a) Bitim uchun pulga talab b) Investitsiyalar uchun pulga talab v) Pulga bo‘lgan umumiy talab
Keyns nazariyasida pulga bo‘lgan talabni iqtisodiyot sub’ektlari o‘z boyligining bir qismini likvidli pul aktivlari shaklida saqlashiga moyilligidan kelib chiqib aniqlashga harakat qilinadi.
Bunda pulni likvidli shaklda saqlashning transaksion (to‘lov vositasi sifatida foydalanish), ehtiyotkorlik (ko‘zda tutilmagan harajatlar bo‘lishini hisobga olish) va olib – sotarlik (moliyaviy aktivlarning kelgusidagi bozor qiymati noaniqligi va yo‘qotishdan qochish xoxishi) motivi asosida unga bo‘lgan talabni aniqlashga harakat qilinadi.
Keyns pulga bo‘lgan talab nominal daromad va ssuda foizi normasiga bog‘liq deb hisoblaydi: nominal daromad pulga bo‘lgan talabga to‘g‘ri mutanosiblikda, ssuda foizi normasi esa teskari mutanosiblikda ta’sir ko‘rsatadi.
Keyns fikricha, muomaladagi pul miqdorining ko‘payishi boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda foiz stavkasi darajasi pasayishini keltirib chiqaradi. Bu tadbirkorlar uchun kreditlar arzonlashganini bildiradi, investitsiyalar o‘sishi ro‘y beradi va natijada YAIM o‘sishi kuzatiladi.
YAIMning o‘sishi pulga bo‘lgan talabni kengaytiradi va foizning muvozanatli stavkasini oshiradi. Monetaristlar qarashicha aynan pul muomalasi ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasini belgilab beradi.