Mavzu: Pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili Reja: Murakkab foizlar va ularni hisoblash



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə4/8
tarix19.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#88791
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu; Pulning davriy qiymati (2)

FV = (1,005)12 = 1,0616778
Amaldagi yillik foiz stavkasi quyidagicha bo’ladi:
EAR=1,0616778 – 1 = 0,0616778 yoki yiliga 6,16778%
Amaldagi yillik foiz stavkasini hisoblash uchun umumiy formula quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Bu yerda: APR – yillik foiz stavkasi (yillik hisoblanishda);
m – bir yilda foiz yoziladigan davrlar soni.

T/r

Yozish (hisoblash) chastotasi

m

Samarali yillik foiz stavkasi (EAR)

1.

Bir yilda bir marta

1

6,00000%

2.

Har yarim yilda bir marta

2

6,09000%

3.

Har chorakda bir marta

4

6,13614%

4.

Har oyda bir marta

12

6,16778%

5.

Har haftada bir marta

52

6,17998%

6.

Har kunda bir marta

365

6,18313%

7.

Uzluksiz

Maksimal

6,18365%

6 foiz APR uchun samarali foiz stavkalari
2. Pullarning keltirilgan qiymati va diskontlash
Faraz qilaylik, kelajakda ma’lum kunga kelib rejadagi summaga ega bo’lish uchun bugun qancha investitsiya qilish kerakligini bilmoqchimiz. Masalan, 8 yildan keyin farzandimiz institutda o’qishiga to’lash uchun 15000 dollar kerak. Shunga muvofiq ravishda, hozir qancha pul investitsiya qilishimiz kerak? Foiz stavkasi yillik 10 %.
Quyidagi formuladan foydalanamiz:
Keltirilgan qiymatni hisoblash diskontlash deb ataladi, va bunday hisob-kitoblarda ishlatiladigan foiz stavkasi diskont stavka, yoki diskontlash stavkasi deb ataladi. Moliyada diskontlash pulning keltirilgan qiymatini uning kelajakdagi ma’lum summasidan kelib chiqqan holda hisoblash tushuniladi. Biznes olamida diskontlashning turi keltirilgan qiymatni hisoblash diskontlangan pul oqimlari tahlili, yoki ma’lum vaqt davriga keltirilgan pul oqimlari tahlili deb ataladi (discounted cash flow (DCF) analysis).
Diskontlash – bu murakkab foizlarni hisoblashga teskari jarayon. Shunday ekan keltirilgan qiymatni hisoblab chiqish uchun biz oldin bo‘lajak qiymat koeffisientini topish uchun foydalangan jadvaldan foydalanish mumkin. Biroq bu yerda biz bu koeffisientga ko‘paytirmaymiz, aksincha, unga bo‘lamiz. Shunday qilib, yuqoridagi jadvalda 1,6105 ni tashkil etadigan bo‘lajak qiymat koeffisientini topamiz va 1000 dollarni shu 1,6105 ga bo‘lamiz va yillik foiz stavkasi 10% bo‘lganda besh yildan keyin olinadigan 1000 dollarning keltirilgan qiymatini topishimiz mumkin:

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin