Mavzu: Qari bilganni pari bilmas



Yüklə 15,07 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü15,07 Kb.
#166347
juma


Sana________________ Hafta kuni:Juma
Mashg’ulot nomi:S.T.O’ kutubxona soati
Mavzu: Qari bilganni pari bilmas
Maqsad : Ta’limiy: O’quvchilarda ertak mazmuni haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy : O’quvchilarni kitobxonlik ruhida tarbiyalash .
Korrektsion : O’quvchilarni mustaqil kitob tanlash va asarlarni mustaqil baholay olishga tayyorlash
Mashg’ulot usuli : an’anaviy
Mashg’ulot jixozlari:Taqdimot , rasmlar,ko’rgazmalar
Tashkiliy qism: (refleksiya , mavzuga oid suhbat o’tkazish)
Asosiy qism: Dastlab ertak o’qib eshittiriladi(Ertak audio holatda eshitilib qayta so’zlanadi)
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, tog‘ oralig‘ida, qirq uyli ovulda Botir degan o‘tyurak mergan yigit o‘tgan ekan. Bir yili qish qattiq kelib, ovulning moli qirilibdi. Doni tugab, odamlari och qolibdi. Odamlarning og‘ir ahvolda qolganini ko‘rgan Botir mergan podshoning mollaridan keltirib, odamlarga so‘yib beraveribdi. Shu bilan xalq qishdan eson-omon chiqib olibdi,Shu ovulda bir chaqimchi kishi bo‘lgan ekan. U podshoga borib, Botir merganni chaqibdi.
— Olampanoh, Botir degan yigit sizning mollaringizni o‘g’irlayapti, — debdi.
Podsho Botir merganni olib kelish uchun navkarlarni yuboribdi. Ammo navkarlarga Botir mergan rad javobini beribdi. Mergan navkarlarni jo‘natib, podshoning oldiga o‘zi boribdi. Podsho Botir merganni so‘ramay- netmay dorga osmoqchi bo‘libdi. Shunda mergan podshoga:
Taqsiri olam, Sizga savollarim bor. Shularga javob bering, so‘ngra dorga ossangiz roziman, — debdi,
Podsho:
— Qanaqa savollar? — deb so‘rabdi.
Botir mergan podshoga:
— Taqsir, bola och qolsa, kimdan non so‘raydi? — debdi.
Podsho o‘ylab turib:
— Otasi bilan onasidan so‘raydi, — debdi.
— Bola kimga erkalik qiladi? — deb so‘rabdi yana mergan.
— Ota-onasiga, — deb javob beribdi podsho.
— Unday bo‘lsa, taqsir, men sizning molingizni yolg‘iz o‘zim o‘g‘irlab yeganim yo‘q. Qirq uyli ovulimni qishdan sog‘-salomat olib chiqdim. Ularni o‘limdan saqlab qoldim. Xalq qirilib ketsa, kimga podsholik qilardingiz? Farzand och qolsa-yu, otasidan non so‘rasa, gunohmi? Siz el-yurt otasisiz. Aytingchi, biz, fuqarolar, nonni sizdan boshqa kimdan so‘raylik?— debdi Botir mergan.
Bu gaplarni eshitib hayron bo‘lgan podsho:
— Chaqimehini chaqiring, — debdi.Navkarlar chaqimchini olib kelibdilar. Podsho:
Botir merganni yomonlagan bu ehaqimehi bir kuni boshqa kishini ham yomonlaydi. Buni dorga osing, — deb buyuribdi. Podsho Botir merganga to‘n kiygizib, ovulga oqsoqol etib tayinlabdi. Botir mergan ovulda katta obro‘ topib, murod-maqsadiga yetibdi
Mustahkamlash : qayta so’zlash
Mashg’ulotni yakunlash: Mashg’ulotda faol qatnashganlarni rag’bartlantirish.
Ko’rildi:______
Yüklə 15,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin