Monometallizm pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metall (oltin va kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan boshqa pul belgilari (xazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib kela boshladi. Xalqaro valyuta – kredit munosabatlarini amalga oshirishda XIX asrda to‘liq va XX asrning boshlarigacha muomalada oltin asosiy rol o‘ynadi. Oltin standartining rivojlangan davri 1880 – 1914 yillarga to‘g‘ri keladi. Monometallizm o‘z navbatida oltin tanga, oltin quyma va oltin deviz standartini o‘z ichiga olar edi. Oltin tanga standarti tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi. Oltin pulning barcha funktsiyalarini bajaradi. Oltin tanga standarti sharoitida pul tizimi talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bo‘lgan oltin tanglar “avtomatik ravishda” jamg‘armaga yo‘naltirildi, muomalada qo‘shimcha to‘lov vositasiga ehtiyoj tug‘ilganda ular jamg‘armadan muomalaga qaytariladi. Oltin tanga standarti sharoitida mamlakatda pul tizimini tashkil etish silliq va samarali tarzda amalga oshirildi, biroq kishilarning tovar moddiy qiymatlarga bo‘lgan talabining hajmi iqtisodiyotdagi mavjud oltin zaxiralari hajmidan sezilarli darajada ortib bordi, shuningdek, oltin tanga standarti sharoitida Markaziy banklarda ma’lum darajadagi oltin zaxiralarini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: – oltin tangalarni qat’iy o‘rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb etish; – o‘zining qiymatini oltinda ifoda etadigan pullarni maydalash; – oltinning mamlakatlar o‘rtasida erkin ayirboshlanuvi; – oltin pulning barcha funktsiyalarini bajarishi. Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi, buning natijasida hukumat byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qog‘oz pullarni emissiya qildi. Bu o‘z navbatida birinchi jahon urushida ishtirok etgan barcha mamlakatlarda (AQShdan tashqari) oltinni qog‘oz pullarga almashtirish va xorijga olib chiqib ketish qonunan ta’qiqilab qo‘yildi. Birinchi jahon urushidan keyin, birorta mamlakat oltin tanga standartiga qaytish imkoniyatini qila olmadi. 1920 yillarda qator mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy etildi. Oltin quyma standarti sharoitida banknotalar davlat tomonidan o‘rnatilgan summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti sharoitida muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi. Oltin quyma standartlari asosan oltin zaxiralariga boy bo‘lgan AQSh, Angliya, Frantsiya va Yaponiyada hukm surdi. Unga ko‘ra muomalaga oltin tangalarning erkin zarb qilinishi barham topib, pullarni oltinga almashtirish quyilmalarning qiymati asosida chegaralanib qo‘yildi. Masalan, Buyuk Britaniyada bir oltin quyilmasi 12,4 kg.ga to‘g‘ri kelar edi. Ushbu quyilmani olish uchun 1700 funt sterling zarur edi. Frantsiyada bir quyilma 12,7 kg bo‘lib, ushbu quyilma 215 ming franka baholanar edi. Katta miqdorda oltin zaxiralariga ega bo‘lmagan mamlakatlarda (Avstraliya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqalar) oltin deviz standarti amal qilar edi. Oltin deviz standarti joriy etilgan mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya’ni oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etildi. Buning natijasida bir mamlakatning ikkinchi mamlakatga valyutaviy bog‘liqligi vujudga keldi. 1929 – 1933 yillarda yuz bergan butunjahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini to‘xtatdi, AQSh dollarining oltinga nisbatan pariteti saqqlanib qoldi. 1930 yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisob – kitoblarda qog‘oz – kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi. Ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: – oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to‘xtatildi, banknotlarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin ichki va tashqi oborotdan chiqib zaxira sifatida saqlanadigan bo‘ldi; – banklarning kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz pul belgilari chiqarildi; – pul oborotining asosiy ulushini naqd pulsiz hisob – kitoblar egallay boshladi; – davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish kuchaytirildi, iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi.
2.2. O’zbekiston Respublikasi pul tizimi barqarorligini ta’minlash yo’llari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentabrdagi “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3945-sonli qaroriga asosan Milliy banklararo protsessing markazi 2018 yilning IV-choragida tashkil etildi va “Humo” to‘lov tizimi 2019 yilning I-choragidan boshlab ishga tushirildi.
Mazkur chakana to‘lov tizimining ishga tushirilishi bank kartalariga asoslangan chakana to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish sohasida raqobat muhitining shakllanishiga, iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lamining sezilarli darajada oshishiga hamda bank kartalariga asoslangan chakana to‘lov tizimlari faoliyati bilan bog‘liq xatarlarning kamayishiga xizmat qiladi.
2019 yil davomida xo‘jalik sub’yektlarining to‘lovlarini tunu kun (24/7) rejimida o‘tkazilishiga shart-sharoit yaratish maqsadida 2019 yil davomida Markaziy bank huzurida xalqaro talablarga mos keladigan Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini yaratish bo‘yicha keng qamrovli tayyorgarlik ishlari olib borildi. To‘lovlarning 24/7 rejimida o‘tkazilishini ta’minlovchi yangi Tezkor to‘lovlar tizimini joriy qilish yuzasidan pilot loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi.
Mazkur Tezkor to‘lovlar tizimi 2020 yilning I-choragida ishga tushirilgan bo‘lib, unga barcha tijorat banklarining ulanishi ta’minlandi. Buning natijasida masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar ham xuddi aholi kabi o‘z to‘lovlarini tunu kun real vaqt rejimida, ya’ni tijorat banklari filial va shaxobchalari ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ham amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
To‘lov tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan bir qatorda, uning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini, xalqaro me’yor va qoidalarni chuqur o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni ishlab chiqildi va 2019 yil 1 noyabrda tasdiqlandi.
Ushbu Qonun to‘lovlar va to‘lov tizimlari sohasida yagona axborot va huquqiy muhitni yaratish, Markaziy bank tomonidan to‘lov xizmatlari bozorini, to‘lov tizimlarining faoliyat yuritishini, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchilarning faoliyatini samarali tartibga solish, to‘lov xizmatlarining ommabopligi va shaffofligini oshirish, shuningdek, elektron pullar sohasidagi munosabatlarni va elektron pullar tizimi ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish borasida me’yoriy-huquqiy baza bo‘lib xizmat qiladi.
______________________________
3O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni(2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan).
Xulosa Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish munosabatlarining chuqurlashuvi, tovar – pul munosabatlarining mavjudligi, ishlab chiqarish tsiklining davriyligi, o‘zaro iqtisodiy manfaatlarning bir – biriga mos kelishi kreditning zarurligiga zamin yaratuvchi asosiy omillar bo‘lib qolaveradi. Kredit munosabatlari jarayonida ishtirok etuvchilar, mavjud ijtimoiy – iqtisodiy holat esa uning mohiyatini u yoki bu darajada yoki ko‘rinishda namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. xulosa qilish mumkinki, pul massasining o‘zgarishi tenglikning o‘ng tomonida uchta holatning biriga ta’sir qiladi, ya’ni baholarning oshishiga (R), real milliy daromadning ortishiga (U), pul zaxirasini daromadga nisbatan koeffitsientini o‘zgarishiga olib keladi. Miqdoriy pul nazariyasi Angliyaning Kembrij maktabi vakillari tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, uning vakillari sifatida A.Marshal, D.Robertson va D.Patinkinlarni keltirish mumkin. I.Fisherning miqdoriy pul nazariyasi haqida shakllantirgan “tranzaktsion varianti” da pul asosan muomala vositasi va to‘lov vositasi funktsiyalarini bajarishini e’tirof etgan bo‘lsa, A.Pigu miqdoriy pul nazariyasida pulni jamg‘arma vositasi funktsiyasi vazifasini ham bajarishini ta’kidlab, unga alohida ahamiyat qaratadi. Angliya Kembrij maktabi vakillari miqdoriy pul nazariyasi borasidagi ta’limotlarida I.Fisherning pul nazariyasi xususidagi ta’limotidan farqli yana bir kontseptsiyani ilgari suradilar. Agar, I.Fisher iqtisodiyotga zarur bo‘lgan pul miqdorini uning taklifini tahlil qilish asosida aniqlagan bo‘lsa, Kembrij maktabi vakillari iqtisodiyotga zarur bo‘lgan pul miqdorini tovarlar va xizmatlar hajmidan kelib chiqib unga bo‘lgan ehtiyoj asosida aniqlash zarurligi haqidagi ta’limotni ilgari suradi.