Mavzu: Pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili Reja: Murakkab foizlar va ularni hisoblash



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə8/8
tarix19.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#88791
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu; Pulning davriy qiymati (2)

Olingan natija – 96,29 ¥/$.
Shunday qilib, biz riskli variantlardan birini tanlash bo’yicha quyidagicha xulosa qila olamiz: agar ienda ifodalangan $ qiymati yil davomida 3,71% dan ko’proqqa pasayib ketsa, iendagi obligatsiyalar eng yaxshi investitsiyalash varianti bo’ladi.
Turli valyutalarga nisbatan to’g’ri moliyaviy qaror qabul qilish uchun quyidagi qoidadan foydalanish kerak: pulning vaqt bo’yicha qiymatiga bog’liq barcha hisob-kitoblarda pul oqimlari va foiz stavkasi bir valyutada ifodalangan bo’lishi kerak.
Bizning misolimizga tatbiqan, bu ienda ifodalangan pul oqimlarining keltirilgan (joriy) qiymatini hisoblash uchun biz ularni iendagi investitsiyalar uchun ¥ foiz stavkasidan foydalangan holda diskontlashimiz kerak. $ da ifodalangan pul oqimlarining keltirilgan (joriy) qiymatini hisoblashda esa $ foiz stavkasidan foydalaniladi. Ienda ifodalangan to’lovlarning keltirilgan (joriy) qiymatini hisoblashda $ foiz stavkasidan foydalanish xato natijalarga olib keladi.
Kapitalni optimal joylashtirish bo’yicha misolni ko’rib chiqamiz. Biz 10000 $ ni AQSh yoki Yaponiyaga joylashtirish imkoniyatiga egamiz. Yapon loyihasi 5 yil davomida yiliga 500,0 ming ien daromad keltiradi, besh yilga mo’ljallangan, Amerika loyihasidan tushgan mablag’ esa 5200 dollarni tashkil etadi. $ ning foiz stavkasi yillik 6%, iendagi foiz stavkasi yillik 4%, joriy ayirboshlash kursi 1 $= 100 ¥ ni tashkil etadi.
Dollardagi 6%lik foiz stavkasi yordamida Amerika loyihasining sof keltirilgan qiymatini topamiz, buning uchun esa avval keltirilgan qiymatni topish lozim:
formuldan quyidagini hisoblaymiz:
Demak loyihani sof keltirilgan (joriy) qiymati quyidagiga teng:
S(NPV)= S(PV) – Rx= 21904 – 10000 = 11904 $
Keyin esa ien uchun 4%lik stavka yordamida yapon loyihasining sof keltirilgan qiymatini hisoblaymiz:
Endi yapon loyihasining keltirilgan qiymatini iendan $ ga o’tkazib, bunda 1 $ uchun 100 ga teng joriy kursdan foydalanamiz va 22259 $ ni hosil qilamiz. Undan 10000 $ miqdorida boshlang’ich xarajatlarni chiqarib tashlagan holda sof keltirilgan qiymatni topamiz: S(NPV) = 22259$ – 10000$ = 12259 $
Shuni esda tutingki, agar biz Yapon loyihasini $ foiz stavka (6%) dan foydalangan holda xato hisoblaganimizda, u holda sof keltirilgan qiymat quyidagiga teng bo’lardi:
Oqibatda, esa rentabelligi kamroq bo’lgan amerika loyihasini tanlardik.
Masala: Olim hozir 23 yoshda, u 65 yoshda pensiyaga chiqishni mo’ljallab qo’ygan va 90 yoshgacha yashashga umid qiladi. Uning mehnat haqi yiliga 20000 AQSH dollari tashkil etadi va u keyingi 67 yil davomida iste’molga sarflanadigan real xarajatlar darajasini saqlab qolishni o’ylab qo’ygan. Faraz qilaylik real mehnat haqi o’sishi mavjud emas, real foiz stavkasi yiliga 3 foizni va soliq stavkasi esa 15 % tashkil etadi.
a) Olimning inson kapitali qiymati qancha?
b)Olimning jamg’rama pensiyaga qanchadan pul to’plashi zarur?
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. Bodi Z., Merton R.S., Cleeton D.L. Textbook. Financial economics. New Jersey: “Pearson Education”, 2016. – 500 p.
2. Malikov T. Moliya. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2018. -267 b.
3.Malikov T.S., Jalilov Sh.Q. Moliyaviy tizim: zamonaviy talqin”. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. T.: “Iqtisod-moliya”, 2016. 114 b.
Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin