3.Yuritmalarning asosiy (namunaviy) mexanizmlari.
Metall kesuvchi stanoklarda turli maqsadlarda turli uzatmalar va mexanizmlardan foydalaniladi. Ularning asosiylari quyidagilardir.
Reykali uzatmalar stanoklarda to'g’ri chiziqli harakatni amalga oshirishda keng qo'llaniladi. Uning turlari: tishli g’ildirak-reyka (9.1-rasm, a) va chervyak-reyka (9.1- rasm, b).
reyka chervyak
Reykali uzatmalar bosh harakat yuritmasida (tish o'yish, bo'ylama randalash stanoklari) va surish harakati yuritmasida (tokarlik, par-malash stanoklarida) ham qo'llaniladi.
Reyka g’ildiragi bir marta aylanganida reyka quyidagi masofani bosib o'tadi:
S=t*zk= πmk, mm.
Bu yerda r-reykaning qadami, mm; zk-g’ildirak tishlari soni;
m-ilashish moduli, mm.
Vintli uzatmalar sekinlashtirilgan harakatlarni hosil qilish imkoniyatiga ega. Uning turlari: ajralmas gayka-vint, ajraluvchan gayka-vint, sharikli gayka-vint (2- rasm). gayka
2-rasm. Vintli uzatmalar.
Vintli uzatmalar surish yuritmalarida, shuningdek ishchi organlarini tezkor usulda haraktlantirishda (revolver stanoklarida) hamda raqamli dastur bo'yicha boshqariladigan stanokiarda (sharikli gayka-vint) qo'llaniladi.
Krivoshipli va kulisali mexanizmlar aylanma harakatni to'g’ri chiziqli ilgarilama- qaytar harakatga aylantirib beradi. Bunday harakat randalash, o'yish, sidirish, tish randalash stanoklarida bosh ishchi harakatdir.
5 6 Vp.x Kx.x
3-rasm. Kulisali mexanizm: 1-kulisa g’ildiragi; 2-barmoq; 3-kulisa toshi (polzun); 4-kulisa; 5-serga; 6-polzun.
3-rasmda kо'ndalang-randalash stanogida qo'llaniladigan kulisali mexanizmning sxemasi keltirilgan. Kulisa g’ildiragi 1 ning aylanma harakati tebranuvchi kulisa 4 vositasida polzun b ning to' g’ri chiziqli ilgarilama-qaytar harakatiga aylanadi. Polzun randalash keskichi o'rnatilgan support bilan bo g’langan. Polzunning tezligi v=0 dan v=v0 1g’a+R gacha o'zgaruvchan bo'ladi, bunda v0-barmoq 2 ning aylanma harakat tezligi, mg’s.
Kulachokli mexanizmlar aylanma harakatni to'g’ri chiziqli ilgarilama-qaytar harakatga aylantirib berib, asosan avtomatik stanokiarda qo'llaniladi. Bunday mexanizmlarning yassi silindrik va tores (yon qismi ishlaydigan) kulachokli turlari uchraydi (4-rasm).
Kulachoklar, roliklar va itargichlar 15X, 20X yoki ШX15 po'latlaridan yasaladi (HRC 58 - 62).
support
Silindrik kuIachok
Davriy (uzlukli) harakat mexanizmlari xrapovikli va malta mex-anizmlari ko'rinishida bajariladi. Xrapovikli mexanizm randalash va jil-virlash stanoklarida davriy surishni amalga oshirish uchun qo'llaniladi. Malta mexanizmi stanok ishchi organlari revolver kallagi, shpindel bloki, stol va boshqalarni davriy tarzda ma'lum burchakka burish vazifasini bajaradi (5-rasm).
6. Reversiv mexanizmlar stanok mexanizmlari harakat yo'nalishini o'zgartirib berish uchun mo'ljallangandir. Ko'pincha reverslash silindrik yoki konussimon tishli g’ildiraklar yordamida amalga oshiriladi (6-rasm).
harakat silindrik tishli g’ildiraklar bilan uzatilganda z1/z2 nisbatda I va II vallar qarama-qarshi yo'nalishda, z3/z0*z0/z4 nisbatda I va
5-rasm. Xrapovikli mexanizm malta mexanizmi
II vallar bir xil yo’nalishda bo’ladi (z0 -oraliq shesterna); reverslash friksion mufta M1 orqali bajariladi.
konussimon tishli g’ildiraklar bilan reverslashda ikki tomonlama kulachokli mufta M2 dan foydalaniladi.
d) ba'zi tish kesish stanoklarida qo'llangan revers mexanizmida Z=16 tishli g’ildirakning o'zgarmas harakatlanishida yig’ma katta-g’ildirak z ilgarilama-qaytar aylanma harakatga ega bo'ladi.
45°
6-rasm. Reversiv mexanizmlar.
Jamlovchi mexanizmlar stanoklarda bir zvenoda har xil kinematik zanjirlarning harakatlarini yig’ish (jamlash) uchun xizmat qiladi.
Bu maqsadda planetar va differensial mexanizmlaridan foydalaniladi. Stanoklarda ko'proq konussimon tishli g’ildiraklardan to`zilgan differensial qo'llaniladi (7-rasm).
7-rasm. Differensial mexanizmi: Z1 va z4 ~ markaziy g’ildiraklar; z2 va z3 — satellitlar; I - yetaklovchi (vodilo); 2 - chervyakli juft.
Planetar uzatmalarda ba'zi g’ildiraklarning o'qlari o'z navbatida harakatlanuvchi bo'ladi. Qo'zg’aluvchan o'qlarga ega bo'igan tishli g’ildiraklar o'rnatilgan zveno yetaklovchi (vodilo) deb nomlanadi. O'qlari qo'zg’aluvchan bo'igan tishli g’ildiraklar
satellitlar deb ataladi.
Planetar uzatmalar uzatishlar nisbatining katta oraliqda bo'lishiga imkoniyat beradi. Planetar uzatmalaming kichik o'lchamlari va massasi ularning asosiy afzalliklaridan hisoblanadi.
Muftalar vallarni birlashtirish va harakatni valdan valga uzatish uchun xizmat qiladi. Muftalarning turlari: doimiy, ilashuv, himoya, bir yo'nalishda harakatni uzatuvchi.
Norton mexanizmi standart rezbalarni kesishda zarur bo'ladigan surish qiymatlarining arifmetik qalorini hosil qilib, tokarlik stanoklarining surish qutisida qo'llaniladi.
Meandr mexanizmi tokarlik-vintqirqar stanoklarida surish qutisi tarkibidagi birinchi aylanib o'tish guruhini hosil qilish maqsadida qo'llanib, bir richagli oson boshqarish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |