Darsning borishi I. Tashkiliy qism a) O’quvchilar bilan salomlashish.
b) Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish
d) O’quvchilar davomatini aniqlash.
e) “Dunyo hafta ichida” rukni asosida dunyoda va O`zbekistonda ro`y berayotgan siyosiy,ijtimoiy,iqtisodiy yangiliklar bilan tanishish va voqealar ro`y betayotgan hududlarni xaritalardan ko`rsatib borish.
II. O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash. Darsda o`quvchilarni 3 guruhga bo`lib olamiz.Ya`ni “Kichik guruhlarda ishlash” usulida darsni olib boramiz.Bunda guruhlar kelishib o`zlariga nom tanlashadi va bu nomni izohlashadi.Baholashda “Shaxmat ” usulidan foydalanamiz.Ya`ni shaxmat o`yin turi Hindistonda ixtiro qilinganidan kelib chiqqanini nazarda tutib,5 bahoga SHOH,4 bahoga VAZIR,3 bahoga PIYODA donalari taqdim qilib boriladi.Har bir guruhga shaxmat doskasi taqdim etiladi. O`quvchilar olgan donalarini shu doskaga yopishtirib borishadi.Bu usulda baholashda tabaqalashtirish to`liq amalga oshiriladi.Dars yakunida qaysi gurug SHOH donasini ko`p yig`gan bo`lsa o`sha guruh g`olib deb topiladi
O`tilgan mavzu: Afrika mamlakatlari.
O`qituvchi yangi mavzuni boshalashdan oldin yangi mavzu bo`yicha qo`shimcha adabiyotlardan, internet ma`lumotlaridan foydalanib o`quvchilar topib kelgan ma`lumotlar bilan tanishib chiqadi. Yangi mavzuni o`qituvchi “Ma`ruza” usulida so`zlab beradi. O`quvchilar ham yangi mavzu bo`yicha gapirib berishadi. (AKTdan foydalanilgan holda mavzu tushintirilib boriladi)