming hisob varaqlaridagi pul mablag'lari, banklardagi talab qilib olish mumkin bo'lgan pul omonatlari.
M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg‘arma hisob varaqlaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kimvchi pul mablag'larini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o‘tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular asosan jamg‘arish vositasi vazifasini bajaradilar.
M } = M2 + bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Bundan ko‘rinadiki, pul massasining har bir alohida agregati o‘zining likvidligi darajasiga ko‘ra farqlanadi. Likvidlik - bu turli aktivlarning o‘z qiymatini yo‘qotmasdan (ya’ni eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir.Metall (tanga) va qog‘oz pullar eng yuqori likvidlikka ega bo‘ladi. Mijoz o‘zi istagan vaqtida olishi mumkin bo‘lgan bank hisob varaqalaridagi pul omonatlari ham likvidli hisoblanadi. Pul massasi tarkibiga to‘lov vositasi vazifasini bajarish layoqati pastroq bo'lgan aktivlar qo‘shilib borishi bilan, ulaming likvidlik darajasi ham pasayib boradi. Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy pul massasining 9-10 foizini, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 35—40 foizni tashkil qiladi.Pul bozori - bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifining o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.Pul taklifi - bu bozorda pul sifatida muomalada bo‘lgan turli-tuman moliyaviy mablag'lar, ya’ni pul agregatlari yig‘indisi hisoblanadi.Mamlakatdagi pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinsada, u iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. Chunki, bu jarayonga uy xo'jaligi xatti-harakati hamda tijorat banklarining siyosati ham ta’sir ko'rsatadi.2015-yilda iqtisodiyotdagi pul taklifining, ya’ni pul massasining belgilangan maqsadli ko'rsatkichlar doirasida bo'lishiga erishildi. Bunda pul massasining o'sishi quyidagi omillar ta’sirida shakllandi:
- tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor sohalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashga va real sektordagi investitsion faollikni oshirishni yanada rag'batlantirishga qaratilgan siyosatning davom ettirilishi natijasida banklarning jami kredit portfeli 2014-yilga nisbatan 27,3 foizga oshdi va uning pul massasi o'sishiga ta’siri 73 foizni tashkil qildi.
- mamlakat to'lov balansi ijobiy saldosining ta’minlanishi hisobiga bank tizimi sof tashqi aktivlarining ko'payishi pul massasi o'sishining 27 foizini ta’minladi. O'z navbatida, pul massasining o'sishi quyidagi omillar hisobiga kamaytirilib, maqbul darajaga keltirildi:
- O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi hisob varag'iga joriy tushumlar hisobidan qo'shimcha ravishda 910mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘lar yo‘naltirilishi hisobiga pul massasining o‘sishi oldi olindi. Ushbu omilning pul massasini kamaytirishdagi ulushi 83 foizni tashkil etdi;
- pul-kredit siyosatining bozor instrumentlaridan foydalanishning pul massasi kamayishiga ta’siri 11 foizni tashkil qildi.Shuningdek, Davlat byudjetining YalMga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etilishi ham mos ravishda pul massasi o‘sishining oldini olishga xizmat qildi.
0‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan qismida “ilg‘or xalqaro tajribada qo'llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash” ko‘zda tutilgan.Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. To‘g‘ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o‘rnatiluvchi majburiy zaxira me’yorlari orqali cheklanadi. Ya’ni, tijorat banki o‘zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablag'larini zaxira sifatida saqlashi lozim. Aktivlaming qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so‘ng yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.
Pul taklifi multiplikatori - bu bankdagi pul depozitlari qo'shimcha ravishda o‘sgan hajmining majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmiga nisbati bo‘lib, pul mablag'larining bir birlikka ko‘payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga o‘sishini ko‘rsatadi:
b u yerda m - pul taklifi multiplikatori koeffitsienti;
Ms - bankdagi pul depozitlarining qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmi;
R - majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmi;
r - majburiy zaxiraning foizdagi me’yori.
Masalan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira me’yori 20 foizni tashkil etsin. Agar tijorat bank aktivi 100 mln. so‘m deb olsak, u holda pul taklifi multiplikatori 5 ga teng bo‘ladi (100 mln. so‘m/20 mln. so‘m). Bu esa tijorat banki 500 mln. so‘m hajmida (100 mln. so‘m x 5) yangi pullarni muomalaga chiqarish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Pulga talab ikki qismdan iborat bo'lishi mumkin: ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pulga bo‘lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun zarur bo‘lgan pulga talab.Ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pulga bo'lgan talab aholining kundalik shaxsiy ehtiyojlari, korxonalaming ish haqi to'lash, material, yoqilg‘i va shu kabilami sotib olish uchun kerak bo'lgan pul miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash uchun zarur bo'lgan pul miqdori biz yuqorida ko‘rsatgan formula bilan aniqlanadi. Ushbu formulaga asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko'payganda.Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishlari mumkin. Demak, aktivlar tomonidan, ya’ni investitsiyalar uchun pulga talab ham mavjud bo'ladi.
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past boMsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo'lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab aktivlar tomonidan pulga bo'lgan talab va ayirboshlash uchun pulga bo'lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |