Kompyuter dasturi – biror masalani yechish uchun kompyuter tomonidan ijro etilishi lozim bo‘lgan buyruqlarning izchil to‘plami.
Kompyuter dasturi – biror masalani yechish uchun kompyuter tomonidan ijro etilishi lozim bo‘lgan buyruqlarning izchil to‘plami.
Dasturlash – kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni.
Dasturchi – dastur tuzuvchi shaxs.
Dasturlash tili – inson va kompyuter o‘rtasidagi rasmiy aloqa tili. U ma’lum qoidalar asosida ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlarini yaratish uchun qo‘llaniladi.
Dasturlash tili – inson va kompyuter o‘rtasidagi rasmiy aloqa tili. U ma’lum qoidalar asosida ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlarini yaratish uchun qo‘llaniladi.
IDE (Integrated Development Environment – integrallashgan dasturlash muhiti) – dasturchilar uchun qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘lgan maxsus matn muharriri.
IDLE (Integrated Development and Learning Environment – integrallashgan dasturlash va o‘rganish muhiti) – Python tilini o‘rganish uchun taqdim etilgan IDE.
IDLE (Integrated Development and Learning Environment – integrallashgan dasturlash va o‘rganish muhiti) – Python tilini o‘rganish uchun taqdim etilgan IDE.
Interfaol muhit – dastur kodini kiritish, uni fayl sifatida saqlamasdan turib natijasini ko‘rish muhiti.
Dasturlash muhiti – dastur kodini kiritish, alohida fayl sifatida saqlash va ishga tushirish muhiti.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar – birorta shartga ko‘ra buyruqlar ketma-ketligining bajarilishi yoki bajarilmasligini belgilovchi algoritm. Tarmoqlanuvchi algoritmlarda bir yoki bir necha shartlar tekshiriladi hamda rost yoki yolg‘on qiymat qaytarishiga asoslanib, buyruqlar ketma-ketligi bajariladi