Shumerda badiiy adabiyot rivoji yuqori darajaga ko‘tarilgan. Noyob asarlar jumlasiga «Dehqonchilik almanaxi», «Gilgamesh haqida doston» kirib, unda Gilgamesh va Enkidularning do‘stligi, qahramonliklari va sar-guzashtlari haqida hikoya qilinadi. Mil. avv. III minginchi yil oxiriga kelib Shumerning inqirozga uch-rashi tufayli uni Bobil bosib oladi. Bobil tarixi ikki davrga bo‘linib, Qa-dimgi davri mil. avv. II mingyillikning birinchi yarmini va yangi davri mil. avv. I mingyillikning o‘rtalarini o‘z ichiga oladi. Qadimgi davrning eng cho‘qqiga chiqqan vaqti podsho Xammurapi (1750-1732) hukmronlik qilgan yillarga to‘g‘ri keladi. Xammurapi yirik davlat tuzib, bu davlatni o‘zi tuzgan qonunlar asosida boshqargan. Xam-murapi to‘plami mixxat yozuvida bazalt tosh ustuni sathida bitilgan. Qo-nunlar to‘plami 282 moddadan iborat bo‘lib, u kirish, qonunlar va xulo-sadan iborat. Kirish qismida qonunlarni chiqarishdan asosiy maqsad mam-lakatda adolat o‘rnatishdan iborat, deb ko‘rsatilgan. Unda podsho ulug‘-lanib, ko‘klarga ko‘tarilgan. Qonunlarda xususiy mulk himoya qilingan. Jumladan: agar kimki ibodatxonaning yoki podshoning mulkini o‘g‘irlasa, u o‘ldirilishi lozim; o‘g‘irlik molni olgan kishi ham o‘ldirilishi kerak… Xammurapi qonunlari o‘z davrining muhim tarixiy, yuridik hujjati hisob-lanadi. Balandligi 2 m bazalt ustunida Xammurapining tik turgan holida kursida o‘tirgan quyosh va adolat xudosi Xamash qo‘lidan hokimiyat bel-gisi – tayoqni olayotgan holati tasvirlangan. Bu jihatdan u tasviriy monu-mental asar hamdir.

Mesopotamiyadagi uchinchi kuchli davlat – Ossuriya edi. Ossuriya mil. avv. III mingyillikda tashkil topib, mil. avv. II mingyillikning ik-kinchi yarmida gullab yashnadi. Ossuriya yaqin Sharqda savdo yo‘llari-ning kesishgan joyida joylashganligi sababli tez orada kuchli davlatga aylandi. Ossuriya madaniyatida yetakchi o‘rinni arxitektura egallardi. Arxitektura obidalari ichida eng kattalari Dur-Sharrukinda qurilgan pod-sho Sargon II ning saroy majmuyi va Nineviyadagi Ashshurbanipalning saroyidir. Mazkur saroy devorlarida haykallar tasviri (hayvonlar) aks et-tirilgan. Ossuriyada saroy devorlarida podsho hayotidan lavhalar va ta-biat ko‘rinishlarini aks ettirish avj olgan. Masalan, podsho Ashshurba-nipalning Nineviyadagi saroyining devorlarida «Katta sherlar ovi» tas-virida yaralangan, o‘layotgan va o‘lgan sherlarning holatlari ustalik bi-lan aks ettirilgan. Yuqorida qayd qilinganidek, Mesopotamiyada ko‘p xudolik mavjud bo‘lib, oy xudosini shumerliklar – Nishar, akkadliklar esa Sin deb ata-ganlar. Quyosh xudosini shumerliklar – Utu, akkadliklar esa Shamash deb nomlaganlar. Venera sayyorasi xudosini shumerlar – Ianni, akkadliklar o‘z ma’budasi Ishtar bilan taqqoslaganlar. Dastlab qurbonlikka odamlar so‘yil-gan, keyinchalik qo‘y va qo‘zilar qurbon qilingan.