Mavzu Pul nazariyalari va ularning mohiyati-hozir.org
4. Pulning miqdoriy nazariyasi Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati
va baholar darajasi muomaladagi pul miqdori bilan
belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi fransuz
iqtisodchisi J.Boden (1530-1596) hisoblanadi. Keyinchalik
ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711-1776)
va Dj.Mil (1773-1836), shuningdek fransuz Sh.Monteske
(1689 - 1755) rivojlantirdi.
D.Yum Angliyaga XVI-XVII asrlarda Amerikadan katta
hajmda nodir metallaming kiritilishi natijasida baholami
ortib ketishini kuzatib: “pulning qiymatini uning miqdori
belgilaydi” degan talimotini ilgari suradi.
Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni
faqat to’lov vositasi sifatidagi vazifasiga e’tibor qaratadi,
ulaming fikricha, pul va tovar ayirboshlash jarayonida
uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan
noto‘g‘ri g’oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ulaming
talimotidagi ikkinchi kamchilik muomalaga chiqarilgan
barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya
ishonishlaridir. Haqiqatda esa obyektiv iqtisodiy qonunlar
muomalaga zarur bolgan pulning miqdorini aniqlaydi. Bu
bilan ular pulning jamg'arma, tolov vositasi kabi funksiyalarini e’tibordan chetda qoldirishadi.
Kredit va qog'oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy
pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik
iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel, B.Xansen,
M.Fridmanlaming asarlarida bayon etilgan. Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi talimotga asoslangan bo’lib:
- birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi
monetaristlaming “tranzaktsion variant” talimoti;
- ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij
maktabi vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa
D.Patinkinning “kasfea qoldigl” konsepsiyasi talimoti
hisoblanadi.
Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o'rganishlar,
tahlillar natijasida miqdoriy pul nazariyasining rivojiga
sezilarli ravishda hissa qo'shgan kishilardan biri amerikalik
iqtisodchi I.Fisher (1867-1977) ekanligining guvohi boldik.
U pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I. Fisher pulning sotib olish kuchi oltita
omilga bogliq ekanligini talddladi va ulami quyidagilardan
iborat bolishini asoslab berdi: